Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

 
 
14.2. Markaziy bankning mustaqilligini aniqlovchi  
indekslar va ularning tavsifi 
 
Iqtisodiy  adabiyotlarda  Markaziy  bankning  mustaqilligi  tushun-
chasi turli iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan. 
Massachusets  texnologiya  universiteti  professori  Stenli  Fisher-
ning fikriga ko‘ra, Markaziy bank mustaqilligining 2 turi mavjud: 
-  instrumentlarni tanlashdagi mustaqillik; 
-  maqsadlarni tanlashdagi mustaqillik. 
V.  Grilli  1991  yilda  fanga  Markaziy  bankning  siyosiy  musta-
qilligi  tushunchasini  kiritdi.  Uning  fikriga  ko‘ra,  Markaziy  bankning 
siyosiy mustaqilligi – bu Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayo-
nini hukumatdan mustaqilligidir. 


244 
Ammo  hozirgi  davrda  Markaziy  bankning  siyosiy  mustaqilligi 
nafaqat  Markaziy  bank  rahbariyatini  tayinlash  jarayonidagi  mustaqil-
likni, balki pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi mustaqillikni ham 
o‘z ichiga oladi.  
Ko‘pchilik  iqtisodchi olimlar –  (Maskiandaro, Tabellini, Tsuker-
man,  Eyffinger,  Shennaev  va  boshq.)  tomonidan  Markaziy  bankning 
iqtisodiy mustaqilligini mavjudligi e’tirof etilgan. 
Markaziy  bankning  iqtisodiy  mustaqilligi  –  bu  Markaziy  bank-
ning  o‘z  ixtiyoridagi  mablag‘lar  va  instrumentlardan  foydalanishda 
hukumatdan va davlat boshqaruv organlaridan mustaqilligidir.  
Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar: 
 Tsukerman indeksi; 
 GMT (Grilli, Maskiandaro va Tabellinilar omonidan asos solin-
gan) indeksi; 
 Eyffinger–Shaling indeksi. 
Tsukerman  indeksi  mustaqillikni  tavsiflovchi  4  ta  guruhga 
bo‘lingan 16 ta ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassamlashtiradi. 
1.  Kadrlar siyosatini mustaqilligi; 
2.  Pul-kredit siyosatini ishlab chiqish; 
3.  Uning maqsadlari va davlat byudjetini moliyalashtirishni chega-
ralash. 
Har bir 16 ta ko‘rsatkich 0 dan 1 gacha belgilanishi mumkin.  
GMT indeksi 2 qismdan iborat bo‘lib, MBning siyosiy va iqtisodiy 
mustaqilliligini  belgilaydi.  Har  bir  qism  o‘zida  indekslarni  aks  ettirib 
faqat  2  ta  ko‘rsatkich  bilan  belgilanadi.  Hozirgi  vaqtda  GMT  indeksi 
MBning  mustaqililigini  baholash  uchun  ko‘plab  ishlatilayotgan 
indeksdir,  chunki  uni  hisoblash  uchun  etarli  ma’lumotlarni  olish 
mumkin bo‘ladi 
GMT  indeksi  bo‘yicha  Markaziy  bankning  siyosiy  mustaqilligi  8 
ta mezon bo‘yicha baholanadi
1. Markaziy bank rahbari Hukumatning aralashuvisiz tayinlanadi. 
2. Markaziy bank rahbari 5 yildan ortiq muddatga tayinlanadi. 
3.  Markaziy  bank  Boshqaruvchilar  kengashi  a’zolari  Hukumat-
ning ishtirokisiz tayinlanadi. 
4. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi bankni 5 yildan ortiq 
boshqaradi. 
5.  Markaziy  bank  Boshqaruvchilar  kengashida  Hukumat  vakil-
larining majburiy ishtirokiga zaruriyat yo‘q.  


245 
6.  Pul-kredit  sohasida  qabul  qilingan  qarorlarni  Hukumat  tomo-
nidan ma’qullanish zaruriyatining yo‘qligi. 
7.  Markaziy  bankda  qonun  bo‘yicha  ustuvor  maqsadlardan  biri 
sifatida  mamlakatda  baholar  barqarorligini  ta’minlash  majburiyati 
bo‘lishi kerak. 
8.  Markaziy  bank  Hukumat  bilan  qarama-qarshilikka  borib  qol-
ganda,  uning  pozitsiyasini  kuchaytirish  imkonini  beradigan  qonun-
chilik me’yorlarining mavjudligi. 
GMT  indeksi  bo‘yicha  Markaziy  bankning  iqtisodiy  mustaqilligi 
7ta mezon bo‘yicha baholanadi
1.  Hukumatga  avtomatik  tarzda  kreditlar  berish  jarayonining 
mavjud emasligi. 
2.  Markaziy  bank  kreditlari  Hukumatga  bozor  stavkalarida  beri-
ladi. 
3.  Markaziy  bank  kreditlari  Hukumatga  ma’lum  muddatga 
beriladi. 
4. Kreditlar Hukumatga cheklangan miqdorda beriladi. 
5.  Markaziy  bank  davlat  qimmatli  qog‘ozlarining  birlamchi 
ishtirokchisi hisoblanmaydi.  
5.  Markaziy  bank  davlat  qimmatli  qog‘ozlarining  birlamchi 
ishtirokchisi hisoblanmaydi.  
6.  Markaziy  bank  o‘zining  foiz  stavkalari  mustaqil,  Hukumat 
bilan kelishmasdan, o‘rnatadi. 
7.  Markaziy  bank  bank  sektorini  nazorat  qilish  yuzasidan 
javobgardir.  (Bu  holatda  GMT  indeksi  asosida  MB  ga  2  ball 
o‘zlashtiriladi  yoki  boshqa  davlat  organi  bilan  birgalikda  amalga 
oshirilsa 1 ball qo‘yiladi). 
Har  bir  mezon  2  ta  o‘lchamga  ega,  ya’ni  0  va  1  ball  bilan 
baholanadi. 
0 – mustaqillik darajasi past; 
1 – mustaqillik darajasi yuqori. 
Siyosiy  va  iqtisodiy  mustaqillik  indekslari  bo‘yicha  to‘plangan 
ballar qo‘shilib, umumiy mustaqillik indeksi aniqlanadi. 
Umumiy  mustaqillik  indeksining  eng  yuqori  darajasi  15  ballga 
teng. 
Shundan: 
siyosiy mustaqillik – 8 ball 
iqtisodiy mustaqillik – 7 ball.  


246 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish