100
M2 – M1 agregati va jamg‘arma banklaridagi muddatli
qo‘yilmalardan iborat;
M3 – M2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom
obligatsiyalari yig‘indisidan iborat.
AQShda naqd va naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga
oshiradigan pullar lividlilik darajasiga qarab quyidagi pul agregatlari
bilan belgilanadi:
M1 = naqd pullar (banknotlar va tangalar), talab qilib olguncha
saqlanadigan depozitlar,
pul cheklari,
boshqa chek depozitlari;
M2 =
M1
+ chek bo‘lmagan jamg‘arma depozitlar, muddatli
jamg‘armalar (100 ming dollargacha);
M3 =
M2 + 100 dollardan yuqori muddatli jamg‘armalar, jamg‘arma
sertifikatlar
va boshqalar;
L =
M3 + xazina jamg‘arma obligatsiyalari, davlatning qisqa
muddatli
majburiyatlari, tijorat qimmatli qog‘ozlar va boshqalar.
Pul massasi tarkibida naqd pullar ulushining past yoki yuqoriligi
muhim o‘rin tutadi. MDHga a’zo mamlakatlarning pul massasi
tarkibida naqd pullarning ulushi sezilari darajada yuqori. Odatda
rivojlangan mamlakatlarning pul massasi tarkibida naqd pullarning
ulushi 5 – 10 foizni tashkil etadi.
Pul
massasining
o‘zgarishiga nafaqat muomaladagi pul
miqdorining o‘zgarishi, balki pul aylanish tezligi ham ta’sir qiladi.
Pul
aylanish muomalasi tezligi – pulning tovarlar va xizmatlar uchun
to‘lovlarni amalga oshirishda qatnashish sur’atidir.
O‘zbekistonda pul agregatlari quyidagi tarkibiy qismlardan
iborat
31
.
M0 = naqd pullar (Markaziy bankning rasmiy kursi bilan milliy
valyutada hisobga yuritiladigan xorijiy valyutalar);
M1 = M0 + schyotlardagi pul qoldig‘i + mahalliy byudjet mablag‘lari –
byudjet, jamoa va boshqa tashkilotlar mablag‘lari;
M2 = M1 + tijorat banklaridagi muddatli jamg‘armalar;
M3 = M2 + sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat
zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
31
Markaziy bankning rasmiy kursi bilan milliy valyutada hisobga yuritiladigan horijiy valyutalar
agregatlar tarkibiga kiritiladi.
101
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo‘lish
mumkin, ya’ni pul massasining aktiv qismi – bu pul mablag‘larining
xo‘jalik faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob-kitoblarni olib borish
bilan bog‘liq qismi va ikkinchisi, passiv qism – jamg‘armadagi pullar
va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.
Pul muomalasi qonuniga ko‘ra, pul muomalasi tezligi pul massa-
sining o‘sishiga nisbatan proporsional ravishda ortib boradi. Iqtiso-
diyotning pul vositalari bilan ta’minlanganligi darajasini aniqlashda mo-
netizatsiya koeffitsiyenti ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Ushbu ko‘r-
satkich ma’lum davr ichida o‘rtacha pul massasi darajasini jami ijtimoiy
mahsulotning nominal qiymati o‘rtasidagi nisbati asosida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: