Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


 Bank aktiv va passivlarini boshqarishning xorij tajribasi



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   156
Bog'liq
bank ishi

 
4. Bank aktiv va passivlarini boshqarishning xorij tajribasi 
Jahon  moliya  bozoridagi  mutassil  o’zgarishlar,  shuningdek,  banklarning  xalqaro 
tarmoqda  o’zaro  jips  munosabatga  kirishib  ketganligi  barcha  mamlakatlarda  banklarni 
ishlash  tajribasini  doimiy  ravishda  tahlil  qilib  borishni  taqazo  etadi.  Shu  sababli,  ayni 
paytda  xorij  banklari  amaliyotida  boshqaruv  vositalari  va  uslublarini  tadqiq  etish,  shu 
asosda  respublikamiz  tijorat  banklari  faoliyatiga  zamonaviy  boshqaruv  usullarini  joriy 
etish  muhim  masalalardan  hisoblanadi.  Xususan,  xalqaro  amaliyotda  bank  aktivlarini 
samarali boshqarishga nisbatan bir qancha yondashuv va talablar belgilangan bo’lib, ular 
bugungi kunda jahonning yetakchi banklari faoliyatida keng qo’llanilmoqda. Shu o’rinda, 
bank  nazorati  bo’yicha  Bazel  qo’mitasi  faoliyatini  alohida  ta’kidlash  zarur.  Bazel 
qo’mitasining  asosiy  vazifasi-banklar  faoliyatini  muvofiqlashtirish  imkonini  beruvchi 
yagona  standartlarni  ishlab  chiqish  hisoblanadi.  Qo’mitaning  asosiy  me’yoriy  hujjatlari 
quyidagilar: 
1.  Samarali  nazoratning  asosiy  qoidalari(1997-yilda  ishlab  chiqilgan,  2006-yilda 
takomillashtirilgan) 
2.  Bazel    I  -    “Kapitalni  baholashning  xalqaro  konvergensiyasi  ”(1988-yilda  ishlab 
chiqilgan) 
3.  Bazel  II -  “Kapitalni o’lchash va kapital  standartlarining xalqaro konvergensiyasi 
”(2004-yilda ishlab chiqilgan) 
4.  Bazel  III – kapital yetarligiga qo’yilgan yangi talablar(2010 yilda ishlab chiqilgan) 
Bazel  qo’mitasining  bank  aktivlarini  boshqarishdagi  muhim  tavsiyalari  (Bazel  II 
bo’yicha)-  banklarda  aktivlar  bilan  bog’liq  risklrni  pasaytirish  bo’yicha  yondashuvlarda 
ifodalangan.  Unda  aktivlar  bilan  bog’liq  risklar,  xususan,  kredit  risklarini  boshqarish, 
bozor  riskliligini  boshqarish,  operatsion  risklarni  boshqarish  borasidagi  talablar 
umumlashtirilgan.  Bundan  tashqari,  Bazel  II  da  bank  kapitalining  ta’minlanganligi  ham 
me’yorlar  bilan  belgilangan,  jumladan,  bank  kapitalining  riskka  tortilgan  aktivlarining 
umumiy summasiga nisbatan 8% dan kam bo’lmasligi zarur.  
O’zbekiston Respublkasi Prezidenti tomonidan 2010-yil 26-noyabrda qabul qilingan 
“2011-2015-yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini 
oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlarga erishishning ustuvor yo’nalishlari 
to’g’risida”gi  1438-sonli    Qaroriga  muvofiq,  respublikamiz  bank  tizimiga  Bazel 
qo’mitasining  yangi    tavsiyalarini  joriy  etish,  tijorat  banklarining  moliyaviy  holatini 
baholsh  tizimini  yanada  takomillashtirish,  shuningdek,  banklarda  samarali  korporativ 
boshqaruv mexanizmini shakllantirish, ular amaliyotiga risklarni baholashning zamonaviy 
usullarini tadbiq etish vazifasi qo’yildi.  
Ayni  paytda  bank  aktivlarini  boshqarish  mexanizmini  takomillashtirish    Bazel  III  
tavsiyalari  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Xususan,  unga  muvofiq,  banklar  likvidligiga 
ikkita yangi talab kiritilmoqda: 
1.  Banklarning  30  kungacha  bo’lgan  joriy  majburiyatlarining  likvid  aktivlar  bilan 
100% qoplanishini nazarda tutuvchi talab; 


207 
 
2.  Uzoq  muddatli  likvidlik  me’yori.  Unga  muvofiq,  banklarning  bir  yilgacha  bo’lgan 
aktivlari barqaror passivlar bilan 100% gacha ta’minlangan bo’lishi shart. 
Nazariy  qarashlar  va  aktiv  -  passivlarning  optimal  balanslashtirilgan    strukturasi 
asosida quyidagilar yotadi: 
Birinchidan,  tijorat  banki  aktiv  va  passivlari  strukturasini  optimallashtirishdan 
maqsad  bank daromadini oshirish va xarajatlarini kamaytirish hisoblanadi, ya'ni: 
 
 
 
 
max
Z
P
D
А
SFD
j
j
j
SR
i
i
i
SR







 (1)  
Bunda: SFD - sof soizli daromad;
SR
А
 va 
SR
P
  - i-guruh aktivlarning o'rtacha qiymati;
i
D
  va  j-guruh  aktivlarning  o'rtacha  qiymati;    -    i-guruh  aktivlardan  olinadigan  daromad 
darajasi; 
j
Z
 -  j-guruh passivlarga to'lanadigan xarajatlar. 
Ikkinchidan,  tijorat  banklari  faoliyati  risklarni  kamaytirish  uchun  ishlab  chiqilgan 
normativlar  asosida  tartibga  solib  boriladi.  quyidagi  jadvalda  Rossiya  Markaziy  banki 
tomonidan o'rnatilgan normativlar keltirilgan. 
2-  jadvalda  keltirilgan  me'yorlar  mavjud  chegaralarda  bo'lib,  ularni  bajarish  har  bir  bank 
uchun  majburiydir.  Rossiya  banki  har  oyda  tijorat  banklari  tomonidan  taqdim  etilgan 
hisobotlar  asosida  ularning  holati  bo'yicha  nazorat  o'rnatadi.  Mana  shu  iqtisodiy 
me'yorlarga  rioya  qilinmasa,  Rossiya  banki  ogohlantiruvchi  yoki  cheklov  choralarni 
(jarima,  ayrim  operatsiyalar  bo'yicha  cheklovlar  yoki  taqiq  o'rnatish,  filiallar  ochishni 
taqiqlash va boshqalar) qo'llashi mumkin. 
Mazkur  ko'rsatkichlarga  amal  qilishni  nazorat  qilish  uchun  Rossiya  banki 
tomonidan  yana  bir  qancha  vositalar  nazarda  tutilgan.  Ushbu  vositalarga:  me'yorlarni 
aniqlash,  banklarni  Rossiya  bankida  majburiy  zahiraga  qatnashish  tartibi  va  qayta 
moliyalash  tizimi  kiradi.  Markaziy  bank  bu  vositalar  orqali  tijorat  banklari  likvidligiga 
bilvosita ta'sir etadi. 
1-jadval 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish