Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


 Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarini amalga



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   156
Bog'liq
bank ishi

 
5. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarini amalga 
oshirishdagi xorij tajribasi. 
 
Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  keng  islohotlarni  amalga  oshirish,  jamiyatni 
barcha  jabhalarini  tubdan  o‘zgartirish  yo‘liga  kirib  borishi  mamlakat  bank  tizimini 
qimmatli  qog‘ozlar  bozoridagi  investitsiya  faoliyatini  amalgan  oshirishga  kerak  bo‘lgan 
yangi  vazifalarni  belgilab  berdi.  Prezidentimiz  «...qimmatli  qog‘ozlar  bozorini,  ayniqsa, 
ikkilamchi  bozorni  rivojlantirishga  alohida  e’tibor  qaratish,  raqobatga  bardoshli  fond 
bozorini rivojlantirish bo‘yicha yaqin istiqbolga mo‘ljallangan samarali strategiyani ishlab 
chiqish,  aksiyalar  va  ob’ektlarning  birja  savdolarida  sotilishida  oshkoralik  tamoyillarini 
keskin kuchaytirish kerakligini...» ta’kidlab o‘tganligi bejiz emas
65

Jahonning  birinchi  banki  paydo  bo‘lganidan  hozirgacha  faqatgina  investitsiya 
banklari  o‘z  faoliyatini  bankrotlikka  uchrab  tugatmaganlar.  Respublikamizda  tashkil 
                                                           
64
“Toshkent”  RFB  Tahliliy  xizmati  boshlig'i  O'ktam  Ochilov  ma’ruzasi  asosida  tayyorlandi  (26  yanvar,  2016  -  10:00 
www.cbu.uz) 
65
KarimovI.A. “Erishilganyutuqlarnimustahkamlab, yangimarralarsariizchilharakatqilishimizlozim” - T.: 
“O‘zbekiston” NMIU, 2006. 18-b. 


267 
 
qilingan bank tizimi asosan ixtisoslashgan banklardan iborat. Lekin ularning faoliyatining 
chuqurroq o‘rganilsa, shunisi ma’lum bo‘ladiki, hech qaysi bank o‘z ixtisoslashuvi bilan 
cheklanib  qolmaydi  hamda  iqtisodiyotni  kam  o‘rganilgan  sohalariga  kirib  boradi.  Xuddi 
shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozorida tijorat banklarining investitsiya faoliyati banklar 
uchun  yangi  imkoniyatlarni  va  o‘z  hokimiyati  doirasini  kengaytirish  hamda  barqaror 
daromadni olib, bankni likvidligini ta’minlash istiqbolini ochib berdi. 
Bizga  ma’lumki  bu  qimmatli  qog’ozlar  bilan  operatsiyalarni  asosiy  rivojlanishi 
Yevropa  va  Amerika  mamlakatlariga  to’g’ri  keladi.  Ammo  MDH  mamlakatlarida  bu 
ko’rsatkich  nisbatan  sust.  Ammo  shunday  bo’lsa  ham  bu  MDH  mamlakatlari  ichida 
yetakchi  o’rinlarda  bo’lib  kelayotgan  Rossiyada  qimmatli  qog’ozlar  bilan  operatsiyalar 
sezilarli  darajada  yaxshi  holatga  ko’tarilgan.    Quyidagi  jadvalda  Rossiya  tijorat 
banklarining qimmatli  qo’g’ozlar  bilan operatsiyalari  bo’yicha  qisqacha  ma’lumotga  ega 
bo’lamiz. Bunda quyidagicha ma’lumotlar keltirilgan: 
Rossiya tijorat banklari boshqa muassasalar ustavida qatnashish bilan birgalikda qarz 
majburiyatli  qimmatli  qog’ozlarga  ham  sarmoya  kiritib  kelmoqda.  Qarz  majburiyatli 
qimmatli  qog’ozlar  bilan  operatsiyalar  Rossiya  tijorat  banklari  tomonidan  keng  yo’lga 
qo’yilgan. 
 
Jahonda  qimmatli  qog‘ozlar  bozorining  ikki  modeli  ajratilib,  ularni  o‘rtasidagi 
chegara  sifatida  tijorat  banklariga  aksiyalar  bilan  operatsiyalarni  o‘z  hisobidan  amalga 
oshirishni  taqiqlanishi  yoki,  aksincha,  ruxsat  berilishi  qo‘llaniladi.  Bunda  gap 
«anglosakson» modeli to‘g‘risida ketmoqda (asosiy namoyandalari: AQSH hamda Buyuk 
Britaniyaning  iqtisodchi  olimlari),  unga  ko‘ra  aksiyalarga  investitsiyalar  quyish  banklar 
uchun  taqiqlangan,  hamda  «nemis»  modeli  haqida  (asosiy  namoyandalari  Germaniya, 
Shveysariya), unga ko‘ra banklar aksiyalar bilan deyarli cheklovlarsiz muomala qiladilar 
va  quyidagi  savollarga  javoblar  mazkur  ikkita  modelni  samaradorlik  mezonlari  bo‘lib 
hisoblanadi: 
Bu mamlakatda investitsiya va bank faoliyatini bir-biridan ajratish g‘oyasi izchil olib 
borilgan  hamda  ko‘pchilik  boshqa  mamlakatlar  uchun  o‘rnak  bo‘lgan.  AQShda  tijorat 
banklariga qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar amalga oshirish hamda fond birjalariga 
a’zo bo‘lish taqiqlangan edi. 
1933  yilda  qabul  qilingan  qonunga  ko‘ra,  (Glass-Stigal  qonuni),  tijorat  banklari 
sanoat  kompaniyalari  aksiya  va  obligatsiyalari  chiqarishni  tashkil  qilishda  qatnashishlari 
mumkin emas. Mazkur qonun tijorat banklariga bevosita ham, shuba kompaniyalar orqali 
ham  aksiyalarga  investitsiyalar  quyishni  taqiqlagan  edi.  Bu  qonun  «Buyuk  depressiya» 
vaqtida  qabul  qilinib,  bank  sektori  va  umuman  iqtisodiyot  achinarli  holatda  bo‘lgan. 
Qonunning  bosh  maqsadi  bank  tizimiga  ishonchni  qayta  tiklash  va  mustahkamlashdan 
iborat edi. Qonunga ko‘ra, buning uchun «bank aktivlaridan bundan ko‘ra xavfsizroq va 
samaraliroq  foydalanishni  ta’minlash,  bank  ichidagi  boshqaruv  usullarini  tartibga  solish, 
fondlarni spekulyativ operatsiyalarga, noqonuniy jalb qilinishining oldini olish» zarurdir. 
Ya’ni, qonun mualliflari banklarning aksiyalar bilan operatsiyalarini banklar xavfsizligiga 
tahdid soluvchi spekulyatsiyalar deb qaragan.  


268 
 
1987 yilda I.Spreg mega banklarni tashkil qilishga qarshi chiqdi. Uning fikriga ko‘ra, 
amerika  banklari  jahon  bozorlarida  raqobatlashish  uchun  yetarli  darajada  yirikdirlar. 
Banklarning  riskli  keng  miqyosdagi  investitsiya  faoliyatida  qatnashishi  borasida  fikrlar 
turlicha  ekanligi  haqida  mintaqalar  bank  birlashmasining  raisi  Robert  Striklendning 
qarashlari  e’tiborga  loyiq.  Uning  fikricha,  bank  va  tijorat  faoliyati  o‘rtasidagi  farq  vaqt 
o‘tishi bilan butunlay yo‘qoladi.  
Aksiyalar  bilan  operatsiyalarni  taqiqlashda  banklarning  moliyaviy  qudrati  xaddan 
tashqari jamlanishidan xavfsirash katta rol o‘ynadi.  
Mazkur  ta’qiqlash  AQShda  hozirgacha  ham  bekor  qilinmaganligining  sababi  aynan 
ana  shu  xavfsirashdadir,  chunki,  katta  qudratga  ega  bo‘lgan  barcha  narsalarni  rad  etish 
amerikaliklar uchun xosdir.  
Endi  qimmatli  qog‘ozlar  bozorining  «nemis»  modeliga  to‘xtalib  o‘tamiz.  Yuqorida 
qayd  etilganidek,  unga  ko‘ra  korxonalar  aksiyalari  bilan  operatsiyalar  bo‘yicha  tijorat 
banklari  uchun cheklovlar  mavjud  emas. Buning natijasida  Germaniyaning  moliya  tizimi 
quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ldi: 
1. Banklar nemis korxonalari jamg‘armasining katta qismiga egadirlar; 
2. Korxonalar  tashqi  moliyalashtirishning  asosiy  manbasi  sifatida  bank  kreditlaridan, 
jumladan uzoq muddatlilaridan foydalanadilar; 
3. Germaniyaning  qimmatli  qog‘ozlar  bozori  «ingliz-sakson»  modeliga  yo‘naltirilgan 
mamlakatlarnikiga nisbatan takomillashgan bo‘lib chiqdi; 
4. Qimmatli  qog‘ozlar  bozorida  banklar  hukmronlik  qilmoqda  ularga  bog‘liq  bo‘lgan 
investitsiya biznesi rivojlangan. 
Boshqa  tomondan,  aksiyalarga  egalik  qilgan  banklar  o‘z  kreditlari  qo’llanilishi 
samaradorligini  nazorat  qilish  imkoniyatiga  ega  bo‘lganligi  sababli,  nemis  sanoati 
qimmatli  bo‘lmagan  va  muhimi,  uzoq  muddatli  qarz  mablag‘laridagi  ehtiyojlarni  doimo 
qondirgan.  Bu  bilan  u  jahon  bozorlarida  jiddiy  raqobat  ustunligiga  ega  bo‘lgan.  Bir 
vaqtning o‘zida, J.Matukning fikriga ko‘ra, «fransuz sanoatiga doimo shaxsiy jamg‘arma 
yetishmaydi,  va  uning  zimmasida  qisqa  muddatli  qarzlar  yotadi,  natijada  u  ishlab 
chiqarishni  moliyalashtirishning  yuqori  qiymatiga  ega».  Qimmatli  qog‘ozlar  bozorining 
«nemis»  modelini  moliya  bozorida  banklarning  hukmdorligi  korxonalarni  nazorat  ostiga 
quyib, moliyaviy masalalarni hal qilishda korporativ sektorini to‘liq erkinlikdan maxrum 
etadi.  
«Ingliz-sakson» modeli qabul qilingan mamlakatlarda fond bozorlari evolyutsiyasini 
kuzatamiz. Hozirgi vaqtga kelib o‘sha mamlakatlarning deyarli barchasi tijorat banklariga 
korxonalar  aksiyalari  bilan  operatsiyalar  o’tkazishni  taqiqlashdan  voz  kechdilar.  Bu 
mamlakatlarda 70-80 yillar davomida banklarga bevosita (Buyuk Britaniya), yoki sho‘’ba 
korxonalar  orqali  (Kanada)  u  yoki  bu  cheklovlar  bilan  aksiyalarga  egalik  qilish,  ularni 
kafolatli joylashtirish, dilerlik funksiyalarini bajarishiga ruxsat etilgan edi. 
Aksiyalar bilan operatsiyalar banklar uchun uzoq vaqt mobaynida taqiqlangan yagona 
mamlakat  –  bu  AQSH.  Lekin  bu  yerda  ham  mavjud  bo‘lgan  taqiqlashni  bekor  qilishga 
urinmoqdalar.  Shunday  qilib,  hozirgi  vaqtda  jahon  amaliyotida  qimmatli  qog‘ozlar 
bozorida banklar investitsiya faoliyatining ikkita asosiy modeli mavjud. 


269 
 
Ulardan  biri,  bu  bozorda  tijorat  banklarining  hukmronligini  ko‘zda  tutadi 
(Germaniya).  Ikkinchisi  aralash  hisoblanib,  ham  bank,  ham  nobank  moliya  –  kredit 
institutlarining faol rolini ko‘zda tutadi (AQSH, Yaponiya).  
AQShda banklarga qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatning ba’zi bir turlari bilan 
shug‘ullanish  man  qilingan  (brokerlik,  dilerlik,  banklar  o‘z  zimmasiga  qo‘shimcha 
risklarni  olishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  faoliyat).  Shuningdek,  noprofessional  faoliyatning 
alohida  turlari sezilarli darajada  cheklangan  (nodavlat  qimmatli  qog‘ozlariga quyilmalar, 
sho‘’ba bank va moliya kompaniyalardan tashqari). 
Qimmatli qog‘ozlar bozorida banklar investitsiya institutlari sifatida quyidagi faoliyat 
turlarini amalga oshirishlari mumkin: 
1. qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi vaqtida vositachi – agentlik vazifalarini mijoz hisobi 
va topshirig‘iga ko‘ra, komissiya yoki topshiriq shartnomasi asosida bajarish, ya’ni moliya 
brokeri funksiyasini bajarish; 
2. investitsiya  bo‘yicha  maslahat  berish,  ya’ni  qimmatli  qog‘ozlarni  chiqarish  va 
aylanishi yuzasidan maslahat xizmatlarini ko‘rsatish; 
3. investitsiya kompaniyasi funksiyalarini bajarish; 
4. qimmatli qog‘ozlar chiqarishni tashkil qilish; 
5. qimmatli  qog‘ozlarni  uchinchi  shaxslar  foydasiga  joylashtirish  bo‘yicha  kafolatni 
ta’minlash; 
6. qimmatli qog‘ozlarga mablag‘lar quyish; 
7. qimmatli  qog‘ozlar  oldi-sotdisini  o‘z  nomidan  va  o‘z  hisobiga  amalga  oshirish, 
jumladan  qimmatli  qog‘ozlar  kotirovkasi  yo‘li  bilan  (investitsiya  kompaniyasi  qimmatli 
qog‘ozlarni  sotish  va  sotib  olish  majburiyatini  oladigan  ma’lum  qimmatli  qog‘ozlarga 
«haridor narxi» hamda «sotuvchi narxi»ni e’lon qilish). 
Xulosa  qiladigan  bo‘lsak,  rivojlangan  mamlakatlar  tijorat  banklarining  qimmatli 
qog‘ozlar bozoridagi investitsiya faoliyati ikki modelga ajratilib, ularni o‘rtasidagi chegara 
sifatida  tijorat  banklariga  aksiyalar  bilan operatsiyalarni  o‘z  hisobidan  amalga  oshirishni 
taqiqlanishi yoki, aksincha, ruxsat berilishi qo‘llaniladi. Bunda gap «anglosakson» modeli 
to‘g‘risida  ketmoqda  (asosiy  namoyandalari:  AQSH  hamda  Buyuk  Britaniyaning 
iqtisodchi  olimlari),  unga  ko‘ra  aksiyalarga  investitsiyalar  quyish  banklar  uchun 
taqiqlangan,  hamda  «nemis»  modeli  haqida  (asosiy  namoyandalari  Germaniya, 
Shveysariya), unga ko‘ra banklar aksiyalar bilan deyarli cheklovlarsiz muomala qiladilar.  
Yuqorida  qayd  etilganidek,  unga  ko‘ra  korxonalar  aksiyalari  bilan  operatsiyalar 
bo‘yicha tijorat banklari uchun cheklovlar mavjud emas. Buning natijasida Germaniyaning 
moliya tizimi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ldi: 
1. Banklar nemis korxonalari jamg‘armasining katta qismiga egadirlar; 
2.Korxonalar  tashqi  moliyalashtirishning  asosiy  manbasi  sifatida  bank  kreditlaridan, 
jumladan uzoq muddatlilaridan foydalanadilar; 
3.  Qimmatli  qog‘ozlar  bozorida  banklar  hukmronlik  qilmoqda  ularga  bog’liq  bo‘lgan 
investitsiya biznesi rivojlangan. 
 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish