Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

 
Ochiq  bozordagi  siyosati.  Markaziy  bankning  ochiq  bozordagi 
siyosati  –  bu  davlatning  obligatsiyalari,  xazina  veksellari  va  boshqa 
qimmatli  qog‘ozlarini  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  sotishi  va  sotib 
olishi  bilan  bog‘liq  operatsiyalaridir.  Markaziy  bank  davlatning  va 
o‘zining qimmatli qog‘ozlarini sotish orqali iqtisodiyotda pul massasini 
pasaytiradi. Bu o‘z navbatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini 
mustahkamlash va inflyatsiya darajasining pasayishiga olib keladi.  
Markaziy  bank  sotilgan  qimmmatli  qog‘ozlarni  qayta  sotib  olish 
orqali  muomaladagi  pul  massasining  oshishiga  va  tijorat  banklarining 
qo‘shimcha  pul  resurslariga  bo‘lgan  ehtiyojini  qondirishga  zamin 
yaratadi. 
Markaziy bank hozirgi kunda Davlatning qisqa muddatli obligat-
siyalarini  va  o‘zining  obligatsiyalarini  muomalaga  chiqarish  orqali 
ochiq  bozordagi  operatsiyalarini  amalga  oshiradi.  Markaziy  bank 
ushbu  operatsiya  orqali  tijorat  banklarining  likvidliligiga  va  qimmatli 
qog‘ozlarning 
foiz 
stavkasiga 
ta’sir  qiladi.  Markaziy  bank 
obligatsiyalari va davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotish iqtisodiyotda 
pul massasini kamaytiradi, ularni muomaladan qaytarib sotib olish esa 
teskari natijani beradi.  


218 
Markaziy  bankning  ochiq  bozordagi  operatsiyalari  orqali  pul  – 
kredit  siyosatini  amalga  oshirishning  samarali  usullaridan  biri  hisob-
lanib,  mamlakatning  pul  va  fond  bozoriga  bevosita  ta’sir  ko‘rsatadi, 
shuningdek, milliy iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi.  
Markaziy  bank  va  hukumat  tomonidan  chiqariladigan  qimmatli 
qog‘ozlar eng avvalo ta’minlanganligi va foizining nisbatan yuqoriligi 
ularning jozibadorligini oshiradi va yuridik hamda jismoniy shaxslarni 
sotib olishga undaydi.  
Shuningdek,  ushbu  qimmatli  qog‘ozlarga  fond  bozorlarida 
talabning yuqoriligini ta’minlashga erishish, ularni sotib oluvchilarning 
likvidli  aktivlarining  hajmini  ortishiga  xizmat  qiladi.  Shu  bois, 
investorlarda  qo‘shimcha  mablag‘larga  zaruriyat  tug‘ilganda  ularni 
fond  bozorlarida  qiyinchiliklarsiz  sotish  orqali  talabini  qondirish 
imkoniyatiga egadirlar.  
Shu bilan birga, ochiq bozordagi operatsiyalar o‘zining zaif jihat-
lariga  ham  ega.  Birinchidan,  iqtisodiyotda  inflyatsiyaning  mavjudligi 
yuridik  va  jismoniy  shaxslarda  davlatning  va  Markaziy  bankning 
qimmatli  qog‘ozlarini  sotib  olishga  bo‘lgan  manfaatdorligini  tushirib 
yuboradi. Ikkinchidan, qimmatli qog‘ozlarning qaytarish muddati yetib 
kelganda  ularga  to‘lanadigan  foizlar  bilan  qaytarib  sotib  olinishi 
mamlakatda  dastlabki  pul  massasini  ortishiga  olib  keladi,  qimmatli 
qog‘ozlarga 
to‘lanayotgan 
foizlarning 
hajmi 
tovarlar 
bilan 
ta’minlanmagan  bo‘lsa  iqtisodiyotda  baho  va  inflyatsiya  darajasining 
oshishiga zamin yaratadi.  
Hukumat  tomonidan  chiqarilgan  qimmatli  qog‘ozlardan  tushgan 
mablag‘lar  asosan  davlatning  strategik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 
vazifalarini bajarishga va byudjet taqchilligini qoplashga yo‘naltiriladi. 
Davlat  byudjetining  taqchilligini  noinflyatsion  qoplash  manbasi 
bo‘lgan  qisqa  muddatli  obligatsiyalar  (DQMO)  1996  yil  mart  oyidan 
muomalaga chiqarildi.  
Markaziy  bank  1998  yil  yanvardan  boshlab  ikkilamchi  bozorda 
davlatning  qisqa  muddatli  obligatsiyalarini  sotish  va  sotib  olish 
operatsiyalarini o‘tkaza boshladi
71

Markaziy  bankning  ochiq  bozordagi  operatsiyalari  «O‘zbekiston 
Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  Davlat  qisqa  muddatli 
obligatsiyalari  bilan  REPO  bitimlarini  amalga  oshirish  to‘g‘risida» 
                                           
71
 Ўзбекистон Республикаси банк тизими. Ф.Муллажонов тахрири остида. Т.: Ўзбекистон, 2001. 
62 б. 


219 
muvaqqat  Nizom,  «O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining 
yuridik  shaxslar  uchun  obligatsiyalarini  chiqarish  va  ular  muomalasi 
to‘g‘risida»,  «O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  jismoniy 
shaxslar  uchun  obligatsiyalarni  chiqarish  va  ular  muomalasi 
to‘g‘risida»,  «O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan 
banklarga  lombard  krediti  berish  tartibi  to‘g‘risida  nizom»  va  boshqa 
me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish