77
Hozirgi
kunda viloyat, shahar va tuman bo‘limlariga ega bo‘lgan
tijorat banklari yagona vakillik hisobvaraqasiga o‘tkazilgan bo‘lib,
ushbu vakillik hisobvaraqalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda huj-
jatlarni rasmiylashtirish va aylanishi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.
Quyida aksiyadorlik tijorat Agrobankning ikkita bo‘limi o‘rtasida
to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblarni amalga oshirganda
hujjatlarni aylanishining shartli tartibi keltirilgan.
To‘lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni
amalga oshirish tartibi
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, sotuvchi
va sotib oluvchilar
o‘rtasida to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblarni amalga
oshirganda hujjatlar aylanish tartibi juda oddiy bo‘lib, uning
ishtirokchilariga qator qulaylik va yengilliklar tug‘diradi.
To‘lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishda
dastlab sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida shartnoma tuzilib, unda
to‘lov shakli ham kelishiladi (1), sotuvchi oldindan umumiy to‘lov
summasining 15 foizini to‘lagandan so‘ng, tovarlarni jo‘natadi yoki
xizmatlarni ko‘rsatadi (2), sotib oluvchi
shartnomada kelishilgan
summani mol sotuvchining hisobraqamiga o‘tkazish maqsadida to‘lov
topshiriqnomani bankka taqdim etadi (3), bankning mas’ul buxgalter
xodimi to‘lov topshiriqnomalarni tegishli nazoratdan o‘tkazgandan
so‘ng mablag‘ni elektron to‘lov tizimi orqali respublika bankiga
78
jo‘natadi (4), respublika aksiyadorlik tijorat Agrobankida elektron
to‘lov topshiriqnoma tegishli dasturiy nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng
sotuvchining bankiga jo‘natiladi (5), elektron to‘lov
topshiriqnoma
Agrobankning Oqtosh bo‘limida dasturiy nazoratdan, mablag‘ sotuv-
chining hisobiga kirim qilinadi va bu haqda unga xabar qilinadi (6).
To‘lov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz
hisob – kitoblarning qator afzalliklari va ayrim kamchiliklari mavjud.
Afzalliklari:
– sotuvchi bajariladigan ish va ko‘rsatiladigan
xizmatlar uchun
oldindan 15 foizni oladi;
– pul to‘lovchi tashkilot tovar olingandan va xizmatlar
ko‘rastilgandan so‘ng to‘lov topshiriqnomasini bankka taqdim etadi;
– to‘lov hujjatlarining, boshqa naqd pulsiz hisob –
shakllariga
nisbatan oddiyli va tezligi;
– tovarli va tovarsiz operatsiyalarda qo‘llanilishining mumkin-
ligi.
Kamchiliklari:
– sotib oluvchi hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘la turib, ushbu sum-
mani boshqa maqsadlarga foydalanishi natijasida sotuvchi to‘lov
summasini
kechikib olishi mumkin;
– mablag‘ oluvchi tashkilot jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan
xizmatlar uchun oladigan mablag‘lar pul to‘lovchining hisobvarag‘ida
mablag‘ bo‘lmay yoki yetishmay qolganda mablag‘ni olish jarayoni
cho‘zilib ketadi. Biroq ushbu jarayon boshqa to‘lov shakllarida ham
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: