Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

 
 
 
XV BOB. TIJORAT BANKLARI VA ULARNING 
FUNKSIYALARI 
 
15.1. Tijorat banklari va ularning  
tashkil topishi 
 
Tijorat  banklari  mamlakat  bank  tizimining  ikkinchi  bo‘g‘inidagi 
moliyaviy  muassasa  hisoblanadi.  Qonunchilik  hujjatlari  va  iqtisodiy 
adabiyotlarda  tijorat  banklari  jamiyatdagi  vaqtinchalik  bo‘sh  pul 
mablag‘larini  jalb  qilib,  ushbu  mablag‘larni  tegishli  shartlar  (to‘lov-
lilik,  qaytarishlik,  muddatlilik,  ta’minlanganlik,  maqsadlilik)  asosida 
iqtisodiyotning  turli  tarmoqlariga  joylashtiradigan,  shuningdek  jismo-
niy   va  yuridik  shaxslarga  to‘lov  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirish 
bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan tijorat tashkilotlari sifatida tasniflanadi.  
Zamonaviy  sharoitda  tijorat  banklarining  jismoniy  va  yuridik 
shaxslarga  ko‘rsatadigan  vositachilik  operatsiyalari  va  xizmat  turlari 
ortib  bormoqda.  Tijorat  banklarining  ushbu  munosabatlari  tijorat 
asosida  tashkil  etiladi.  Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  tijorat  banklarining 
faoliyati  tijoratga  asoslangan  bo‘lib,  ularning  asosiy  faoliyati  yuqori 
darajada  foyda  olishga  yo‘naltiriladi.  Biroq,  tijorat  banklari  ishlab 
chiqarish  korxonalaridan  farqli  o‘laroq,  o‘z  foydasini  qo‘shimcha 
qiymat ishlab chiqarish hisobidan emas balki, korxona, tashkilotlar va 
aholi ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar 
asosida  jalb  qilib,  ushbu  mablag‘larga  ehtiyoji  mavjud  bo‘lgan 
shaxslarga  tijorat  yo‘sinda  berish  orqali  foydasini  shakllantiradigan 
o‘ziga xos moliyaviy muassasa hisoblanadi. 
O‘zbekistonda  tijorat  banklarining  tashkil  etilishi  bevosita  mus-
taqillik yillariga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga 
qadar  “bank  tizimini  faqatgina  bir  necha  banklar,  ya’ni  SSSR  Davlat 
banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, Qurilish banki va Davlat mehnat 
omonat 
jamg‘armalari 
kassalari 
mavjud 
bo‘lib, 
ittifoqdosh 
respublikalarda  ushbu  banklarning  respublika,  viloyat  idoralari  va 
tuman bo‘limlari faoliyat ko‘rsatar edi
79
”. 
                                           
79
 Ўзбекистон Республикаси банк тизими. Ф.Муллажонов таҳрири остида. Т.: Ўзбекистон , 2001. 
73 бет. 


265 
O‘zbekistonda  dastlabki  tijorat  banklarini  tashkil  etilishining 
huquqiy  asosi  bo‘lib  1991  yilda  qabul  qilingan  O‘zbekiston  Respub-
likasining  “Banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risida”gi  qonuni  xizmat 
qildi.  
Albatta,  mamlakatimizda  bozor  munosabatlarining  takomilla-
shuvi  va  iqtisodiy  islohotlarning  chuqurlashuvi  natijasida  tijorat 
banklari  maqomi,  kapitali  va  faoliyatiga  qo‘yilgan  talablar  doimiy 
ravishda  o‘zgarib  bormoqda.  Bularning  natijasi  o‘laroq,  O‘zbekiston 
Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunining 
yangi tahrirdagi matni 1996 yil 25 aprelda qabul qilindi. Mazkur qonun 
mamlakatimiz bank tizimi, xususan tijorat banklarini tashkil topishi va 
rivojlanishiga mustahkam huquqiy baza bo‘lib xizmat qilmoqda.  
O‘zbekistonda  tashkil  etilgan  dastlabki  tijorat  banki  Tashqi 
iqtisodiy faoliyat Milliy banki hisoblanadi. Keyinchalik, “1994 – 1995 
yillarda  ixtisoslashtirilgan  “Asaka”  bank  (avtomobil  sanoatini  qo‘llab 
quvvatlash  uchun),  “G‘allabank”  (g‘alla  etishtirishni  moliyalashtirish 
uchun),  “Paxtabank”  (qishloq  xo‘jaligi  korxonalarini  qo‘llab  – 
quvvatlash  uchun)  yakka  xo‘jaliklarni  qo‘llab  –  quvvatlash  uchun 
“Tadbirkor” tijorat banki tashkil etildi”
80
.  
O‘zbekistonda  tijorat  banklari  faoliyatiga  litsenziya  berish, 
ularning  faoliyatini  nazorat  qilish  va  to‘xtatish  Markaziy  bank 
zimmasiga  yuklatilgan  bo‘lib,  tijorat  banklarini  tashkil  etishda  asosiy 
omillardan  biri  ularning  ustav  kapitaliga  qo‘yilgan  talab  hisoblanadi. 
Ta’kidlash  joizki,  mamlakatimiz  tijorat  banklari  kapitalining  minimal 
miqdoriga  qo‘yilgan  talab  doimiy  ravishda  oshib  bormoqda.  Quyidagi 
jadvalda bu haqda ma’lumotlar keltirilgan. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish