Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi kurs ishi


Shartnoma majburiyatlari bilan bog’liq barcha masalalarni



Download 273,53 Kb.
bet10/11
Sana24.09.2021
Hajmi273,53 Kb.
#184207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
auditorlik hisoboti va uning tarkibi

Shartnoma majburiyatlari bilan bog’liq barcha masalalarni

bajaruvchi mustaqil hal qilishi kerak.






Shartnomani bajarish vaqtida malakaviy sinchkovlik

bo’lishi shart.





3-jadval. Ob’ektda ishlash standartlari bo’yicha guvohlik beruvchi va auditning umumqabul qilingan standartlarini taqqoslash8


Guvohlik beruvchi standartlar



Auditning umumqabul qilingan standartlari


Ob’ektda ishlash standartlari


Ishni auditorlik tekshiruvi muvofiq holda rejalashtirilishi lozim, agarda auditorning yordamchilari mavjud bo’lsa, ularning faoliyatini nazorat qilib borish lozim.

Ishni auditorlik tekshiruvi muvofiq holda rejalashtirilishi

lozim, agarda auditorning yor-damchilari mavjud bo’lsa, ularning faoliyatini na-zorat qilib borish lozim


Xulosada fikr bildirish uchun etarli miqdorda dalillarni to’plash lozim

Xulosada o’tgan yillar nuqtai nazaridan hisobot yilida ko’zda tutilmagan holatlar mavjudligi aniqlanishi kerak.




Moliyaviy hisobotdagi axborot adekvat holda yoritilishi lozim, agarda xulosada boshqa holatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa




Xulosa moliyaviy hisobotning to’liqligi haqida fikrni o’z ichiga olishi yoki fikrning mavjud emasligi haqida tasdiqni o’z ichiga olishi kerak. Agarda yakuniy xulosa berilmagan bo’lsa, mos keluvchi tamoyillar bilan inobatga olish kerak. Auditorning ismi moliyaviy hisobot bilan bog’liq barcha hollarda xulosada auditorlik tekshiruvining aniq shakldagi turi bayon qilinishi shart, agarda bu ko’zda tutilgan bo’lsa, shuningdek auditor o’z zimmasiga oladigan mas’uliyatning darajasi haqida fikr bildirib o’tishi kerak.

Hozircha xalqaro standartlar auditorlik tadbirlarini batafsil bayon qilishi va misollar keltirilishi bilan auditorlik faoliyatining milliy standartlaridan farq qiladi. Shu sababli xalqaro standartlarni o’rganish sifatli o’tkazilgan auditlarning ko’payishiga va jamoatchilik orasida auditor kasbi nufuzining ortishiga ko’maklashadi. Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida auditorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollaridan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-sonli «Auditorlik tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning javobgarligini oshirish to’g’risida»gi Qarori va «Auditorlik tashkilotlari to’g’risida»gi Nizom tashkil etadi.

Auditorlik faoliyati quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:



  • auditorlik tekshiruvi o’tkaziladigan shaxslardan, shuningdek barcha uchinchi shaxslardan mustaqillik;

  • auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishda xaqqoniylik;

  • auditorlik tekshiruvini o’tkazayotgan auditorlik tashkilotlari mustaqil ravishda ishlash usullari va metodlarini tanlashi;

  • auditorlik tekshiruvini amalga oshirayotgan shaxslarning professional kompetentligi;

  • auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotlarning maxfiyligi.

Yuqoridagi tamoyillar asosida «Auditorlik tashkilotlari to’g’risida»gi Nizomga muvofiq auditorlik tashkilotlari ustav fondini shakllantirish va tashkil etish bo’yicha quyidagilar belgilangan9, jumladan:

  • faqat tashabbus tarzdagi auditorlik tekshiruvini amalga oshirsa eng kam oylik ish hakining 1500 baravari miqdoridan kam bo’lmagan ustav kapitali va shtatida kamida 2 nafar auditorlariga ega bo’lishi;

  • ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari, banklar va sug’urta tashkilotlaridan tashqari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tashabbuskorlik asosida va majburiy auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 3000 barobari miqdoridan kam bo’lmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 4 nafar auditorga, ularning bittasi xalqaro buxgalter sertifikatiga (CAP/CIPA) ega bo’lishi;

  • barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning auditorlik tekshiruvini amalga oshirsa eng kam oylik ish haqining 5000 baravari mikdoridan kam bo’lmagan ustav kapitali va shtatida kamida 6 nafar auditorlariga, ularning ikkitasi xalqaro buxgalter sertifikatiga (CAP/CIPA) ega bo’lishi shartligi belgilandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, auditorlik tashkiloti Moliya vazirligi tomonidan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya (ruxsatnoma)ni tegishli turini olish maqsadida yuqorida keltirilgan Nizom talablariga muvofiq ravishda hujjatlarni taqdim etishi mumkin.

Auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish va auditorlik faoliyati yurituvchi sub’ektlarga litsenziya berish Moliya vazirligining «Buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasi Bosh boshqarmasi» tomonidan amalga oshirilmoqda.

Hayot rivojlanishdan to’xtab qolmaganidek, auditorlik faoliyatining rivojlanishi ham davom etmoqda. Bu o’z-o’zidan bo’lavermaydi, albatta. Buning uchun ma’lum bir qonunlarga, qarorlarga o’zgartirish kiritilishi lozimki, ular kichik va o’rta biznes asosida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga o’z kapitalini ko’paytirishda ijobiy samarasini bersin. Bu o’z navbatida aholini moddiy farovonligini yanada oshirishga ham xizmat qilsin.

O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Vazirlar Mahkamasi tomonidan Moliya vazirligiga quyidagi vazifalarni qo’shimcha qilib yuklatish ushbu faoliyatni yanada takomillashtirilishiga sabab bo’ladi:

Mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha auditorlik tashkilotlari va undagi auditorlar, auditor assistentlari, bundan tashqari, yakka tartibda yollanib ishlayotgan va buxgalteriya xizmati ko’rsatayotgan professional buxgalter va auditorlar ustidan nazorat qilish maqsadida yilda bir marta ulardan axborot olib turishni ta’minlash (besh yilda bir marta litsenziya berish uchun chaqiruvdan tashqari) dagi nazoratni amalga oshirish;

Mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha auditorlik tashkilotlari va undagi auditorlar, auditor assistentlari, bundan tashqari, yakka tartibda yollanib ishlayotgan va buxgalteriya xizmati ko’rsatayotgan professional buxgalter va auditorlarning doimiy ravishda malakasini oshirib borishi hamda o’tkazilayotgan auditorlik tekshiruvlari sifatining yuqoriligini ta’minlash maqsadida o’quv-metodik markazlar (oliy o’quv yurtlari va akademiyalarda maxsus fan bo’yicha)da bevosita qatnashuvchi (xoh tinglovchi, xoh ta’lim beruvchi sifatida) bo’lishini majburiy qilib qo’yish;

Mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha auditorlik tashkilotlari va undagi auditorlar, auditor assistentlari, bundan tashqari, yakka tartibda yollanib ishlayotgan va buxgalteriya xizmati ko’rsatayotgan professional buxgalter va auditorlarning o’tkazayotgan auditorlik tekshiruvlari sifatining yuqoriligini ta’minlashda doimo xalqaro internet tarmog’idan foydalanish orqali kundalik maxsus iqtisodiy bilimlardan xabardor bo’lishi, maxsus iqtisodiy jurnallardagi yangiliklardan voqif bo’lishi lozimligini majburiy qilib qo’yish;

Mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha auditorlik tashkilotlari va undagi auditorlar, auditor assistentlari, bundan tashqari, yakka tartibda yollanib ishlayotgan va buxgalteriya xizmati ko’rsatayotgan professional buxgalter va auditorlarning doimo xalqaro va mamlakat ichida o’tkazilayotgan konferentsiyalarda amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan o’z tezis va maqolalari bilan qatnashishini majburiy qilib qo’yish va h.k.lar.

Bizningcha, auditorlik faoliyati amaliyotida uchrayotgan ayrim muammolarni hal qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qoshida maxsus guruh tashkil qilish lozimki, uning ish faoliyati qonun va qarorlarga ushbu muammolarni hal qilish yo’llarini ishlab chiqishdan iborat bo’lgan takliflarini Qonun chiqaruvchi organlarga ma’lum qilishdan iborat bo’lsin.

Albatta, yuqorida bayon etilagn fikrlar auditorlik faoliyatini takomillashtirish strategiyasining ma’lum bir ko’rinishlari edi, xolos. Lekin, auditorlik faoliyatini rivojlantirishning taktikasi shundan iboratki, bunda alohida faoliyat yurituvchi professional xizmat ko’rsatuvchi auditor va buxgalterlarni ham nazoratdan chiqarmasligimiz lozim, chunki bunda ularning ham o’z o’rni bor.

Auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi ushbu shaxslarga ham bizningcha quyidagi talablar qo’yilishi lozim:


  • O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunchilikka amal qilishi lozimligi;

  • alohida tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tishi majburiyligi;

  • ma’lum bir professional auditorlik xizmati ko’rsatuvchi tashkilotning majburiy a’zosi bo’lishi;

  • malaka setifikatiga ega bo’lishi;

  • auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha fuqarolik (shaxsiy) ma’suliyati (javobgarlik) to’g’risida sug’urta polisiga ega bo’lishi va h.k.lar.

Auditorlik tashkilotlariga to’xtaladigan bo’lsak, ular auditorlik faoliyatini amalga oshirishlari uchun yangi qonunchilik talablari asosida quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

  • O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga amal qilishi;

  • mamlakatda ma’lum bir auditorlik faoliyatini nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi davlat ro’yxatidan o’tgan birlashma yoki tashkilotning majburiy a’zosi bo’lishi lozimligi;

  • auditorlik tashkiloti ustav kapitalining 51% i auditorlarga yoki auditorlik tashkilotiga tegishli bo’lishi lozimligi;

  • auditorlik tashkiloti rahbari faqat auditor bo’la olishligi va h.k.lar.

Ta’kidlash joizki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisoboti O’zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari asosida tuzilganligi, har yilda bir marta majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi lozimligi auditorlik faoliyatining xalqaro standartlarida ham nazarda tutilgan.

Shunisi etiborliki, ko’pchilik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, bank muassasalari tashqi auditorlik tekshiruvidan o’tish maqsadida auditorlik tashkilotlarini chaqirganda, auditorlik faoliyati tavakkalchilik xavf-xatari va auditor fuqarolik mas’uliyati sug’urta qilinganmi-yo’qmi, agar mavjud bo’lsa, sug’urta polisini talab qilishmaydi. Chunki, auditorlar tekshirib, o’z xulosa va hisobotlarini taqdim etib ketgandan so’ng, ma’lum bir sabablar bilan vakolatli organlar ular tomonidan xatoliklarga yo’l qo’yilganligini aniqlab, kamchiliklarini topsa, tekshiruvdan o’tgan mijoz keltirilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash, undirish maqsadida xo’jalik sudiga murojaat qilishga haqli bo’ladi va mijoz talabi sud tomonidan sug’urta tashkiloti hisobidan qondiriladi.

Auditorlik faoliyatini takomillashtirishning yana muhim jihatlaridan biri auditorlik tashkilotlari va auditorlar haqidagi ma’lumotlarning operativ axborot ta’minot bazasiga kiritilmaganligi achinarlidir. Ushbu muammoni hal qilish uchun O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari va auditorlarga bag’ishlangan, xalqaro internet tarmog’ida vebsayt ochishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Bu ishni tashkil qilishda O’zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi yoki O’zbekiston Auditorlar Palatasi albatta, etakchi tashkilot bo’lishi (xarajatlarni qoplash tashkilotlarning ularga a’zolik badallari hisobidan bo’lishi) lozim.

Bundan tashqari, barcha rivojlangan davlatlarda auditorlik faoliyati, ularga oid muammolar va ularni hal qilish yo’llari, faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlarining reytingi bayon qilingan maxsus jurnallar mavjud (masalan, RFda «Auditor», «Auditorskie vedomosti», «Buxgalterskiy uchet»; «Accounting cost» va h.k.lar). Lekin, mamlakatimizda bironta ham yo’q. To’g’ri, hozirgi kunda ushbu faoliyat to’la-to’kis rivojlangan deb ayta olmaymiz. Ammo, qachon to’liq rivojlanishini kutib turish ham maqsadga muvofiq emas. Bu kabi ommaviy axborot vositalarida, auditor va auditorlik tashkilotlari haqida, ularning xizmat ko’rsatish darajasi reytingi, tashkilotdagi auditorlarning malakasi, ish staji, muammoni hal qilishda ilmiy yondoshuvi va albatta, xizmat haqi to’g’risidagi ma’lumotlar mujassam bo’lsagina, mijozlar o’z biznesini qaysi auditorni yollab yoki auditorlik tashkilotini tekshiruvga jalb qilishida raqobat paydo bo’ladi hamda adolat qaror topadi. Bu o’z navbatida auditorlik faoliyatini rivojlanishida qo’yilgan muhim qadamlardan biri bo’ladi. Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda auditorlik faoliyatini yurituvchi auditorlik tashkilotlari va auditorlar haqidagi ma’lumotlarni faqat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan olish mumkin. Bu har doim ham amalga oshavermaydi ya’ni, keng omma uchun mo’ljallanmagan.

H
ozirgi kunda O’BAMA va O’zR Moliya vazirligi hamkorligida auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasida SAR va CIPA dasturlari talabi doirasida malaka sertifikatlarini olish bo’yicha «Moliyaviy hisob-1» fanini muvaffaqiyatli topshirish talab etiladi. Bu o’z navbatida mahalliy auditorlarning xalqaro integratsiyalashuvi jarayoniga olib keladi.

O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit qonun va me’yoriy hujjatlarga asosan tashkil qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2006 yil 27 sentyabrdagi PQ475-son qaroriga, hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qaroriga muvofiq aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. so’mdan ortiq bo’lgan korxonalarda ichki auditni tashkil etishga qo’yiladigan yagona talablarni hamda uning ishini tashkil etishning metodologik asoslarini belgilash maqsadida «Korxonalardagi ichki audit xizmati to’g’risida Nizom» qabul qilindi. Hozirgi kunda ushbu Nizom xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki auditni tashkil qilish tartibi ko’rsatilgan me’yoriy hujjat hisoblanadi.

Bizga ma’lumki, ichki audit korxonaning Kuzatuvchi kengashining qarori bilan korxonaning ichki auditi bo’limi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki audit xizmati- mazkur Nizom talablari hisobga olingan holda korxona Kuzatuvchi kengashining qarori bilan tashkil etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo’linmasi. Demak, ichki audit xo’jalik yurituvchi sub’ektning Kuzatuvchi kengashi tomonidan tashkil qilingan tarkibiy bo’linma tomonidan amalga oshiriladi.

Ichki auditni amalga oshirishda ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga ega:



  • ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo’ladigan masalalar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv organlari qarorlari, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), xo’jalik yurituvchi sub’ekt mansabdor va ma’sul shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish;

  • ichki auditni o’tkazishga ko’maklashish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning tegishli mutaxassislarini jalb etish.

Ichki auditni amalga oshirishda ichki audit xizmati quyidagilarga majbur:

  • ichki auditni amalga oshirishda qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilish;

  • belgilangan talablarda hisobotlar tuzish;

  • moliya va statistika ko’rsatkichlarining ishochliligini tekshirish;

  • ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotlarning maxfiyligiga rioya qilish;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar etkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda darhol xo’jalik yurituvchi sub’ektning kuzatuvchi kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;

  • aktivlarni xatlovdan o’tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o’z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish. Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga va xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin.

Xo’jalik yurituvchi subektlarda ichki auditni tashkil qilishda ichki audit xizmati xodimlari quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:

  • auditorning malaka sertifikatiga;

  • O’zbekistn Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida, yoxud O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat muassasasida olingan oliy ma’lumotga, oxirgi o’n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik bo’yicha) ega bo’lish.

«Korxonalardagi ichki audit xizmati to’g’risida Nizom»ga muvofiq ichki audit xizmati xodimlari soni ichki audit maqsadlariga samarali erishish va uning vazifalarini hal etish uchun etarli bo’lishi kerak10. Ichki audit xizmatiga tegishli auditor sertifikatiga ega bo’lgan uning rahbari boshchilik qiladi. Har yili ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati xarajatlarining yillik smetasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning kuzatuvchi kengashiga taqdim etadi. Ichki audit xizmati xodimlarining kasb darajasi tegishli litsenziyaga ega bo’lgan ta’lim muassasalarida muntazamlilik asosida ularning malakasini oshirish vositasida saqlanishi kerak. Ichki audit xizmati xodimlari xo’jalik yurituvchi sub’ekt kuzatuvchi kengashi tomonidan har yili attestatsiyadan o’tkazilishi kerak. O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini xalqaro darajada rivojlantirish maqsadida ko’pgina me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bular jumlasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi ”Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida”gi PQ–615-sonli Qarori, “Auditorlik tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ–907-sonli Qarori, “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi Qarori. 26.11.2010., PQ-1438-son, shuningdek O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012 yil 2 apreldagi 90-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi to’g’risidagi nizom» (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012 yil 12 mayda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 2361) va boshqalar. Ushbu hujjatlarning qabul qilinishi O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda Norma nashri ma’lum qildi.

Loyiha 2018 yilning 19 sentyabrdagi PQ–3946-son qarorga muvofiq ishlab chiqilgan, unga ko‘ra 2020 yil 1 yanvardan boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiradilar.

Loyihada taklif qilinayotgan normalar amaliyotda qo‘llanilgan prinsiplar asosida tuzilgan. Ularning joriy etilishi ko‘rsatilgan auditorlik xizmatlari natijalariga ishbilarmonlar va umuman jamoatchilik ishonchini shakllantirish va oshirishga yo‘naltirilgan xalqaro standartlar asosida auditorlik xizmatlari bozorining yanada rivojlanishini, respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilanganining asosiy omili sifatida auditorlik kasbi nufuzi va auditorlik xizmatlari sifati oshishini ta’minlaydi. Nizom loyihasida O‘zbekiston hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlari (AXS) belgilangan, ya’ni:

a) sifat nazoratining xalqaro standarti;

b) moliyaviy axborot auditining xalqaro standartlari;

d) moliyaviy axborot auditining amaliyoti to‘g‘risidagi xalqaro hisobotlar;

e) obzorli tekshiruvlar o‘tkazish bo‘yicha vazifalarning xalqaro standartlari;


f) ishonchni ta’minlovchi, moliyaviy axborot auditi va obzorli tekshiruvlaridan farqlanuvchi vazifalarning xalqaro standartlari;
g) audit bilan birga ko‘rsatiladigan xizmatlarning xalqaro standartlari;
h) Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan auditning xalqaro standartlarining ajralmas qismi sifatida belgilangan boshqa hujjatlar;
i) yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlarga («a»-«j») kiritiladigan o‘zgartirishlar.
 

Shuningdek hujjatda O‘zbekistonda qo‘llash uchun AXSni tan olish tartibi taklif etilgan:

• Xalqaro buxgalterlar federatsiyasidan davlat tiliga tarjima qilingan AXS matniga huquqlarning berilishini tasdiqlovchi hujjatni olish;
• rus tilidagi AXSdan foydalanish huquqini olish uchun Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan shartnoma imzolash;
• davlat va rus tilidagi AXS matnini Moliya vazirligining veb-saytlarida e’lon qilish;
• AXS hujjatlarining dolzarbligini ta’minlash.11

Xulosa

Respublikamizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va liberallashtirish sharoitida auditorlik tashkilotlarini iqtisodiyotdagi o’rnini muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda, ularni faoliyat doirasini, faoliyat turlari imtiyozlari, huquq va majburiyatlarini belgilovchi huquqiy negizi, shuningdek mijoz korxonalar moliyaviy hisoboti ishonchliligini tasdiqlovchi auditorlik xulosalari nazariy va amaliy asoslari, qonun hujjatlari belgilab berildi.

Auditorlik tekshiruvida buxgalteriya hisobi tizimida nazoratni o’rganish va baholash jarayonida auditorlar tomonidan aynan bosh buxgalterning buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish masalalari bo’yicha mas’ullik darajasidagi vazifalarining bajarilganlik holati o’rganiladi va baholanadi. Bunda bosh buxgalter tomonidan buxgalteriya hisobi tizimini nazorati yuzasidan hech qanday me’yorlar qonunchilikda belgilanmagan bo’lsada, ularning lavozim majburiyatlariga ayrim masalalarni rahbar tomonidan yuklatilishi yoki umuman nazarda tutilmasligi va shu kabi boshqa hollar buxgalteriya hisobi tizimida nazoratning amalga oshirilishi va natijalari yuzasidan bosh buxgalterga ortiqcha javobgarliklarni yuklalishi yoki bosh buxgalter javobgar bo’lishi mumkin holda uni ushbu javobgarlikdan holi etishi mumkin bo’lib, bu masalalar homon o’z yechimini topmaganligi auditorlik tekshiruvida buxgalteriya hisobi tizimini nazorati yuzasidan ayrim tushunmovchiliklar va noaniqliklarga olib kelmoqda. Shundan kelib chiqib, Bosh buxgalterlarning buxgalteriya hisobi tizimini tashkil etish, nazorat qilish va boshqarish hamda hisob yuritish masalalari bo’yicha vazifalari, haq-huquqi, ma’suliyati va javobgarligini belgilovchi «Korxona va tashkilotlarning bosh buxgalterlari to’g’risida» gi Nizom ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir.

Auditorlik tekshiruvida mijoz korxona faoliyatiga baho berishda ichki nazorat ma’lumotlariga tayanilar ekan, avvalo ichki nazoratga buxgalteriya hisobi va hisobotining to’g’riligini ta’minlashga qaratilgan, hamda korxona resurslaridan maqsadga muvofiq oqilona foydalanishga imkon yaratadigan doimiy, kundalik ishlar sifatida qarash emas, balki korxona rahbariyati va barcha xodimlari tomonidan xo’jalik jarayonlarini amalga oshirishda ularning qonunchilikka mos ekanligini, samaradorligini, yuqori malakada bajarilishini va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash tizimi sifatida qaralishi maqsadga muvofiq hisoblanib, korxona faoliyati maqsadlariga erishishda xizmat ko’rsatadigan va javobgarlikni to’lig’icha yoki qisman o’z zimmasiga oladigan nazorat tizimining shakllanishiga erishiladi.

Ichki nazorat buxgalteriya hisobi qonunchiligiga asosan tashkil etiladi. Ammo, korxonada ichki nazoratni tashkil etilishi hamda amalga oshirilishi tartibi yuzasidan yagona me’yoriy tartib mavjud emas. Bunday mek’yoriy hujjatning zaruriyati buxgalteriya hisobi, xo’jalik jarayonini hisobga olar ekan, u yakuniy natija bilan ishlaydi. Ba’zan, amalga oshirilgan xo’jalik jarayoni g’ayriqonuniy bo’lsada, har qanday jarayon buxgalteriya hisobida o’z aksini topishi muqarrar holat bo’lib, daromad yoki xarajat sifatida tan olinadi. Bu holda xo’jalik jarayonini amalga oshiruvchi va asoslovchi nazorat etuvchi xodimlarning huquqlari, majburiyatlari, vakolati va javobgarlik darajasi batafsil belgilanishi zarur.


Download 273,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish