Toshkent moliya instituti “Bank ishi” kafedrasi


Likvidlilik koeffitsiyenti = Likvid aktivlar / Jalb etilgan mablag‘lar



Download 77,48 Kb.
bet4/11
Sana03.06.2022
Hajmi77,48 Kb.
#633040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Банк назорат тахлили курс иши КБИ 61 2 Эралиев Шерзодбек

Likvidlilik koeffitsiyenti = Likvid aktivlar / Jalb etilgan mablag‘lar
Ushbu koeffitsiyentni muddatlar bo‘yicha bo‘lib chiqish mum­kin, masalan, qisqa muddatli likvidlilik koeffitsiyenti (QMK) va o‘rta muddatli koeffitsiyenti (O‘MK):

QMK = (Kassa+Nostro h/v bo‘yicha qoldiqlar + DQMO) / (Joriy va jamg‘arma h/v + Qisqa muddatli depozitlar) O‘MK = (Qoplash muddati 1 dan 5 yilgacha bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar va ssudalar) / (Qoplash muddati 1 dan 5 yilgacha bo‘lgan depozitlar va zayomlar)
Bankning qisqa muddatli majburiyatlarini qoplash uchun likvid mablag‘lar bilan ta’minlanganlik darajasini baholash maqsadida likvidlilikning quyidagi koeffitsiyentlaridan ham foydalaniladi:
K1 = (Kassa + Vakillik hisob varaqlaridagi mablag‘lar + DQMO)/ Qisqa muddatli depozitlar К2 = (Qisqa muddatli likvid aktivlar + O‘rta muddatli qimmatli qog‘ozlar) / Qisqa muddatli omonatlar K3 = (Qisqa muddatli likvid aktivlar + O‘rta muddatli qimmatli qog‘ozlar + Uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar + Immobilizatsiya)/ Qisqa muddatli jalb qilingan mablag‘lar

K formulasini tahlil qilgan holda qayd etish zarurki, ushbu ko‘rsatkichning maqbul qiymati 1—1,5 doirasida bo‘lishi lozim. Agar ushbu koeffitsiyent 1,5 dan yuqori bo‘lsa, demak bankda aktivlar nomuvofiq taqsimlanmoqda, bu esa bank moliyaviy fao­liyatining kam rentabelliligiga olib keladi. Agar koeffitsiyent 1 dan kichik bo‘lsa bankning likvidlilik darajasi kichik ekanligidan dalo­lat beradi. Bunday holatda DQMO va o‘rta muddatli qimmatli qog‘ozlarni sotib likvidlilik yetishmasligini qoplash mumkin. O‘zbekistonda banklarning likvidlilik ko‘rsatkichlari. O‘zbekis- ton Respublikasi Markaziy bankining «Tijorat banklari faoliyatini tartibiga solish to‘g‘risida»gi 10-sonli Qoidasiga asosan likvidlilikni tahlil qilishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:



  • likvidlilik koeffitsiyentlari tizimini to‘g‘ri hisoblashni tartibga solish;

  • bank likvidliligidagi ijobiy va salbiy yo‘nalishlarni aniqlash;

  • salbiy yo‘nalishlarni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash;

  • bank likvidliligining ahvoli to‘g‘risida xulosa chiqarish;

  • bank likvidliligini tahlil qilish natijalari asosida bankka tav- siyalar tayyorlash.

Mazkur qoidaga muvofiq, lahzalik, joriy va qisqa muddatli likvidlilik ko‘rsatkichkichlari me’yoriy hisoblanadi. Likvidlilik bankning majburiyatlarga doir to‘lovlarni bajarish talablarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish layoqati hamda mijozlarining kreditga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga tayyorgarligi asosida baholanishi mumkin. Bank likvidliligi quyidagilar qoplanishini ta’minlashi lozim:



  • depozitlarning olinishi;

  • aktivlar va majburiyatlarni qoplash muddatlari o‘rtasidagi farqlar;

  • pul bozorlarining o‘zgarishlari;

  • rejalashtirilmagan xarajatlar.

Har bir aktiv va majburiyat uchun eng kichik muddat bel- gilanib, u shu muddat ichida qoplanishi lozim. Respublikamiz ti- jorat banklarining likvidliligi buxgalterlik balansi asosida koeffi- tsiyentlar uslubi yordamida hisoblanadi va nafaqat ularning fao- liyatini Markaziy bank nazorat qilishi uchun, balki tijorat bank­larining ichki auditi uchun ham xizmat qiladi. Bundan foyda- laniladigan koeffisiyenlarni ko‘rib chiqamiz.

  1. Joriy likvidlilik koeffitsiyenti yuqori likvid aktivlarning ta­lab qilib olinadigan va 30 kunlik muddatli majburiyatlar sum- masiga nisbatini tavsiflaydi hamda bank omonatchilarning mab- lag‘lari jalb etilayotgan muddatlar va ushbu mablag‘lar aktiv operatsiyalarda joylashtiriladigan muddatlar o‘rtasidagi qat’iy muvofiqlikka rioya qilishi lozimligini anglatadi.

Joriy likvidlilik koeffitsiyenti. Yuqori likvid aktivlar va bankning qoplash muddati 30 kunlik qo‘yilmalari: 30 kunlik muddatgacha bo‘lgan talab qilib olinadigan majburiyatlar.
O‘zbekistonda ushbu ko‘rsatkichning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajasi — 0,3. Joriy likvidlilik koeffitsiyenti quyidagi hol- larda yaxshilanishi mumkin:

  1. talab qilib olguncha majburiyatlarni bir oydan ortiq muddatli depozitlarga qayta rasmiylashtirish orqali kamaytirilganda;

  2. likvid aktivlar o‘sishining ilgarilab ketuvchi sur’atlari hisobidan;

  1. yuqori likvid davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish orqali va h.k.



  1. Lahzalik likvidlilik ko‘rsatkichi (Ll.k) bank yuqori likvid aktivlarining majburiyatlar summasiga nisbati sifatida hisoblanadi:



Download 77,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish