Miliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning muqobil usuli
Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir tomondan,
milliy ishlab chiqarishni S0 dan S1 gacha o’sishini ta’minlasa (31 - chizma), ikkinchi tomondan,
iste’molning mutlaq kamayishiga olib kelmaydi. Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan
Subsidiya sharoitida ishlab chiqaruvchilar uchun ichki narxlar darajasi Pd, jahon narxlari
Pw darajasiga teng. Shuning uchun, haqiqiy iste’mol hajmi D0 ga teng. Tarif kiritilgan sharoitda
esa u D1 gacha kamaygan bo’lur edi. Mamlakat farovonligidagi mutlaq yo’qotish esa «b»
sohasidangina iborat bo’ladi. Ayni paytda ishlab chiqarishga berilgan bevosita subsidiyalar
ishlab chiqarish xarajatlarining samarali taqsimlanishini kafolatlamaydi, chunki
aynan qaysi tarmoqni xalqaro raqobatdan himoya qilishni bilish qiyin bo’ladi.
Subsidiyalarni joriy qilgandan so’ng ularni bekor qilish qiyin bo’ladi, raqobat muhiti yo’qoladi
hamda bu xarajatlarni moliyalashtirish muammosi kuchayib boraveradi. Shuning uchun
iqtisodiyotni tartibga solish, bandlik darajasini oshirish va yalpi talabni qondirish maqsadida
fiskal va pul-kredit siyosatlari qo’llaniladi. Ushbu siyosatlarni qo’llashdan asosiy maqsad
mamlakat ishlab chiqarishini xalqaro raqobatdan himoya qilish, ishsizlik darajasini eng past
holatga keltirish va xalq farovonligini oshirishdan iborat.
Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita usullariga
qaraganda bevosita usllaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar mazmuniga ko’ra,
iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy - huquqiy ko’rinishga ega bo’lishi mumkin.
Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng tarqalgani
hisoblanadi.
Litsenziyalash – bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat
tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga mahsulotlar,
ishchi va xizmatchilar eksporti hamda moliya operatsiyalarini o’tkazish, xorijga ishchi kuchini
ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. O’zbekistonda litsenziyalar faqat davlat ro’yxatida qayd
etilgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish
taqiqlangan.
Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq tartibga
solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash va shu asosda tashqi iqtisodiy taqchillik
o’sishining to’xtash hamda savdo balansining tenglashtirish imkonini beradi.
Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi usullar yordamida
joylashtiriladi.
1. Ochiq auktsion – davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan ishlab
chiqaruvchilarga berishi.
2. Afzal ko’rish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab chiqarish hajmi
jihatdan yirik bo’lgan firma va kompaniyalarga hech qanday shart va talablarsiz beradi.
3. Xarajat usuli – davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish quvvatlariga va resurslarga
ega bo’lgan firma va kompaniyalarga beradi.
Mahsulotlar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar eksporti va imortiga litsenziyalar berish
huquqiga O’zbekiston Respublikasining quyidagi boshqaruv tashkilotlari ega: Vazirlar
Mahkamasi, Moliya, Adliya, Ichki ishlar, Sog’liqni saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari,
shuningdek, Markaziy bank.
Moliya operatsiyalarini o’tkazishga litsenziyalar asosan Respublika Moliya vazirligi va
Markaziy bank tomonidan o’z va xorijiy banklarga, moliya muassasalariga beriladi. Ular moliya-
kredit muassasalariga mamlakat ichida va uning tashqarisida chet el valyutasi bilan
opreatsiyalarni amalga oshirish, xorijiy moliya-kredit muassasalariga esa ichki bozorda yuridik
va jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatish huquqini beradi.
Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni, shuningdek, ishchi kuchi
eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash keng qo’llaniladi.
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro tashkilot
alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi bo’yicha ma’lum davrga
eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga
solish tadbiri sifatida kvotalash to’lov balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish
uchun muzokaralarda o’zaro kelishuvga erishish uchun qo’llaniladi. O’zbekistonda kvotalash
xalq iste’moli mollarini va strategik xom ashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash
usuli sifatida qo’llanilmoqda.
Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini tartibga
solishda ham qo’llaniladi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat bozorini himoyalash
maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o’rnatadi.
Hozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan ko’proq qo’llanilishiga ikkita sabab bor:
1. Tarif stavkalari xalqaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. Ayrim hollardan
tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira olmaydilar va shuning uchun
iqtisodiyotni raqobatdan himoya qilish maqsadida kvotalarga e’tiborni qaratishga majbur bo’ladi.
2. Himoyaga muhtoj tarmoqlar ham importga kvotalar joriy qilishni qo’llaydi. Chunki,
tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar olish osonroqdir.
Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga ko’proq mos keladi. Tariflarga nisbatan
kvotalarni joriy qilishdan ko’riladigan farovonlikdagi yo’qotishlar ikki holatda katta bo’ladi.
Birinchidan, kvotalar mahsulotlar import qilayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy
firmalar monopol hukumronligi darajasini oshirsa. Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz
joylashtirilsa.
Do'stlaringiz bilan baham: