175
Xalqaro
kredit
–
bu
mamlakatlar, banklar, yuridik shaxslar
tomonidan
boshqa mamlakatlarga, banklarga,
kompaniya va tashki-
lotlarga beriladigan kreditdir. Bu – xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida
pul kapitalining valyuta va tovar moddiy qimmatliklari ko‘rinishida
qaytarishlik, muddatlilik va to‘lovlilik asosida beriladigan harakatidir.
Xalqaro kreditning subyektlari sifatida ikkita mamlakat,
turli
davlatlarning yuridik yoki jismoniy shaxslari maydonga chiqadi.
Xalqaro kreditning subyektlari mulkiy shakliga qarab davlat,
aralash mulk va shaxsiy mulklarga guruhlanadi.
Xalqaro kreditlar
kreditor mamlakatning milliy valyutasida yoki uchinchi mamlakatning
valyutasi (AQSh dollari, evro)da berilishi mumkin.
Xalqaro kredit, obyekti jihatidan pul ko‘rinishida yoki natura
shaklida berilishi mumkin. Bozor iqtisodiyotining
rivojlanishi
natijasida kreditor mamlakatlarning ko‘pchiligi asosan xalqaro kreditni
natural ko‘rinishida berishdan manfaatdor bo‘lib, bu orqali ular o‘z
mamlakatlarining
ishlab
chiqaruvchilarini
iqtisodiy
jihatdan
rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
Bobga oid savollar
1.
Kreditning iqtisodiy kategoriya ekanligi nimada ko‘rinadi?
2.
Kredit so‘zining iqtisodiy mohiyati.
3.
Kredit munosabatlarida asosiy omil nimada namoyon bo‘ladi?
4.
Kredit munosabatlarida o‘zaro
ishonchdan tashqari yana
qanday omilga amal qiladi?
5.
Kreditning zarurligini belgilovchi asosiy omillar.
6.
Kreditning iqtisodiy mohiyatiga iqtisodchi olimlarning
yondashuvlari.
7.
Kreditning iqtisodiy mohiyati.
8.
Kreditning funksiyalari va
ularga nisbatan iqtisodchi
olimlarning fikrlari qanday?
9.
Kreditning tamoyillari.
10.
Kreditning iqtisodiyotda tutgan o‘rni.
11.
Iqtisodiy adabiyotlarda kreditning shakllari va turlari
xususidagi fikrlar nima uchun bir – biriga o‘xshamaydi?
12.
Kredit qanday mezonlarga asosan tasniflanadi?
13.
Kreditning qanday shakllari mavjud, ular bir – biridan qanday
farq qiladi?
176
14.
Kreditning
qanday turlari mavjud, bu haqda iqtisodchi
olimlarning fikrlari bir – biriga mos keladimi?
15.
Bank kreditining asosiy xususiyatlari
va kredit turlari
o‘rtasida tutgan o‘rni?
16.
Tijorat krediti, uning bank kreditidan farqli jihatlari va
afzalliklari?
17.
Iste’mol krediti va uning asosiy maqsadi?
18.
Ipoteka krediti va uning o‘ziga xos jihatlari?
19.
Veksellar va ularning qo‘llanilish tartibi?
20.
Davlat kreditining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari?
21.
Xalqaro kredit va uning qo‘llanilish doirasi?
22.
Bank kreditlarining iqtisodiyot rivojida tutgan o‘rni?
Do'stlaringiz bilan baham: