Bog'liq Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019
GMT indeksi bo'yicha Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi 8 ta mezon bo‘yicha baholanadi: Markaziy bank rahbari Hukumatning aralashuvisiz tayinlanadi.
Markaziy bank rahbari 5 yildan ortiq muddatga tayinlanadi.
Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi a’zolari Hukumatning ishtirokisiz tayinlanadi.
Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi bankni 5 yildan ortiq boshqaradi.
Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashida Hukumat vakillarining majburiy ishtirokiga zaruriyat yo‘q.
Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlami Hukumat tomonidan ma’qullanish zaruriyatining yo‘qligi.
Markaziy bankda qonun bo^icha ustuvor maqsadlardan bin sifatida mamlakatda baholar barqarorligini ta’minlash majburiyati bolishi kerak.
Markaziy bank Hukumat bilan qarama-qarshilikka borib qolganda, uning pozitsiyasini kuchaytirish imkonini beradigan qonunchilik me’yorlarining mavjudligi.
GMT indeksi bo'yicha Markaziy banknirtg iqtisodiy mustaqilligi 7ta mezon bo‘yicha baholanadi: Hukumatga avtomatik tarzda kreditlar berish jarayonining mavjud emasligi.
Markaziy bank kreditlari Hukumatga bozor stavkalarida beriladi.
Markaziy bank kreditlari Hukumatga malum muddatga beriladi.
Kreditlar Hukumatga cheklangan miqdorda beriladi.
Markaziy bank davlat qimmatli qog‘ozlarining
birlamchi ishtirokchisi hisoblanmaydi. Markaziy bank davlat qimmatli qogbzlarining
birlamchi ishtirokchisi hisoblanmaydi. Markaziy bank o‘zining foiz stavkalari mustaqil, Hukumat bilan kelishmasdan, o‘matadi.
Markaziy bank bank sektorini nazorat qilish yuzasidan javobgardir. (Bu holatda GMT indeksi asosida MB ga 2 ball o‘zlashtiriladi yoki boshqa davlat organi bilan birgalikda amalga oshirilsa 1 ball qo'yiladi).
Har bir mezon 2 ta olchamga ega, ya’ni 0 va 1 ball bilan baholanadi.
0 - mustaqillik darajasi past;
1 - mustaqillik darajasi yuqori.
Siyosiy va iqtisodiy mustaqillik indekslari bo^yicha to‘plangan ballar qo‘shilib, umumiy mustaqillik indeksi aniqlanadi.
Umumiy mustaqillik indeksining eng yuqori darajasi 15 ballga teng.
Shundan:
siyosiy mustaqillik - 8 ball
iqtisodiy mustaqillik - 7 ball.
Eyffinger-Shaling indeksi 3 ta faktor asosida
hisoblanadi: MBning pul-kredit siyosatini aniqlashdagi
mustaqilligi; MB boshqaruv organlarida hukumat organlarining mavjudligi;
Hukumat tomonidan tayinlanadigan MB boshqaruv organlari a’zolarining ulushi;
Bu indeks qanchalik shartlami bajarilishiga ко Ya 1 dan 5 gacha baholanadi.
Bundan tashqari, MB siyosiy mustaqilligi MB boshqaruvini tayinlash jarayonining qonun bilan boshqarilishida ham ko‘zga tashlanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda MBning boshqaruvini tanlash va ulaming vakolat muddatlarini qisqartirishga hukumatning aralashishi, bank boshqaruvida hukumat vakillari ishtirok etishi harnda hukumat bilan munozaralarda MBning qonuniy himoyasining chegaralanganligi kabilar ulaming mustaqil qaror qabul imkoniyatini bermaydi.
Hozirgi davrda dunyo boyicha siyosiy mustaqillik darajasi eng yuqori bolgan Markaziy bank - bu Yevropa Markaziy bankidir (EMB). Xususan: