Valyuta kursi nima
Ikki hil ko’rinishdagi valyuta kelishuvlari turi mavjud.
Spot kelishuvining asosiy ko’rinishi, bank depozitlarining tezda (ikki kun davomida) almashinuvida namoyon bo’ladi.
Forvard kelishuvi bank depozitlarining kelajakdagi aniq muddatlarda almashinuvini bildiradi.
Spot valyuta kursi spot kelishuvining almashinuv kursidir,
Forvard valyuta kursi esa forvard kelishuvlari uchun qo’llaniladi.
Ma’lumki, valyutaning qiymati ko’tarilsa, valyuta mustahkamlanishi sodir bo’ladi; valyuta qiymati tushganda esa – u qadrsizlanadi.62
Valyuta kurslari
Wall Street jurnalining “Valyuta savdosi” (Currency trading) bo’limida har kuni valyuta kurslari bosib chiqariladi.Ushbu bo’limlardan biridagi ma’lumotlarni ko’rib chiqamiz.
Har bir valyuta uchun birinchi qatorlar – bu ikki xil usulda kvotalanadigan, 2003 yil 5 fevral chorshanba kundagi spot valyuta kursidir. Masalan, “Euro” qatoridagi: 1.0795 dollar 1 yevroga va 0.9264 yevro 1 dollarga teng. Amerikaliklar yevro 1,0795 dollar, Evropaliklar esa dollar – 0.9264 yevroga teng deb hisoblashishadi. Qiyoslash uchun o’tgan kun seshanba kunidagi ko’rsatkichlar keltirib o’tilgan. Spot kursidan pastdagi 3ta qatorlar kelajakda (bir, uch yoki olti oydan keyin) qo’llaniladigan spot kurslari uchun.
Manba: Wall Street Journal, Thursday, February 6, 2003, p. S12.
1999-yillarda yevro 1.18 dollar baholangan, lekin moliyaviy yangiliklardan olingan ko’chirmaga ko’ra 2003 yil 5 fevralda yevro narxi 1.08 dollargacha tushganligini ko’rish mumkin. Demak yevro 8 % ga qadrsizlandi:
(1,08-1,18)/1,18=-0,08=-8%
Bir vaqtning o’zida AQSh dollarining qiymati 1990-yil boshida 0,85 yevrodan 2003-yil 5-fevral holatiga ko’ra 0,93 yevroga ko’tarilgan.63
Valyuta kurslarining muhimligi nimada?
Valyuta kurslarining muhimligini ularning o’z mamlakatlari hududidagi va xorijiy davlatlarning tovarlariga nisbatan qiymatiga ta’sir etishida ko’rishimiz mumkin. Amerikaliklar uchun fransuz tovarlarining dollardagi narxi ikki omillarning o’zaro ta’siri orqali aniqlanadi: yevroda ifodalangan fransuz tovarlarining narxi hamda yevro/dollar valyuta kursidadir.
Tasavvur qiling, amerikalik Vanda Degustator o’zining vino kolleksiyasini to’ldirish maqsadida 1961-yilning qimmatbaho fransuz vinosini harid qilishga qaror qildi. Agar Fransiyada bir litr vinoning narxi 1000 yevro bo’lsa, ammo valyuta kursi 1 yevro uchun 1,18 dollarga teng bo’lsa, Vandaga vino 1080 dollarga to’g’ri keladi. (1000 yevro*1,08 dollar/yevro). Tasavvur qilaylikki, Vanda o’zining haridini ikki oyga kechiktirdi. Vaholanki ushbu davr mobaynida yevroning qiymati 1,2 dollarga oshdi. Agar bir litr vinoning ichki narxi 1000 yevro bo’lib, ya’ni o’zgarmasa, dollardagi qiymati esa 1080 dan 1200 ga o’sadi.
Boshqa tarafdan, valyutaning anologik mustahkamlanishi mamlakat ichida xorij mahsulotlarining narxini tushiradi. 2000 dollar narxidagi Compaq komputeri bir yevro uchun 1.08 dollarga to’g’ri keluvchi valyuta kursida programmist Pyer uchun 1852 yevroga tushadi. Agar valyuta kursi bir yevro uchun 1,02 dollar bo’lsa, computer 1667 yevro bahoga ega bo’ladi.
Yevro narxining tushishi AQShda fransuz tovarlarining narxlari tushishiga olib keladi va ayni shu bilan bir vaqtda Fransiyada Amerika mahsulotlarining narxlari oshishiga olib keladi. Agar bir yevro 0,90 dollar bo’lsa, Vandaga bit litr vino 1080 dollar emas 900 dollarga, Pyer uchun Compaq komputeri 1852 yevrogamas 2222 yevroga tushadi.
Bu turdagi yondashuv quyidagi xulosani keltirib chiqaradi: mamlakat valyutasi mustahkamlanganda (boshqa xorij valyutalariga nisbatan qiymati oshsa), ushbu mamlakatning mahsulotlari qimmatlashadi, mamlakat ichida import tovarlar arzonlashadi. Va aksincha, mamlakat valyutasi qadrsizlansa, uning mahsulotlari xorijda arzonlashadi, import tovarlar esa qimmatlashadi.
Masalan, AQShning po’lat quyuvchi sanoati nafaqat amerika qimmat po’latining xorijga eksporti qisqardi, balki AQShda nisbatan arzon import po’latning sotuvi ro’y berdi. To’g’ri, amerikalik iste’molchilar g’alaba qozonishdi, chunki import mahsulotlar arzonlashdi. Yaponiya videomagnitafonlari va kameralari, hamda Evropaga yo’llanmalarning narxi dollarning mustahkamlanishi tufayli tushdi.64
Do'stlaringiz bilan baham: |