Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Tijorat  banklarini  qayta  moliyalash  siyosati  (hisob  stavkasi)



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

Tijorat  banklarini  qayta  moliyalash  siyosati  (hisob  stavkasi). 
Bozor  iqtisodiyotining  doimiy  ravishda  rivojlanib  va  takomillashib 
borishi  iqtisodiyotda  qo‘shimcha  pul  resurslariga  bo‘lgan  talabni 
keltirib  chiqaradi.  Tijorat  banklari  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarining 
moliyaviy resurslariga bo‘lgan talabini iqtisodiyotda vaqtinchalik bo‘sh 
pul mablag‘larini o‘ziga jalb qilish orqali qondiradi.  
Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  ushbu  talabining  o‘z  vaqtida 
va past kredit foizlari asosida ta’minlanmasligi  mamlakat iqtisodiyoti-


216 
ning  rivojiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Albatta,  bu  jarayonni  iqtiso-
diyotda  pul  taqchilligi  sifatida  ham  izohlash  mumkin.  Bir  jihatdan, 
iqtisodiyotda  vujudga  kelgan  pul  taqchilligi  milliy  valyutaning 
inflyatsiya  darajasini  pasayishiga  olib  keladi,  lekin  iqtisodiyotda  pul 
taqchilligi  darajasining  ortib  borishi  ishlab  chiqarish  sur’atining 
pasayishi  va  ishsizlik  darajasining  oshishi  kabi  xavfli  ijtimoiy  – 
iqtisodiy  tanglikni  keltirib  chiqaradi.  Markaziy  bank  aynan  mana 
shunday  ijtimoiy  –  iqtisodiy  xavfni  tijorat  banklarining  qo‘shimcha 
moliyaviy  resurslarga  bo‘lgan  talabini  o‘zining  qayta  moliyalash 
siyosati  orqali  bartaraf  etadi.  Ya’ni,  Markaziy  bank  tijorat  banklariga 
arzon moliyaviy resurslarini berishi orqali iqtisodiyotda pul massasi va 
tovar massasi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi. 
Demak,  Markaziy  bank  qayta  moliyalash  siyosati  orqali 
mamlakatdagi pul resurslari bozoridagi foiz stavkasiga ta’sir etib, miliy 
valyutaning  barqarorligini  mustahkamlaydi.  Chunki  qayta  moliyalash 
stavkasining  pasaytirilishi  iqtisodiyotda  pul  massasining  ortishiga, 
aksincha  uning  oshirilishi  esa  tijorat  banklarining  pul  resurslariga 
bo‘lgan  talabini  kamayishi  natijasida  iqtisodiyotda  pul  massasining 
pasayishiga olib keladi.  
Markaziy  bank  qayta  moliyalash  stavkasi  orqali  faqat  pul 
bozoriga  emas,  balki  mamlakat  fond  bozoriga  ham  ta’sir  o‘tkazadi. 
Qayta  moliyalash  stavkasining  ortishi  pul  bozoridagi  depozit 
mablag‘larning  foizini  va  bank  krediti  foizining  oshishiga  olib  keladi. 
Pul  bozorida  depozit  mablag‘larning  va  bank  krediti  foizining  ortishi 
o‘z  navbatida  fond  bozorida  qimmatli  qog‘ozlarga  bo‘lgan  talabning 
pasayishiga  va  ularning  taklifini  ortishiga  olib  keladi.  Chunki  pul 
bozorida depozit mablag‘larga to‘lanadigan foizlar miqdorining ortishi 
pul  bozori  ishtirokchilarini  to‘g‘ridan  –  to‘g‘ri  moliyalashtirishga 
bo‘lgan manfaatdorligini oshiradi.  
 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish