Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

transaksion  omil  -  tovarlar  xomashyo  va  materiallar  sotib  olish 
uchun, ish haqi to‘lash uchun kompaniyalarga pul kerak. Aholi ma’lum 
turdagi tovarlarni xarid qilish uchun, xizmatlar haqini to‘lash uchun pul 
kerak.  Shu  sababli  ular  daromadlarining  ma’lum  qismini  pul  shaklida 
saqlaydilar; 
extiyotkorlik  omili  -  aholi  ham  kompaniyalar  ham  kelgusida  yuz 
berishi  mumkin  bo‘lgan,  ko‘zda  tutilmagan  holatlardan  himoyalanish 
maqsadida pul jamg‘aradilar; 
spekulyativ  (chayqovchilik)  omili  -  aholi  va  kompaniyalar  pul 
mablag‘larini  kelgusida  daromad  olish  maqsadida  aktivlar  sotib  olish 
uchun saqlaydi.  
Muomaladagi  pul  massasining  hajmi  Markaziy  bankning  monetar 
siyosati  asosida  tartibga  solinadi,  bu  jarayonda  iqtisodiyotda  pul 
taklifining ko‘rsatkichlari muhim omil bo‘ladi. Pul taklifi – bu naqd va 
naqdsiz  ko‘rinishdagi  pul  mablag‘larining  muomlada  paydo  bo‘lishi 
bo‘lib, pulning to‘lov vositasi va muomala funksiyalari bilan bog‘liq. 
Ko‘pchilik  hollarda  Markaziy  bank  iqtisodiyotda  naqd  pul  taklifi 
miqdoriga  ta’sir  qilish  orqali  uning  barqarorligini  oshirishga  harakat 
qiladi. Biroq bu iqtisodiyotda naqd pul taqchilligini keltirib chiqarishga 
sabab bo‘ladi. Muomaladagi pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi 
choralarni amalga oshirish muhimdir. 
-  iste’mol  kreditni  rivojlantirish,  kreditga  qanchalik  ko‘p  tovar 
sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo‘ladi; 
- naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi; 
- pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. 
Pul  massasi  darajasini  hisoblashning  asosiy  tamoyillaridan  biri 
mablag‘larni  likvidlilik  darajasi  hisoblanadi.  Muomaladagi  pulning 
turlari  pul  agregatlari  bilan  guruhlarga  ajratiladi.  Unga  ko‘ra 
muomaladagi mablag‘lar likvidlilik bo‘yicha tasniflanadi, ya’ni dastlab 
yuqori  likvidli  mablag‘lar  past  likvidligiga  qarab  M1,  M2,  M3,….Mn 


99 
yoki  L  agregatlarga  ajratiladi.  Pul  agregatlari  tarkibi  va  soni  turli 
mamlakatlarda turlichadir.  

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish