81
xizmatlarni ko‘rsatgandan keyin (2) aktseptli to‘lov
talabnomani
bankka taqdim etadi (3), bankning mas’ul buxgalteri to‘lov
talabnomalari belgilangan tartibga javob berishini nazoratdan
o‘tkazgandan keyin pochta orqali sotib oluvchining bankiga jo‘natadi
(4), sotuvchining banki to‘lov talabnomani aktseptlash uchun sotib
oluvchiga jo‘natadi (5), sotib oluvchi yozma ravishda to‘lovni rad
etmasa uning hisobidan mablag‘ni sotuvchi hisobiga o‘tkazish haqidagi
elektron to‘lov talabnomani respublika bankiga jo‘natadi (6).
Agrobankning Koson bo‘limi sotuvchining hisobvarag‘idan
mablag‘ni ko‘chirgandan so‘ng bu haqda unga xabar qiladi (7), o‘z
navbatida respublika Agrobanki elektron to‘lov talabnoma bilan Koson
bo‘limining vakillik hisobvarag‘idan mablag‘ni Oqtosh bo‘limiga
o‘tkazadi (8), Agrobankning Oqtosh bo‘limi mablag‘ni sotuvchining
hisobvarag‘iga o‘tkazadi va bu haqda sotuvchiga
tegishli hujjatlarni
taqdim etadi (9).
Aktseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga
oshirganda to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmaganda to‘lov
hujjatlari bankning ikkinchi kartotekasiga kirim qilinadi.
Aktseptsiz to‘lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar
.
Aktsept-
siz to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarda bank to‘lovchining
roziligisiz uning hisobvarag‘idagi mablag‘ni oluvchining hisobiga
o‘tkazib beradi. Tijorat banklari aktseptsiz to‘lov
talabnomalar bilan
hisob – kitoblarni amalga oshirishni ayrim subyektlarga ruxsat beradi.
Xususan, ular jumlasiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
issiqlik energiyasi uchun hisob – kitoblarda. Bu holda
talabnoma va ajratilgan elektr va issiqliq energiyasi uchun hisobvaraq –
faktura mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan bevosita iste’molchiga
xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To‘lov talabnomasining
maqsadida issiqlik energiyasining o‘lchov asboblari yoki ta’rif asosida
foydalanilgan miqdori yozuvda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
qarzdor tomonidan tan olingan summa haqidagi javob xatining
asl nusxasi ilova qilingan holda. Talabnomaga boshqa hujjatlar ilova
qilinganda aktseptsiz hisobdan chiqarishga
qabul qilinmaydi;
qarzdor boshqa banklarda ochilgan ikkilamchi hisobvaraqlari
bo‘yicha kreditlarni vaqtida uzmaganda banklar tomonidan ham
qo‘yiladi.
Amaliyot (operatsion) kun tugagandan keyin kelib tushgan
aktseptsiz talabnomalarda "kechki" degan shtamp qo‘yiladi
va ular
82
keyingi ish kunida to‘lanadi yoki to‘lovchining hisobraqamida mablag‘
bo‘lmaganda 2 – kartotekaga kirim qilinadi.
To‘lov talabnomasi bilan hisob – kitoblarning amaliyotda
nisbatan kam qo‘llanilishining asosiy sababi, uning kamchiliklari
afzalliklariga
nisbatan
ko‘pligidadir.
Jumladan,
uning
asosiy
kamchiliklari sifatida quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq:
– mablag‘ oluvchi tovar jo‘natgandan va xizmatlarni ko‘rsatgan-
dan so‘ng to‘lov talabnomasini bankka
taqdim etishi natijasida, mab-
lag‘ni to‘lovchiga tovar va xizmatlarning sifati to‘liq qoniqtirmagan
hollarda to‘lovdan voz kechishi turli ziddiyatli holatlarni keltirib
chiqaradi;
– to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ning bo‘lmasligi yoki
yetarli miqdorda emasligi banklarda debitor va kreditorlik qarzlarining
ortib ketishiga olib keladi;
– to‘lov hujjatlarining aylanishi va
rasmiylashtirish jarayoni
to‘lov topshiriqnomalariga nisabatan qo‘shimcha vaqt va ortiqcha
mehnatni talab etadi.
Afzallik jihatlari shundan iboratki, to‘lovchining hisobraqamida
mablag‘ bo‘lmagan hollarda ham jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan
xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Umuman olganda, to‘lov talabnomasi bilan hisob –
kitoblarni
amalga oshirish mablag‘ni oluvchi va beruvchi uchun hamda bank
uchun ham qo‘shimcha vaqt va ish jarayonini talab etadi. Shu bois
bo‘lsa kerak, hisob – kitoblarning mazkur shakli amaliyotda boshqa
hisob – kitob shakllariga nisbatan kamroq qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: