Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

V BOB. PUL TIZIMI: 
MAZMUNI, TURLARI VA ELEMENTLARI
 
5.1. Pul tizimining mohiyati va turlari 
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul muno-
sabatlarining rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining 
vujudga kelishi, shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkam-
lanishi davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish zaruriyatini 
keltirib chiqardi. 
Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini 
belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda 
uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning 
shakli bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy 
valyuta orqali tartibga solinadi.
Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, rivojlanishi va takomil-
lashuvi barobarida tovar – pul munosabatlari ham shunga monand 
holda rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Shuningdek, pul tizimi 
ham mavjud ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar davomida ikki turdan iborat 
bo‘ldi. Xususan: 
– metall pullar tizimi, bunda tovar pul (qimmatbaho metall) 
muomala vositasini bajaradi, metall pullar to‘lov vositasini bajarganda 
ularda pulning barcha funksiyalari namoyon bo‘ladi; 
– qog‘oz – kredit pullar tizimi, oltin va kumush tanga pullar 
evolyutsion tarzda qog‘oz – kredit pullari tomonidan muomaladan 
siqib chiqariladi. 
Metall pullar tizimi
sharoitida metall qanday shaklda bo‘lishidan 
qa’tiy nazar, to‘lov vositasi sifatida qabul qilindi. Metall pullar tizimi 
ikkiga bo‘linib, birinchisi, 
bimetallizm,
ikkinchisi, 
monometallizm
sifatida guruhlanadi.
Bimetallizm
 
– bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov 
vositasi ikkita metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan 
miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi.
O‘z navbatida bimetalizm tizimi uchta shaklda amal qildi:


105 
– birinchidan, parallel valyuta tizimi, ushbu metall pullar 
o‘rtasidagi munosabat ularning bozor bahosidan kelib chiqqan holda 
stixiyali ravishda o‘rnatildi; 
– ikkinchidan, ikkiyoqlamali valyuta tizimi, metall pullar 
o‘rtasidagi munosabat davlat tomonidan belgilandi va shuning asosida 
oltin va kumush tangalar zarb qilindi; 
– uchinchidan, «oqsoq» valyuta tizimi – ushbu tizimda oltin va 
kumush tangalar qonuniy to‘lov vositasi sifatida xizmat qildi, lekin 
kumush tangalar yopiq holda, oltin tangalar esa erkin zarb etildi. 
«Oqsoq» valyuta tizimi deyilishiga sabab kumush tangalar ushbu 
davrda to‘laqonli valyuta sifatida umum ekvivalent rolini amalga 
oshirmaydi. 
Muomalada ikkita metall pulning vazifasini bajargan paytda ular 
o‘rtasida bahoni aniqlashda muammolar va ziddiyatli holatlar vujudga 
keldi. Shu bilan birga, pul tizimining bimetallizm shakli beqaror va bir 
– biriga o‘zaro qarama – qarshi edi. Shuningdek, rivojlangan tovar – 
pul munosabatlari sharoiti talablariga yetarli darajada javob bermas edi.
Pul tizimining bimetallizm shakli hukm surgan davri asosan XVI 
– XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Yevropa mamlakatlarida 1866 yillarda 
bimetallizm pul tizimini saqlab qolish maqsadida kumushning 
qiymatini oltinga nisbati rasmiy belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, o‘sha 
paytda kumush va oltin o‘rtasida munosabat 15,5:1 nisbatda o‘rnatildi. 
XIX asrning o‘rtalarida ushbu tenglik o‘rtasida farq kengayib 22:1 
tartibda belgilandi. Buning natijasida oltin va kumush tangalar 
muomaladan chiqib, boylik jamg‘armasini bajara boshladi. 
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi ijtimoiy – 
iqtisodiy yagona umumekvivalent vazifasini bitta metall pul bajarish 
zarurligini ko‘rsatdi. Buning natijasida monometallizm pul tizimi 
shakllandi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish