– qaytarishlik tamoyili (kreditor tomonidan vaqtincha foyda-
lanishga berilgan mablag‘lar tegishli muddatlardan so‘ng to‘liq qayta-
ralishi lozim bo‘ladi);
– maqsadlilik tamoyili (kreditor berayotgan kredit bo‘yicha
tuzilgan shartnomada kreditni yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan aniq
maqsadlarni qayd etadi va olingan kreditni shu maqsadga ishlatishi
belgilab qo‘yiladi).
Xulosa qilib aytganda, kreditning funksiyalari va tamoyillarini
to‘laqonli amal qilishiga qator omillar ta’sir etadi. Mazkur omillar
mamlakat bank tizimining holati, milliy iqtisodiyotdagi ijtimoiy –
iqtisodiy munosabatlari, davlatning ichki va tashqi siyosati natijalari
sifatida namoyon bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aynan shu
munosabat va siyosatlarni samarali jarayonlarini ta’minlanganligi
kredit funksiyalari va tamoyillarida o‘z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |