Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

Kripto pullar. 
Kripto – so‘zi (κρυπτόζ) sirli, yashirin, shifrlangan 
murojaatnoma kabi manolarni beradi. Kriptovalyuta esa raqamli 
valyutalarning ko‘rinishidir. Hozirgi kunda uning Bitcoin, Litecoin, 
Namecoin, SwiftCoin, Peercoin, Dogecoin, Emercoin, Gridcoin, 
Primecoin va boshqa turlari mavjud. 
Yuqorida qayd etilgan holatlar bo‘yicha Markaziy bank va tijorat 
banklari, tegishli muassasalar, shuningdek, savdo nuqtalari tomonidan 
amalga oshirilayotgan ishlar plastik kartalarni yanada kengroq va 
samarali ishlashiga imkoniyat yaratadi. 
1.6. Tovar xo‘jaligi sharoitida pulning roli 
 
Jamiyatda mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish jarayonining 
mavjudligi iqtisodiy hayotda pulning roli doimo oshib boraveradi. 
Birgina mehnat taqsimotiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, kompaniya 


36 
yoki firma biror narsani ishlab chiqarish yoki xizmat turini ko‘rsatish 
uchun zarur xom – ashyo va materiallarni olish maqsadida bir necha 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan iqtisodiy aloqalarni o‘rnatadi, 
ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etayotgan 
xodimlarning mehnati uchun haq to‘laydi va boshqa qator ishlarni 
amalga oshiradi. Bularning barchasi tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro 
iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlik asosida amalga oshiriladi. Mana 
shu iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlikni amalga oshirishning 
iqtisodiy mexanizmi sifatida pulning roli alohida ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan biri har qanday 
faoliyatning asosida iqtisodiy manfaatdorlik yotadi. Ishlab chiqaruvchi 
korxona, tashkilot yoki firma yaratayotgan tovar yoki xizmatlarni 
shaxsiy iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish orqali tegishli 
iqtisodiy foyda ko‘rish ilinjida ishlab chiqaradi. Bu ishlab chiqaruvchi 
va iste’molchilar o‘rtasida tovar – pul munosabatlarini vujudga 
keltiradi, ushbu munosabatda pul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi 
o‘ratasida ayirboshlash vositasi sifatida muhim rol o‘ynaydi. 
Bu yerda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida ayirbosh-
lanadigan tovar yoki mahsulotning bahosi muhim rol o‘ynaydi. 
Ularning bahosi bozordagi talab va taklif asosida pulda ifodalanadi. 
Pulning rolini amal qilishida baho muhim iqtisodiy mexanizm 
hisoblanadi, tovar va xizmatlar bahosiga qator omillar ta’sir qiladi. 
Xususan, tovar va xizmatlarning sifati, unga bo‘lgan talab darajasi, 
sotib oluvchining to‘lov qobiliyati va boshqa qator omillar shular 
jumlasidandir. 
Haqiqatda ham yuqorida qayd etilgan jarayonlarni tashkil etishda 
pulning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, pulning 
tovar xo‘jaligi sharoitida amal qilishining samaradorligini oshishiga 
qator omillar ta’sir qiladi. Xususan ular quyidagilardan iborat:
1. Iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi
. Mamlakat 
iqtisodiyotining barqarorligi va raqobatbardoshligi aholining iste’mol 
tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabini mahalliy ishlab chiqarish 
hisobidan qondirish imkoniyatini beradi. Bu bozor iqtisodiyoti sha-
roitida juda muhim hisoblanadi. Birinchidan, import hajmini qisqar-
tirish asosida xorijiy valyutalarni chetga chiqib ketishining oldini oladi. 
Ikkinchidan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan barqaror-
ligini oshiradi.


37 
2. Markaziy bankning mustaqilligini ta’minlanganligi
. Ma’lumki, 
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini 
ta’minlashga qaratilgan, ushbu maqsadni samarali amalga oshirish 
uchun Markaziy bank hukumat va davlat boshqaruv organlari bosi-
midan holi bo‘lishi lozim. Aks holda milliy valyutaning barqarorligi 
zaiflashadi va uning xalq xo‘jaligidagi roli pasayadi.
3. Aholi va mijozlarning bank tizimiga ishonchining mustahkam-
ligi
. Mamlakat aholisi va mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchi-
ning yuqoriligi pulning roliga bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. Chunki 
aholi va mijozlarning banklarga nisbatan ishonchining yuqoriligi 
ularning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini banklarga muddatli 
omonat sifatida qo‘yishga undaydi. Bu esa pulning jamg‘arma vositasi 
va to‘lov vositasi rolini oshiradi, shu bilan birga, birinchidan, pul 
egalariga qo‘shimcha daromad keltiradi, ikkinchidan, banklarning real 
sektorni kreditlash imkoniyatlarini oshiradi. Bularning barchasi tovar 
xo‘jaligi sharoitida pulning rolini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
4. Inflyatsiya darajasining tegishli me’yorlarda saqlab turilishi

Milliy valyutaning inflyatsiya darajasi xalqaro amaliyotda qabul 
qilingan me’yorlardan ortib ketishi uning iqtisodiyotdagi roliga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan sharoitda aholining 
real daromadlari pasayadi, kredit muassasalarida uzoq muddatli 
omonatlar hajmi qisqaradi, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish 
hisobidan emas, balki o‘zaro olib sotish yo‘li bilan daromad izlash 
payiga tushib qoladi. Natijada aholining iste’mol tovarlarga bo‘lgan 
talabi mahalliy ishlab chiqarish hisobidan emas, balki import hisobidan 
qondiriladi. Bularning barchasi milliy valyutaning iqtisodiyotdagi 
rolini pasayishiga olib keladi. Eng muhimi, tovar-pul munosabatlari 
mavjud sharoitda insonlar mehnatining mahsuli pulda o‘lchanadi. Bir 
inson mehnatini boshqa bir inson mehnati natijasiga taqqoslash 
imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish