O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Audit” kafedrasi
KURS ISHI
Mavzu: Auditorlik hisoboti va uning tarkibi
Bajardi: HBA-71 guruh talabasi Suyunov M.M.
Tekshirdi: PhD. Xojiyev M.S.
Auditorlik hisoboti va uning tarkibi
Reja:
Kirish
Auditorlik tekshiruvini o'tkazishni rejalashtirishmaqsadi va vazifalari
Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va uni auditorlik hisobotida aks ettirish tartibi
Xalqaro audit standartlarini O'zbekistonda qo'llash muammolari va ularni hal etish yo'llari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Kirish
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotida bozor munosabatlarini yaratishga qaratilgan islohotlarning barqaror borayotganligi kuzatilmoqda. Respublikamiz iqtisodiyotida bozor munosabatlarini rivojlanishida maʼlum ijobiy oʼzgarishlar sezilmoqda. Buning natijasida iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi hamda jahonda hukm surayotgan moliyaviy inqirozning ta’sirini kamaytirish imkoniyati tugʼildi. Bu haqda fikr yuritar ekan Prezidentimiz shunday deydi: «Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo’lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi boʼlsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo’lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o’tishimiz shart. Yagona yo’limiz-shu.
Bu — Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo’l yo’q. Biz boshlagan islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz va ular albatta o’zining ijobiy natijasini beradi»1 Hozirgi kunda bozor iqtisodiyotining obʼyektiv qonun va kategoriyalari talablaridan kelib chiqqan holda jahon mamlakatlaridagi hisob, audit ishlarining integratsiyalashuviga erishish borasida huquqiy baza yaratilmoqda. Shuningdek, jamiyat hayotidagi ijobiy oʼzgarishlarni hisobga olgan holda ulardan ijobiy foydalanilmoqda. Bu borada mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yoʼnalishlari aniq belgilanib, iqtisodiyotni va xoʼjalik yurituvchi subʼyektlar faoliyatini erkinlashtirishda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Darhaqiqat, auditor xoʼjalik yurituvchi subʼekt faoliyatini tekshirar ekan, undagi ichki nazorat tizimiga alohida eʼtibor qaratishi lozim. Аuditor har qanday iqtisodiy subʼyektda oʼzi duch keladigan buxgalteriya hisobi tizimini tushunish bilan cheklanmasligi lozim. Аuditor auditorlik dalillarini toʼplashda ham yetarli bilimga ega boʼlgan mutaxassis boʼlishi shart. Huddi shunday dalillar asosida u buxgalteriya hisobotining ishonchliligini tasdiqlashi yoki rad etishi, tekshirilayotgan xoʼjalik yurituvchi subʼyektlar maʼmuriyatiga tavsiyanoma berishi mumkin.
Аuditor qaror qabul qilishga axborot tayyorlar ekan u, albatta, mijoz korxona buxgalteriya hisobi tizimini va ichki nazoratni oʼrganadi hamda baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |