Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Kreditning funksiyalari va tamoyillari



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

9.2. Kreditning funksiyalari va tamoyillari 
 
Kreditning  mohiyati  uning  funksiyalarida  yanayam  yaqqolroq 
namoyon  bo‘ladi.  Kreditning  funksiyalari  turli  iqtisodiy  adabiyotlarda 
turlicha  va  miqdorda  keltiriladi.  Ayrim  adabiyotlarda  iqtisodchi–
olimlar  kreditning  funksiyalarini  beshta  ekanligigini  ta’kidlashsa
47

ayrimlarida uning funksiyalari ikkitadan iboratligi ta’kidlanadi
48

Iqtisodchi  –  olimlarning  kredit  funksiyalari  haqidagi  fikrlariga, 
shuningdek, kreditning tovar–pul munosabatlari va ijtimoiy – iqtisodiy 
jarayonlardagi ishtirokiga tayangan holda, uning  qayta taqsimlash (1), 
muomala jarayonini tezlashtirish (2), pullarni muomalaga chiqarish va 
naqdlashtirish (3) hamda pul kapitalini jamg‘arish va markazlashuvini 
jadallashtirish (4) funksiyalarini bajarishini ta’kidlash mumkin. 
Kreditning funksiyalari ichida qayta taqsimlash funksiyasi asosiy 
funksiyalardan  biri  hisoblanadi.  Kredit  ushbu  funksiyasi  orqali  jismo-
niy  va  yuridik  shaxslarining  taqsimlangan  daromadlarining  vaqtin-
chalik  foydalanilmagan  qismini  tegishli  fondlarga  jalb  qiladi.  Jalb 
qilingan  mablag‘lar  iqtisodiyotning  qo‘shimcha  resurslarga  ehtiyoji 
mavjud tarmoqlariga qayta taqsimlanadi. 
                                           
47
 Абдуллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. Т.: Иқтисод – Молия, 2007. 168 – 170 б.  
48
 Деньги, кредит, банки: Учебник/Кол. авт. Под ред. О.И.Лавшурина. М.: КНОРУС, 2007. С. 251 
– 252. 


162 
Kredit  ushbu  funksiyasi  orqali  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘-
larining  sohiblariga  qo‘shimcha  daromad  olish  imkoniyatini  yaratsa, 
kreditorga  qo‘shimcha  mablag‘larga  ehtiyoji  mavjud  shaxslarga 
tegishli foizlar berish asosida daromad olishga, kredit oluvchilarga esa 
ishlab  chiqarish  jarayonini  uzluksizligini  ta’minlash  natijasida 
qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatini yaratadi. 
Demak,  kreditning  qayta  taqsimlash  funksiyasi  orqali  ssuda 
kapitali  iqtisodiyotning  tarmoqlari  o‘rtasida,  qaytarishlik  asosida 
joylashtiriladi,  bu  kredit  munosabatlarida  bevosita  ishtirok  etayotgan 
tomonlarning  iqtisodiy  manfaatdorligini  ta’minlash  bilan  birga, 
vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘larini  kreditor  ixtiyoriga  yo‘naltirgan 
shaxslarga tegishli daromad olishiga xizmat qiladi. 
Kreditning  qayta  taqsimlash  funksiyasini  amal  qilishida  pulning 
jamg‘arma  funksiyasining  bevosita  va  bilvosita  ta’siri  mavjud.  Ushbu 
masalaga  klassik  va  neoklassik  maktab  vakillari  alohida  e’tibor 
qaratishgan.  Xususan,  A.Marshall  “odamlar  sotib  olish  imkoniyatiga 
ega  bo‘lishiga  qaramasdan,  ular  uni  (pulni)  ishlatmasliklari  mumkin”, 
deydi.  Ko‘rinib  turibdiki,  ushbu  e’tirof  Sey  qonunini  to‘lig‘icha  inkor 
etmaydi.  Aksincha,  neoklassik  –  iqtisodchilar  shunday  to‘xtamga 
kelishdiki,  Sey  qonuni  bir  shart  bilan  bajariladi,  bu  vaqtda  faqat 
jamg‘arma  (S)  investitsiya  (I)  ko‘rinishini  oladi.  Ularning  ta’kid-
lashicha,  bu  vaqtda  kapital  bozoridagi  talab  va  taklifning  muvozanati 
foiz  stavkasining  barqarorligi  hisobiga  yuz  beradi.  Agar  jamg‘arma 
(kapitalning  taklifi)  hajmi  mo‘ljallangan  investitsiya  qilish  hajmidan 
kam  bo‘lsa,  natijada  foiz  stavkasi  oshadi,  buning  oqibatida 
investitsiyaga bo‘lgan talab kamayadi, jamg‘armaga nisbatan taklif esa 
ortadi.
49
  Ushbu  holat  o‘rtasidagi  o‘zaro  muvozanat  jamg‘arma  va 
kreditning foiz stavkasi asosida tartibga solinadi.  
Agar  klassik  maktab  vakillari  investitsiya  va  jamg‘armaning 
hajmiga  foiz  stavkasining  ta’sirini  asosiy  omil  qilib  ko‘rsatsalar, 
keynschilar  esa  uning  hajmiga  uy  xo‘jaligi  a’zolari  tomonidan 
olayotgan daromadlar miqdori ta’sir qiladi, deb ta’kidlaydilar. Albatta, 
bu  jarayon  kreditning  qayta  taqsimlash  funksiyasiga  bilvosita  ta’siri 
mavjud. 
Kreditning  muomala  jarayonini  tezlashtirish  funksiyasi  mam-
lakat  pul  muomalasi,  pul  massasi,  pulning  aylanish  tezligiga  bevosita 
                                           
49 
Ядгаров Я.С. История экономических учений. М.: ИНФРА – М, 2001. С.313. 


163 
ta’sir  qiladi.  Bu  jamiyatdagi  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘larini 
tegishli fondlarga jalb etish orqali ularni pul aylanmasiga kiritadi.  
Ma’lumki, mamlakat pul massasining tovar massasiga nisbatning 
ta’minlanishi milliy valyutaning barqarorligi va sotib olish qobiliyatiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayonda kredit mamlakat pul massasining 
umumiy  hajmini  oshirmagan  holda  iqtisodiyot  tarmoqlarining 
qo‘shimcha mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlaydi.  
Odatda  berilayotgan  kreditlar  asosan  moliya  muassasalari  orqali 
bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o‘tkaziladi. Bu o‘z navbatida 
muomaladagi pullarning aylanish tezligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  
Kredit  paydo  bo‘lishi  bilan birga,  kredit  pullarining  oddiy  shakli 
bo‘lgan  veksellarni  paydo  bo‘lishiga  sabab  bo‘ldi.  Albatta,  veksellar 
xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  vaqtinchalik  pul  mablag‘lari  bilan 
bog‘liq  muammolarni  hal  etishda,  kredit  munosabatlari  yordamida 
muhim moliyaviy qurol sifatida maydonga chiqadi.  
Kreditning  pullarni  muomalaga  chiqarish  va  ularni  naqdlash-

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish