Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi



Download 0,85 Mb.
bet130/197
Sana30.06.2021
Hajmi0,85 Mb.
#105374
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   197
Bog'liq
cJKVCKrMgizUYe3ap34s03Mp7bj5irCe

Kadrlarni boshqarish


  • Inson resurslarini boshqarish

  • Xodimlarni vertikal boshqarish, "kadrlar" — alohida vazifadir.

    Kadrlar bo’limida markazlashgan kadrlar vazifasi; mutaxassislar rejalashtiradi, asoslab beradi va h.k., muntazam rahbarlar mehnatni boshqaradilar

    Kadrlarni rejalashtirish — ishlab chiqarishni rejalashti-rish oqibati va unga javob, tomonlama aloqa

    Maqsad — kerakli o’rinlarda va kerakli vaqtda kerakli kishilar borligini ta’minlash va ortiqcha kishilarni ozod qilish. Bandlar — ishlab chiqarish omillari bo’lib, ularni "shaxmatchilar joylashti-radilar"

    Kadrlar siyosati iqtisodiy va ijtimoiy xamkorlik o’rtasida murosa-madora o’rnatishga qaratilgan Gorizontal boshqarish va barcha resurslar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, buyruqni avj oldirishga e’tibor berish

    Muntazam boshqarishda markazlashmagan kadrlar vazifasi. Boshqa-ruv bo’linmalarining barcha resurslarini boshqarishga va maqsadga erishishga javob beradi. Personal bo’yicha mutaxassislar muntazam menejerni qullab-quvatlaydi

    Inson resurslarini rejalashtirish korporativ rejalashti-rishga to’liq qo’shilib ketgan, aloqa ikki tomonlamadir

    Maqsad — mavjud inson resurslarini, malaka va potentsial-larini kompaniyaning strategiyasi va maqsadlariga muvofiqlash-tirish. Bandlar korporatsiya strategiyasining mavzu raqobatining us-tunligi, "komanda o’yinchilari", korxona investitsiyasining bir qismi

    Inson resurslarini boshqarish yaxlit korporativ madaniyatini rivojlantirishga va tashkilotning joriy ehtiyojlarini atrofdagi ish muhiti bilan muvofiqlashtirishga qaratilgan

    Inson resurslarini boshqarish tajribasidan bir qator ustuvor yo’nalishlarni ajratib ko’rsatish mumkin:

    — inson resurslarini boshqarish (IRB) vazifalarini kompaniya prezidentiga yoki uning birinchi o’rinbosariga buysundirish.

    — o’z kompaniyasining odamlariga birinchi navbatda lavozimlarga ko’tarish;


    • erishilgan natijalarni rivojlantirishdan faxrlanishga katta e’tibor berish;

    • rahbarlar bilan xodimlar o’rtasida vazifa jihatidan bo’lgan farqlanishni kamaytirish (ular foydalanadigan alohida restoranlarni, ustunlik va imtiyozlarni tugatish);

    • qulay mehnat va atrof-muhit sharoitini yaratish;

    • oshkora kommunikatsiyalarni rag’batlantirish;

    • xodimlarni boshqa ish topishga urinmasdan turib, ularni ishdan bo’shatishning mumkin emasligi;

    • har bir xodimda "komanda" madaniyatini shakllantirish;

    — personalning korxona va tashkilot foydasida ishtirok etishi;

    • xodimlar malakasini oshirish;

    • xodimlarning o’zi ishlaydigan kompaniyadan tashqari ishlarda ham ishtirok etishini rag’batlantirish.

    Personalni boshqarishdan inson resurslarini boshqarish sari ro’y beradigan siljish kelgusidagi tarkibiy qayta ko’rishlar asosda yotgan sabablar, boshqaruvning barcha bosqichlarida inson rolining ortishi o’z ta’sirini o’tkazadi, deb tasavvur qilish mumkin. Bir tomondan, personalni boshqarish vazifasining roli ortadi, menejmentning o’zi ancha murakkab bo’lib qoladi. Ayni vaqtda kadrlar sohasidagi mutaxassislar korxonaning strategiyasiga muvofiq perspektiv boshqarishdan ko’ra "qizg’in" ishlar bilan ko’proq shug’ullanadilar. Muntazam rahbarlar personalni boshqarish sohasidagi mutaxassislardan ajralib qolganlar. Muntazam menejmentdan asos bo’ladigan eng muhim vositalar (ish haqi, yollash, ishdan bo’shatish va shu kabilar) olib qo’yilgan. Malakani oshirish endi birinchi darajali vazifa sifatida qarab chiqilmaydi.

    Ikkinchi tomondan, raqobat keskin tarzda ortadi, xarajatlarning kamayishita nisbatan tazyiq o’tkaziladi, tashkiliy tuzilmalar o’zgaradi, biznesni tashkil etish mahsulotlar va iste’molchilar atrofida "quriladi". Shu bilan birga, faqatgina detsentralizatsiya ortib qolmasdan gorizontal integratsiyaning zarurligi ham ortadi. Ayni bir vaqtda xodimlar bilim va malaka darajasining roli keskin ravishda kuchayadi va bu bilan mutaxassislarning iste’dodi uchun raqobat darajasi ham kuchayadi.

    Barcha sanab o’tilgan jarayonlar va tendentsiyalar muqarrar ra-vishda iqtisodiyot sohasida yangi vazifa — inson resurslarini boshqarishning paydo bo’lishiga olib keladi. Bunday holat pirovard natijada, jahon tajribasining guvohlik berishicha, kelajakda personalni boshqarish konsepsiyasi va amaliyotini siqib chiqaradi. Mazkur jarayonlar quyidagicha yo’l bilan ro’y beradi.


    Download 0,85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   197




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish