Sertifikatlashtirishni o’tkazish tartibi
Sertifikatlashtirishni sinalishi sinash laboratoriya markazlarida, akkreditlangan RFning belgilangan joylarida o’tkaziladi.
Sertifikatlashtirishdagi ketgan barcha harajatlarni tayyorlovchilar yoki mol etkazib beruvchilar (importda) o’z hohishiga ko’ra qoplaydilar.
To’lov o’rnatilgan tartibda tarif bo’yicha yoki kelishuvga asosan ularning yo’qligida o’tkaziladi.
3. Tugallangan qurilish ob’ektini ekspluatatsiyaga qabul qilish va uning sifatini baholash. Texnologiyalarga bo’lgan talab va uning sifatini tekshirish. Ishlab chiqarishga joriy etiladigan xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar sifatini baholash va nazorat qilish.
Qurilish ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasi, ya’ni qurilish tarmog’i mahsuloti bo’lib, mamlakat xalq xo’jaligi tarmoqlari asosiy fondlarini shakllantiruvchi korxonalar, binolar va inshootlarning ekspluatatsiyaga (foydalanishga) tayyorligi va tugallangan qurilish hisoblanadi.
Asosiy fondlarni barpo etishdan tashqari kapital qurilish funktsiyasiga korxonalardagi mavjud asosiy fondlarni ta’mirlash va texnik qayta qurollantirish ham taalluqlidir.
Ishlab chiqarish faoliyatining turi sifatida kapital qurilish quyidagi kompleks ishlarni bajarish asosida korxonalar, bino va inshootlarni barpo etishni (yaratishni) tavsiflaydi: uskunalar montaji; loyiha-qidiruv ishlari; qurilish maydonini tayyorlash; sanitar-texnik qurilmalarni (kanalizatsiya, suv o’tkazgichlar va h.k.) barpo etish va boshq.
Qurilish mahsuloti hisoblangan binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlar ko’p qirrali, konstruktsiyasi murakkab bo’lgan ob’ektlar hisoblanadi. Bu esa qurilish ishlarini ishlab chiqarishning xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Qurilish ishlab chiqarishning asosiy xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi. Birinchidan, sanoat ishlab chiqarishdan farqli holda qurilish mahsuloti ko’chmasligi va qaerda yaratilgan bo’lsa, o’sha erda ishlatilishi bilan xususiyatlanadi. Faqat quruvchilar va mehnat qurollari (qurilish mashinalari va uskunalar) ko’chishi yoki joylashtirilishi mumkin. Mehnat resurslari va mehnat qurollari qurilish tugallangandan keyin bir ob’ektdan boshqa ob’ektga olib o’tiladi. Qurilishning bu xususiyati boshqaruvning o’ziga xos tashkiliy shakllarini, qurilish texnikalari va mehnat resurslarini bir qurilish maydonidan boshqa qurilish maydoniga ko’chirishda vaqtning yo’qotilishi va xarajatlarni minimumga keltirish uchun qurilish tashkilotlarini to’g’ri joylashtirishni talab qiladi.
Ikkinchidan, qurilish mahsulotini tayyorlash jarayoni uzoq muddatni ko’zda tutadi va shuning uchun qurilish jarayoniga ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi uzoq muddatga jalb qiliniadi.
Uchinchidan, qurilish ishlab chiqarish ko’plab tarmoqlar va korxonalar (firmalar,uyushmalar) bilan bog’liq bo’ladi. Ma’lum bir tarmoq korxonalaridan qurilish mahsulotini tayyorlash uchun xom ashyo, materiallar va uskunalar oladi. Boshqa tarmoq korxonalari bilan bog’liqligi shugdaki, buyurtmachi-korxonalar topshirig’iga binoan buyurtma asosida tegishli ishlarni amalga oshiradi.
Kapital qurilishning alohida tarmoqlari, o’z navbatida, alohida xususiyatlarga ega bo’ladi. Masalan, qishloq xo’jaligi qurilishi sanoat qurilishidan, shaharsozlik qurilishi – qishloq qurilishdan farq qiladi.
Qurilishning asosiy xususiyati uning industrlashganligi bilan belgilanadi. Qurilishni industrlashtirish – qurilish tarmog’ida ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Qurilish industriyasi deganda sanoat ishlab chiqarish bloklari va konstruktsiyalar holatidan kelib chiqib, qurilish ishlab chiqarishini bino va inshootlarni montaj qilish va yig’ish jarayonini mexanizatsiyalashtirishga aylantirish tushuniladi.
Qurilishni industrlashtirish qurilish ishlarining texnologiyasi bo’yicha keng ko’lamdagi o’zgarishlarni olib kiradi. Qurilishni industrlashtirishning asosiy elementlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: yig’ma qurilishni rivojlantirish10; qurilish-montaj ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish; qurilish ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish.
Kapital qurilish ko’p aloqalarni xarakterlaydigan murakkab jarayondir. Uning asosiy xususiyati: ob’ektlarni qurishning texnik va tashkiliy jihatdan murakkabligi; moddiy, mehnat va pul resurslari xarajatlarining ko’pligi hamda ishlab chiqarish tsiklining davomiyligidir.
Kapital qurilishning asosiy vazifasi ijtimoiy-madaniy ahamiyatga doir ob’ektlar, uy-joy, bino va inshootlarni zamonaviy texnik asosda qurish, mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishdan iboratdir.
Aholi farovonligining oshishi, moddiy ishlab chiqarish barcha tarmoqlarining yanada rivojlanishi kapital qurilishning hajmi va samaradorligiga bog’liq bo’ladi. Kapital qurilish o’z vazifasini bajara turib, investitsion jarayonlarda muhim rol o’ynaydi. Investitsion jarayonlarda kapital qurilishning o’rni va ahamiyatini aniqlash uchun kapital qo’yilmalarning texnologik tarkibiga murojaat qilish zarur bo’ladi.
Ma’lumki, yangi korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’ektlarini texnik jihatdan qayta qurollantirish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy, iqtisodiy, moddiy va mehnat xarajatlari yig’indisi kapital qo’yilmalarni anglatadi. O’z navbatida, kapital qo’yilmalar iqtisodiy jihatdan kapital investitsiyalarni anglatadi, ular deyarli bir mazmunni bildiradi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohasida kiritiladigan investitsiyalarni - qo’yilmalarni - xarajatlar majmuasini anglatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda kapital qo’yilmalarning mohiyatiga quyidagicha ta’riflar berilgan: «kapital qo’yilmalar - bu asosiy kapitalga yo’naltirilgan real investitsiyalarni (qo’yilmalarni), shu jumladan, yangi qurilish, faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni texnik qayta qurollantirish, ta’mirlash, kengaytirish, mashina va uskunalar sotib olish, loyiha-qidiruv ishlari, shuningdek, uy-joy hamda madaniy-maishiy qurilishlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan xarajatlardir»11. Statistik hisobotlarda va iqtisodiy tahlil jarayonlarida bunday investitsiyalarni kapital hosil qiluvchi investitsiyalar deb ham nomlanadi. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishga yo’naltirilgan qo’yilmalarni anglatadi. Umuman olganda, kapital qo’yilmalar aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun mo’ljallangan hamda asosiy fondlarni barpo etish va yangilash bilan bog’liq bo’lgan jami xarajatlarni aks ettiradi.
Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarni sotib olish, qurish bilan bog’liq xarajatlar kapital sarflar yoki kapital qo’yilmalar deyiladi. Kapital qo’yilmalar bilan xarajatlarni bir-biridan farqlay bilish kerak. Xarajat albatta shu davrda daromad keltirishi kerak. Kapital qo’yilma esa bir necha yillardan keyin daromad keltira boshlaydi.
Kapital qo’yilmalar tarkibiga asosiy vositalar, tabiiy resurslar va nomoddiy aktivlarni sotib olishdan tashqari asosiy vositalarni o’stirish va ularni yaxshilanishiga sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Asosiy vositani o’sishi (additions) deganda ishlab chiqarish quvvatini fizik jihatdan kengaytirish tushuniladi.
Kapital qo’yilmalar bu korxonaning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlarini qayta ishlab chiqarish va ular sifat tarkibini yaxshilash borasida qiladigan sarf xarajatlaridir.
«Kapital qo’yilma» tushunchasi «kapital qurilish» tushunchasiga nisbatan kengroq ma’noga ega. Kapital qo’yilmalarning bir qismi qurilishni amalga oshirishga, shu jumladan, transport vositalari, qishloq xo’jaligi texnikalari, texnologik uskunalar sotib olishga safarbar qilinadi.
Kapital qo’yilmalar quyidagi belgilariga ko’ra tasniflanadi:
ishlab chiqarish (mo’ljallangan) ob’ektlari qurilishi;
qishloq xo’jaligi (mo’ljallangan) ob’ektlari qurilishi;
transport va aloqa ob’ektlari qurilish;
uy-joy qurilishi;
ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishi.
Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish shakli bo’yicha kapital qo’yilmalar quyidagilarga ajratladi:
yangi qurilishga;
faoliyat yuritayotgan korxonalarni kengaytirishga;
korxonalarni ta’mirlash va texnik qayta qurollantirishga.
Texnologik belgilariga ko’ra kapital qo’yilmalar quyidagi turlarga ajratiladi:
qurilish-montaj ishlari;
mashina va uskunalarni sotib olish;
va boshqa kapital ishlar va xarajatlar.
Kapital qo’yilmalar tarkibi takror ishlab chiqarish strukturasining yo’nalishlari, texnologik struktura, mo’ljallanishi, xalq xo’jalik tarmoqlari, ishlarni bajarish usuli, mablag’ bilan ta’minlash manbalariga ko’ra guruhlanadi.
Takror ishlab chiqarish strukturasining yo’nalishlari bo’yicha kapital qo’yilmalar yangi qurilish, kengaytirish, ta’mirlash, texnik qayta jihozlash va ishlab turgan korxonalar quvvatlarini saqlashga ajratiladi.
Texnologik strukturasiga ko’ra kapital qo’yilmalar quyidagi ish va xarajat turlari qiymatidan tarkib topadi: qurilish ishlarining barcha turlari; uskunalar natijasi bo’yicha ishlar; qurilish smetalarida nazarda tutilgan uskunalar xarajatlari (montaj talab qiladigan va qilmaydigan); qurilish smetasiga kiritiladigan asbob va inventarlar xarajatlari; boshqa kapital ish va xarajatlar.
Yangi qurilish deganda yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarga xizmat ko’rsatuvchi asosiy va yordamchi ob’ektlar majmuining qurilishi tushuniladi, shuningdek, tasdiqlangan loyihalar bo’yicha yangi qurilish maydonida tashkil etilgan ishlab chiqarish bo’limlari tushuniladi. Shuningdek, yangi qurilishga yangitdan tashkil etilayotgan korxonalar, binolar va inshootlar, ishga tushirilgandan so’ng mustaqil balansda bo’ladigan, yangi maydonchada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadlarida filial va ayrim ishlab chiqarishlarda amalga oshiriladigan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish maqsadlaridagi ob’ektlar kompleksining qurilishi kiritiladi.
Kengaytirish deganda faoliyat yurituvchi korxonalar va tashkilotlarda alohida tsexlar, qo’shimcha ishlab chiqarish ob’ektlarining qurilishi tushuniladi. Kengaytirishdan maqsad – ishlab chiqarish quvvatini oshirishdir. Ishlab turgan korxonalarni kengaytirish deganda ishlab turgan korxona (inshoot) larda qo’shimcha ishlab chiqarishlarni qurish, shuningdek, ishlab turgan korxona hududi yoki unga qo’shni maydonchada qo’shimcha yoki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadlarida ayrim tsexlar yoki asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan ob’ektlarni qurish va ishlab turganlarni kengaytirish tushuniladi. Ishlab turgan korxonani kengaytirish, uning ishlab chiqarish quvvatini (unumdorligi) ko’paytirish ishlari yangi qurilish yo’li bilan shunday quvvatlar yaratishdan ko’ra qisqaroq muddat va kam xarajatlarda amalga oshirilishi lozim.
Ta’mirlash deganda faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlarda mavjud ishlab chiqarishni, tsexlarni va boshqa ob’ektlarni to’liq yoki qisman qaytadan qurish (bunda, qoida tarzida, birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan mavjud bino va inshootlarni kengaytirmasdan turib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida ularning texnik-iqtisodiy darajasini ko’tarish va ishlab chiqarishni takomillashtirish) tushuniladi. Ishlab turgan korxonalarni ta’mirlash asosiy va yordamchi va xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan, ishlab turgan tsex va ob’ektlarni ishlab chiqarshni takomillashtirish va ularni texnik-iqtisodiy darajasini oshirish maqsadlarida qayta qurish tushuniladi. Bu, odatda, asosiy maqsaddagi bino hamda inshootlarni kengaytirmay amalga oshiriladi.
Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarni texnik qayta qurollantirish - alohida ishlab chiqarishlarni, tsexlarni, uchastkalarni zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, modernizatsiyalash, jismoniy va ma’naviy eskirgan uskunalarni yangisiga almashtirish, ularni intensivlashtirish asosida texnik darajasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini anglatadi.
Ta’mirlash va texnik qayta qurollantirishning asosiy maqsadi ishlab chiqarishni texnik qayta qurollantirish orqali uning samaradorligini oshirishga qaratiladi va bu, o’z navbatida, mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, uning sifatini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, kapital qo’yilmalarni amalga oshirishda va investitsion jarayonlarda asosiy rolni kapital qurilish o’ynaydi. Kapital qurilishning investitsion jarayondagi o’rni va ahamiyati quyidagilar bilan izohlanadi:
kapital qurilish kapital qo’yilmalarni o’zlashtirishda (amalga oshirishda) qatnashadi. Jami kapital qo’yilmalar summasining 2/3 qismi qurilish-montaj va qurilish tashkilotlari tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlariga, loyiha-qidiruv va boshqa qurilish ishlariga to’g’ri keladi;
kapital qurilish korxonalar ishlab chiqarish quvvatining oshishi va asosiy fondlari o’sishini ta’minlaydi, bu esa, o’z navbatida, aholining turmush farovonligini oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirish imkonini beradi;
kapital qurilish korxonalarda zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo’llanilishi asosida ishlab chiqarishda ilmiy-texnik taraqqiyotni ta’minlaydi;
ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish jarayonida qurilishning o’ziga xos o’rni shundaki, bir vaqtning o’zida bino va inshootlarni texnologik, energetik va boshqa uskunalar montaj qilish ishlarini amalga oshiraturib, zavod, fabrika, kombinatlarni ishga tushirish uchun sharoitni yaratadi (ta’minlaydi) va shu bilan ularni barpo etishning umumiy jarayonini yakunlaydi (tugallaydi);
qurilish tarmog’ida qurilishga qaratilgan investitsion loyihalarni ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan loyihaviy tashkilotlar (loyiha-qidiruv ishlari bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar) faoliyat ko’rsatadi. Bu erda qurilish yangi uskunalar asosidagi zamonaviy iqtisodiy loyihalarni ishlab chiqishda muhim rol o’ynaydi va investitsion loyihalarni amalga oshirishda ilmiy-texnik taraqqiyotni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |