Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliyev pul va banklar



Download 2,71 Mb.
bet88/152
Sana23.01.2022
Hajmi2,71 Mb.
#405448
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   152
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019

14.1. Markaziy bank

ustaqilligining mezonlari va



zarurligi

Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o‘mi va ahamiyati hamda uni mamlakat hududida bolayotgan iqtisodiy jarayonlami tartibga solishdagi roli haqida munozarali bahslar bir necha marotaba o‘ziningn rivojlanish yofoalishlarini o‘zgartirdi va buning oqibatida iqtisodiyot­dagi bank tizimining birinchi pog‘onasida real o‘zgarishlar bolishiga sabab boldi. Bu esa birinchi navbatda davlat boshqaruv organlariga bolgan munosabatlarda namoyon boldi. Mazkur muammoni tahlil etishda asosiy e’tibor - mamlakat Markaziy bank siyosatining davlat iqtisodiy siyosati yo‘nalishiga qaramligi, ya’ni aniqrogl bu tobelikning darajasiga bogliq. Markaziy bankning pul- kredit siyosati milliy iqtisodiyotni tartibga solish siyosati bilan chambarchas bogliq bo Isa, bunday bogliqlikni samarali deb hisoblash mumkin. Lekin, shu narsa katta ahamiyatga egaki, bu bogliqlik Markaziy bank tomonidan qanchalik ixtiyoriy ravishda tuzilgan va u kimga hisobdor va bank tizimida pul-kredit siyosatini tartibga solishdagi metodlami va yolialishlami tanlashda hamda qonun boyicha Markaziy bank mustaqilligi darajasi va bunga haqiqatda erishilganligiga ahamiyat berish lozim.

Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga solishdagi о‘mi ko‘p hollarda milliy urf-odatlardan va bank tizimining milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin, umumiy yolialishlami ham asosiy iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga taqqoslagan holda ко‘rib chiqish mumkin.

Shundan kelib chiqib, Markaziy bankning tartibga solish mexanizmini xarakterli xususiyatlari bilan xuddi shu davrda amal qilayotgan iqtisodiy nazariyalar yo‘nalishlari o‘rtasida etarli darajada o‘xshashliklarni misol qilib keltirish mumkin. Davlat aralashuvi kuchaygan davrda (keynschilar tarafdorlari nazariyasi boyicha) Markaziy banklaming o‘mi kuchayadi, tartibga solishning ma’muriy metodlarini qollash kengayadi, va aksincha, monetaristlar nazariyasining ta’siri kuchayishi va davlatning iqtisodiyotga aralashuvining kamayishi oqibatida markaziy banklaming iqtisodiyotni tartibga solishda bozor mexa- nizmlaridan foydalanishga oYishiga majbur boladilar. Markaziy bank shunday vaziyatlarda о ‘zining vakolatining bir qismini ichki pul-kredit va valyuta siyosatidagi muammolami echish uchun Moliya Vazirligiga beradi.

Biroq, g‘arb iqtisodchilari nuqtai-nazarlarining tahlili shuni koYsatadiki, Markaziy bankning iqtisodiyotdagi oYnini o'zgarishiga subyektiv omillar ham katta ta’sir koYsatishi mumkin, shu jumladan, hatto bank rahbarining shaxsiy sifatlarini ajratib koYsatish mumkin.

Misol qilib, G‘arbiy Yevropadagi mamlakatlar Markaziy banklarining rolini o'zgarishini oYganishga baglshlangan tadqiqotlarda bir qator iqtisodchilar 70-yillarda Markaziy banklaming kuchayishini shu milliy bank tizimining boshqaruvida ko‘zga koYingan hukumat va halqaro doiralarda obro‘-e’tibori yuqori bolgan moliya arboblari boshqarganligini takidlaydilar. Buning oqibatida o‘sha davrdagi milliy valyuta raqobatbardoshligiga xavf soluvchi hukumatning iqtisodiy chora-tadbirlariga qarama-qarshi “qattiq siyosat” qollash mumkin bolgan edi.

U yoki bu Markaziy bankning o'z faoliyatidagi mustaqillik darajasini aniqlash uchun ulaming mustaqillik mezoni (belgisi)ga xolis baho berish kerak. Xorijiy adabiyotlarda markaziy banklaming mustaqilligini aniqlashning bir necha usullari qayd etilgan. Asosan markaziy banklarning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi ajralib (farqlanib) turadi.

Markaziy bankning mustaqilligi darajasini aniqlashda uning pul-kredit siyosatini tanlash va olkazishda davlat boshqaruv organlariga ko‘proq yoki karnroq qaramligiga e’tibor beriladi.

Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi - bu uning o‘z instrumentlaridan o‘zi xohlagan yolialishda va chegaralanmagan miqdorda foydalana olishiga aytiladi.

Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlaming markaziy banklarini turkumlanishi pul-kredit siyosati masalalarini hal etishdagi mustaqilligi xorijiy adabiyotlarda turli mezonlarga qarab amalga oshiriladi.

Umuman olganda markaziy banklaming mustaqilligini ustunligini o'rganish tadqiqotlarida subyektiv yoki obyektiv faktorlarga baho berib ajratish mumkin. Masalan, subyektiv faktorlar sifatiga mamlakat Markaziy banki bilan hukumat o‘rtasidagi o‘zaro rasmiy munosabatlarni hamda Markaziy bank rahbarlarining hukumat doirasi bilan bolishi mumkin bolgan norasmiy aloqalami tanlab ko^satishgan.

Chet el mualliflarining tadqiqotlarida mustaqilikning 4 ballik tizimi tanlangan: 1-ballga - markaziy banklaming davlat boshqaruvidan past darajada mustaqilligi, ya hi tola qaramligi; 4-ballga - mustaqillik darajasi juda yuqori bolgan markaziy banklar kiradi.74

Sanoati rivojlangan mamlakatlar Markaziy banklarining mustaqilligini obyektiv faktorlariga baho berishda, masalan, quyidagi mezonlami kiritish mumkin:

  • Markaziy bankning kapitalida va foydani taqsimlashda davlatning ishtiroki;

  • bank rahbarlarini tayinlash (saylash) dagi tartib va ulaming faoliyat ko'rsatishi muddati hamda davlat tomonidan milliy bankning faoliyatini nazorat qilish shakli;

  • Markaziy bank vazifalarini aniqlashni qonunchilikda yoritilish darajasi;

  • Markaziy bank rahbariyati qarorini davlat organlari o‘matilgan qonun bilan to'xtatishini yoki davlatning umumiqtisodiy yo‘nalishi bilan Markaziy bankning pul- kredit doirasidagi tadbirlami tartibga solishning mavjudligi;

  • mamlakat Markaziy bankining davlat harajatlarini to^g^ri va egri moliyalashtirishni tartibga soluvchi qoidaning mavjudligi va shakllari.

Markaziy bankning monetar siyosatni amalga oshirish va faoliyatini tashkil etishda mustaqilligining ta’minlanishi mamlakatda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi va milliy valyutailing barqarorligini ta’minlash, shuningdek aholi va mijozlaming bank tizimiga bolgan ishonchning mustahkamlashda muhim hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'gYisidagi qonunda “Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir. Davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bolmaydi, basharti, ular o‘z zimmalariga bunday majbu- riyatlami olmagan bolsalar yoki qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan bo Isa”75, deya belgilab qoyilgan.

Xalqaro amaliyotda Markaziy banklaming mustaqilligi quyidagi mezonlar asosida aniqladi:

  • pul siyosatining ochiq elon qilingan maqsadlari mavjudligi;

  • hukumat Markaziy bank bashorat qilgan inflyatsiya ko‘rsatkichlarini qabul qilish tartibi;

  • Markaziy bankning qaror qabul qilish jarayonida hukumat yoki boshqa organlar tomonidan aralashuv darajasi;

  • Markaziy bankka mansabdor shaxslami tayinlash tartibi.

Maqsadlami belgilashda mustaqillik, agar asosiy maqsad yoki pul-kredit siyosatining maqsadlari mamlakat qonunchiligida aniq ko‘rsatilmagan bolsa, markaziy bank o‘z faoliyatini mustaqil ravishda belgilashi mumkin.

Operatsion mustaqillik, markaziy bank o‘z-o‘zidan amalga oshiradigan oraliq va monetar siyosatning asosiy yoftalishlarini belgilaydi, bu esa pul-kredit siyosatining yakuniy maqsadlariga erishish orqali milliy valyutaning barqarorligiga yoYialtiriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining maqsadlarini mustaqil ravishda belgilash va operativ mustaqillikka erishish huquqi sifatida joylashtirilishi, moyil hukumatning pul-kredit siyosatiga ta’sir koYsatish qobiliyatini kamaytirishga yordam beradi deb taxmin qilish mumkin.

Monetar siyosat vositalarining mustaqil bolishi, o‘z maqsadlariga erishish uchun siyosat vositalarini tanlashda Markaziy bankning toliq mustaqilligini nazarda tutadi. Bu pul-kredit siyosati sohasida tezkor qarorlar qabul qilish vakolatini pul hokimiyatiga topshirish uchun hukumat (asosiy) va markaziy bank (agent) o‘rtasida bir xil kelishuvni tuzish deganidir.

  1. Markaziy bankning mustaqilligini aniqlovchi indekslar va ularning tavsifi

Iqtisodiy adabiyotlarda Markaziy bankning mustaqilligi tushunchasi turli iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan.

Massachusets texnologiya universiteti professori Stenli Fisheming fikriga ко Ya, Markaziy bank mustaqilligining 2 turi mayjud:

  • instrumentlami tanlashdagi mustaqillik;

  • maqsadlami tanlashdagi mustaqillik.

V.Grilli 1991 yilda fanga Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi tushunchasini kiritdi. Uning fikriga ко Ya, Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi - bu Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayonini hukumatdan mu staqilligidir.

Ammo hozirgi davrda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi nafaqat Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayonidagi mustaqillikni, balki pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi mustaqillikni ham o‘z ichiga oladi.

Ko‘pchilik iqtisodchi olimlar - (Maskiandaro, Tabellini, Tsukerman, Eyffinger, Shennaev va boshq.) tomonidan Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligini mavjudligi e’tirof etilgan.

Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi - bu Markaziy bankning o‘z ixtiyoridagi mablaglar va instrumentlardan foydalanishda hukumatdan va davlat boshqaruv organlaridan mustaqilligidir.

Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar: >Tsukerman indeksi;

>GMT (Grilli, Maskiandaro va Tabellinilar omonidan asos solingan) indeksi;

> Eyffinger-Shaling indeksi.

Tsukerman indeksi mustaqillikni tavsiflovchi 4 ta guruhga bolingan 16 ta ko'rsatkichlami o'zida muj assamlashtiradi.

  1. Kadrlar siyosatini mustaqilligi;

  2. Pul-kredit siyosatini ishlab chiqish;

  3. Uning maqsadlari va davlat byudjetini moliyalashtirishni chegaralash.

Har bir 16 ta ko^rsatkich 0 dan 1 gacha belgilanishi mumkin.

GMT indeksi 2 qismdan iborat bolib, MBning siyosiy va iqtisodiy mustaqilliligini belgilaydi. Har bir qism o‘zida indekslami aks ettirib faqat 2 ta ko‘rsatkich bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda GMT indeksi MBning mustaqililigini baholash uchun ko‘plab ishlatilayotgan indeksdir, chunki uni hisoblash uchun etarli malumotlami olish mumkin boladi


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish