156
mablag‘lar tarkibida keyingi manba jami kapital hisoblanadi. Jami kapital tarkibidagi
ustav kapitali qiymati va muddati jihatidan esa barqaror manba hisoblanadi.
Banklar depozit bazasining tarkibidagi muddatli depozitlar va jamg‘arma omonatlari
moliyaviy jihatdan barqaror manbalar hisoblanadi. Muddatli depozitlar va jamg‘arma
depozitlar naqd pullarning banklardan tashqari aylanmasini qisqartirishi va bank kreditlari
uchun garov ta’minoti vazifasini bajarishi mumkin, buning natijasida kredit qo‘yilmalari
hajmi oshadi, kredit riski ma’lum darajada kamayadi.
Bank depozitlari bazasi tarkibidagi transaksion (talab qilib olinguncha saqlanadigan)
depozitlar banklarning likvidliligiga jiddiy ziyon etkazadi. SHu sababli, Glass-Stigoll
qonuniga asosan 1933 yilda transaksion depozitlarga foiz to‘lashning taqiqlanishi oqilona
tadbir hisoblanadi. Lekin muddatli va jamg‘arma depozit hisob raqamlariga tijorat banklari
tomonidan to‘lanadigan foiz stavkalari past darajada belgilanishi ularning depozit bazasiga
salbiy ta’sir qiladi
Ma’lumki, banklar passivining asosiy ulushi depozit mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri
keladi. Depozit – ma’lum miqdordagi summa bo‘lib, omonatchi vaqtinchalik bo‘sh pul
mablag‘larini jamg‘arib borish, saqlash va qo‘shimcha foyda olish maqsadida bankka
topshiradi. Albatta, omonatchining vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘ini bankka topshirishga
undaydigan asosiy omil qo‘shimcha foyda hisoblanadi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida
omonatchining vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘ini bankka topshirishga iqtisodiy foydadan
tashqari boshqa qator omillar ta’sir qiladi. Xususan:
– milliy valyutaning barqarorligi. Milliy valyuta qanchalik barqaror bo‘lsa, uning
sotib olish qobiliyati ortadi va inflyasiya darajasi pasayadi. Natijada omonatchining
depozitlar hisobidan oladigan sof daromadining miqdori ortib boradi (6-jadval).
– banklar majburiyatlarni to‘liq va o‘z muddatida bajarishi. Omonatchi bankka
topshirgan depozitlarga hisoblangan foiz to‘lovlari bilan birgalikda depozit shartnomasi
muddati tugagandan yoki ayrim hollarda muddatidan oldin naqd pullarni olish bo‘yicha
talabini zudlik bilan qondirish lozim;
– banklar omonatlarining turlari, shakllari va foizlari bo‘yicha reklama. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida iste’molchi har qanday xizmat va mahsulot haqidagi ma’lumotni
asosan, reklama orqali qabul qiladi. Reklama ham barchaning e’tiborini tortadigan
darajada televidenie va radio orqali berilishi maqsadga muvofiq.
YUqorida qayd etilganlardan tashqari, bank depozit bazasi hajmi va uning
barqarorligiga bank foiz stavkalari va omonatchilar oladigan daromadlar bevosita ta’sir
qiladi. Quyidagi jadvalda bank depozitlari bo‘yicha foiz stavkalari o‘zgarshining
depozitlar taklifiga ta’sirining ssenariylari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: