250
shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlashni va ularning
malakasini oshirishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs investitsiya maslahatchisidir
57
.
Investorlarning pul mablag‘larini va qo‘yilmalarini investitsiya aktivlariga jalb qilish
maqsadida aksiyalar chiqaradigan yuridik shaxs — aksiyadorlik jamiyati investitsiya
fondidir.
Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli
hujjatlarning qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi va ularning o‘tkazilishi bo‘yicha
xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs transfer-agentdir. Emitent, shuningdek qimmatli
qog‘ozlarga doir bitimlar tuzuvchi shaxslar transfer-agentning mijozlaridir. Transfer-agent
emitentga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan
xizmatlar ko‘rsatishga haqlidir
58
.
Mijozlar hisobidan bitimlar tuzish mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida faqat
investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan
amalga oshirilishi mumkin. Investitsiya vositachisi uzaytirish imkoniyati bilan bir yil
uchun tuziladigan shartnoma asosida mijozlarga:
mijozning nomidan va hisobidan brokerlik xizmatlari;
o‘z nomidan, lekin mijozning hisobidan brokerlik xizmatlari;
depozitar xizmatlar ko‘rsatadi.
Investitsiya vositachisi mijozlarga depo hisobvaraqlari ochishga, qimmatli
qog‘ozlarni sotib olish va sotish uchun ularning topshiriqlarini qabul qilishga, shuningdek
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi hamda axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan
belgilangan tartibda mijozlarga elektron shaklda va o‘zga aloqa vositalari orqali boshqa
xizmatlarni ko‘rsatishga haqli
59
.
Kiritilganulushshaklidanqat’iynazar,
qimmatliqog‘ozlarningqiymatiO‘zbekistonRespublikasimilliypulbirligi
«so‘m»da,
ularnichiqarishshartlaridanazardatutilganhollardaesa
–
chetelvalyutasida
(aksiyalarbo‘yicha – mulknio‘tkazibberishyo‘libilanham) ifodalanadivato‘lanadi.
Umumаn оlgаndа qimmаtli qоg’оzlаr mоliya instrumеntlаrining tаsnif bеlgilаri
аsоsidа tаsniflаnаdi. Lеkin qimmаtli qоg’оzlаrning mа’lum mаzmun vа hususiyatlаri
ulаrni qo’shimchа tаrzdа аlоhidа tаsniflаshni tаqаzо etаdi.
Qimmаtli qоg’оzlаrning hisоbi mаhsus dеpоzitаriylаrdа vа (yoki) rееstrlаrdа
yuritilаdi. Оrdеrli qimmаtli qоg’оzlаrning qo’ldаn qo’lgа o’tishi indоssаmеnt аsоsidа
indоssаnt tоmоnidаn аmаlgа оshirilаdi. Tаqdim etuvchigа bo’lgаn qimmаtli qоg’оzlаr
bo’yichа xuquq indеntifikаtsiya qilinmаydi.
Do'stlaringiz bilan baham: