Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   156
Bog'liq
bank ishi

Moliya bozori 
ishtirokchilari 
Fond  
birjalari 
Banklar 
Xalqaro 
tashkilotlar 
Chet 
davlatlar va 
boshqalar 
Jismoniy 
shaxslar 
Yuridik 
shaxslar 


248 
 
ishtirokchilari,  shuningdek  birjalar  va  Qimmatli  qog‘ozlar  markaziy  depozitariylarini 
kiritishimiz mumkin
54

Qimmatli  qog‘ozlar  bozorining  professional  ishtirokchisi  —  qimmatli  qog‘ozlar 
bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs
55

Qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lish xududiga ko‘ra regional (mahalliy), milliy va 
xalqaro qimmatli qog‘ozlarga bo‘linadi. 
Qimmatli  qog‘ozlar  bozorida  professional  faoliyat  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini 
tartibga  solish  bo‘yicha  vakolatli  davlat  organi  tomonidan  beriladigan  litsenziya  asosida 
amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno. 
Qimmatli  qog‘ozlar  bozorida  professional  faoliyat  quyidagilar  sifatida  amalga 
oshiriladi: 
 investitsiya vositachisi; 
 investitsiya maslahatchisi; 
 investitsiya fondi; 
 investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi; 
 transfer-agent; 
 qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi. 
Qimmatli  qog‘ozlar  bozori  mutaxassisining  malaka  guvohnomasi  bo‘lgan  kamida 
ikki  xodimga  ega  yuridik  shaxslargina  (investitsiya  fondi  bundan  mustasno)  qimmatli 
qog‘ozlar  bozorining  professional  ishtirokchilari  bo‘lishi  mumkin.  Qimmatli  qog‘ozlar 
bozori  mutaxassisining  malaka  guvohnomasi  besh  yil  muddatga  beriladi.  Qimmatli 
qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning tashkil 
etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. 
Investitsiya  fondining  faoliyati  boshqa  turdagi  faoliyat  bilan  birga  qo‘shib  olib 
borilishi mumkin emas. 
Transfer-agent  investitsiya  vositachisining  va  qimmatli  qog‘ozlar  savdosi 
tashkilotchisining professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. 
Mijozning  topshirig‘iga  binoan,  mijoz  nomidan  va  uning  hisobidan  qimmatli 
qog‘ozlarga  doir  bitimlar  hamda  operatsiyalarni  amalga  oshiruvchi  qimmatli  qog‘ozlar 
bozorining professional ishtirokchisi investitsiya vositachisidir. 
Investitsiya  vositachisi  mijozlarining  qimmatli  qog‘ozlari  va  pul  mablag‘lari,  agar 
qimmatli  qog‘ozlar  bozorini  tartibga  solish  bo‘yicha  vakolatli  davlat  organi  tomonidan 
boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, investitsiya vositachisining o‘z hisobvaraqlaridan 
alohida hisobvaraqlarda turishi kerak. 
Investitsiya  vositachisi  har  bir  mijozning  qimmatli  qog‘ozlari  va  pul  mablag‘lari 
hisobini  yuritishi,  qimmatli  qog‘ozlarga  doir  bitimlar  va  operatsiyalarni  mijoz  bilan 
tuzilgan  shartnomaga  muvofiq  amalga  oshirishi,  tuzilgan  bitimlar  va  amalga  oshirilgan 
operatsiyalar to‘g‘risida unga hisobot berishi shart. 
Investitsiya vositachisi depozitar operatsiyalarni amalga oshirayotganda
56

                                                           
54
O‘zbekistonRespublikasining «Qimmatliqog‘ozlarbozorito‘g‘risida»giQonuni. T.: «O‘zbekiston»2008 yil 27 iyun 
55
O‘zbekistonRespublikasining «Qimmatliqog‘ozlarbozorito‘g‘risida»giQonuni. T.: «O‘zbekiston»2008 yil 27 iyun 
 
56
 «Qimmatliqog‘ozlarbozorito‘g‘risida» (yangitahriri)O‘zbekistonRespublikasiningQonuni 27-modda 


249 
 
 manfaatdor  shaxslarning  qimmatli  qog‘ozlarni  va  pul  mablag‘larini  hisobga  olish 
qoidalari bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi; 
 deponentlarning har biriga tegishli qimmatli qog‘ozlarning soni va nominal qiymati 
hisobini yuritishi; 
 qimmatli  qog‘ozlarga  majburiyatlar  yuklatilganligi,  shuningdek  ularning 
tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi; 
 qimmatli  qog‘ozlarga  doir  bitimlar  tuzish  va  mijozlarning  hisobvaraqlari  bo‘yicha 
operatsiyalar bajarish uchun asos bo‘lgan birlamchi hujjatlarni idoraviy arxivda saqlashi; 
 depo hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni deponentlarning yoki ular vakil qilgan 
shaxslarning  yozma  topshiriqlari  asosida  amalga  oshirishi,  qonun  hujjatlarida  nazarda 
tutilgan hollar bundan mustasno; 
 deponentning  qimmatli  qog‘ozlarga  bo‘lgan  mulk  huquqi  va  boshqa  ashyoviy 
huquqlarini uning depo hisobvarag‘idan tegishli ko‘chirma bergan holda tasdiqlashi; 
 mijozlarning  hisobvaraqlaridagi  qimmatli  qog‘ozlar  va  pul  mablag‘larining 
mavjudligi va harakati, ularning holati to‘g‘risidagi axborotning maxfiyligini ta’minlashi, 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; 
 depo  hisobvarag‘i  bo‘yicha  operatsiyalarni  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini  tartibga 
solish  bo‘yicha  vakolatli  davlat  organining,  monopoliyaga  qarshi  davlat  organining, 
shuningdek  sudning,  surishtiruv  va  tergov  organlarining  qarorlari  asosida  qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatib turishi; 
 o‘z  faoliyatiga  taalluqli  ma’lumotlarni  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini  tartibga  solish 
bo‘yicha vakolatli davlat organining, davlat soliq xizmati organining, monopoliyaga qarshi 
davlat  organining,  shuningdek  sudning,  surishtiruv  va  tergov  organlarining  yozma 
talablariga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan doirada va tartibda taqdim etishi; 
 o‘zi  yetkazgan  zararning  o‘rnini  ushbu  Qonunning  23-moddasiga  muvofiq  kafolat 
fondini  shakllantirishda  ishtirok  etish,  shuningdek  qonun  hujjatlariga  muvofiq 
javobgarlikni sug‘urta qilish yo‘li bilan qoplash imkoniyatini nazarda tutishi; 
 qimmatli  qog‘ozlar  egalarining  reyestrini  shakllantirish  uchun  zarur  bo‘lgan 
qimmatli qog‘ozlarning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qimmatli qog‘ozlar markaziy 
depozitariysining talabiga ko‘ra taqdim etishi; 
 o‘zida hisobga olinadigan qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlari rekvizitlariga 
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan olingan ma’lumotlar asosida o‘zgartirishlar 
kiritishi shart. 
Investitsiya  vositachisining  zimmasida  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa 
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
Investitsiya  vositachisi  tomonidan  mijozlarning  pul  mablag‘larini  hisobga  olish  va 
ularning  but  saqlanishini  ta’minlash  tartibi  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini  tartibga  solish 
bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. 
Investitsiya maslahatchisining faoliyati. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish 
va  ularning  muomalasi  masalalari,  qimmatli  qog‘ozlar  bozori  va  uning  ishtirokchilari 
holatini tahlil etish hamda istiqbolini belgilash bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi, 


250 
 
shuningdek  qimmatli  qog‘ozlar  bozori  mutaxassislarini  qayta  tayyorlashni  va  ularning 
malakasini oshirishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs investitsiya maslahatchisidir
57

Investorlarning pul mablag‘larini va qo‘yilmalarini investitsiya aktivlariga jalb qilish 
maqsadida  aksiyalar  chiqaradigan  yuridik  shaxs  —  aksiyadorlik  jamiyati  investitsiya 
fondidir. 
Qimmatli  qog‘ozlarga  bo‘lgan  huquqlarni  hisobga  olish  tizimiga  taalluqli 
hujjatlarning  qabul  qilinishi,  ularga  ishlov  berilishi  va  ularning  o‘tkazilishi  bo‘yicha 
xizmatlar  ko‘rsatuvchi  yuridik  shaxs  transfer-agentdir.  Emitent,  shuningdek  qimmatli 
qog‘ozlarga doir bitimlar tuzuvchi shaxslar transfer-agentning mijozlaridir. Transfer-agent 
emitentga  aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishini  tashkil  etish  va  o‘tkazish  yuzasidan 
xizmatlar ko‘rsatishga haqlidir
58

Mijozlar hisobidan bitimlar tuzish mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida faqat 
investitsiya  vositachisi  va  investitsiya  aktivlarini  ishonchli  boshqaruvchi  tomonidan 
amalga  oshirilishi  mumkin.  Investitsiya  vositachisi  uzaytirish  imkoniyati  bilan  bir  yil 
uchun tuziladigan shartnoma asosida mijozlarga: 
 mijozning nomidan va hisobidan brokerlik xizmatlari; 
 o‘z nomidan, lekin mijozning hisobidan brokerlik xizmatlari; 
 depozitar xizmatlar ko‘rsatadi. 
Investitsiya  vositachisi  mijozlarga  depo  hisobvaraqlari  ochishga,  qimmatli 
qog‘ozlarni sotib olish va sotish uchun ularning topshiriqlarini qabul qilishga, shuningdek 
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi hamda axborot 
texnologiyalari  va  kommunikatsiyalar  sohasidagi  maxsus  vakolatli  organ  tomonidan 
belgilangan  tartibda  mijozlarga  elektron  shaklda  va  o‘zga  aloqa  vositalari  orqali  boshqa 
xizmatlarni ko‘rsatishga haqli
59

Kiritilganulushshaklidanqat’iynazar, 
qimmatliqog‘ozlarningqiymatiO‘zbekistonRespublikasimilliypulbirligi 
«so‘m»da, 
ularnichiqarishshartlaridanazardatutilganhollardaesa 
– 
chetelvalyutasida 
(aksiyalarbo‘yicha – mulknio‘tkazibberishyo‘libilanham) ifodalanadivato‘lanadi. 
Umumаn  оlgаndа  qimmаtli  qоg’оzlаr  mоliya  instrumеntlаrining  tаsnif  bеlgilаri 
аsоsidа  tаsniflаnаdi.  Lеkin  qimmаtli  qоg’оzlаrning  mа’lum  mаzmun  vа  hususiyatlаri 
ulаrni qo’shimchа tаrzdа аlоhidа tаsniflаshni tаqаzо etаdi. 
Qimmаtli  qоg’оzlаrning  hisоbi  mаhsus  dеpоzitаriylаrdа  vа  (yoki)  rееstrlаrdа 
yuritilаdi.  Оrdеrli  qimmаtli  qоg’оzlаrning  qo’ldаn  qo’lgа  o’tishi  indоssаmеnt  аsоsidа 
indоssаnt  tоmоnidаn  аmаlgа  оshirilаdi.  Tаqdim  etuvchigа  bo’lgаn  qimmаtli  qоg’оzlаr 
bo’yichа xuquq indеntifikаtsiya qilinmаydi. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish