343
Xalqaro hisob – kitoblarda banklarning faoliyati tegishli mahalliy
va xalqaro miqiyosdagi huquqiy xujjatlar asosida tartibga solinadi.
Xalqaro joriy valyuta operatsiyalardan dunyoning etakchi mamlakatlari
milliy valyutasi to‘lov vositalari vazifasini bajaradi. Birinchi jahon
urushiga qadar funt sterlingda muomalaga chiqarilgan veksellar (trat-
tallar) xalqaro hisob–kitoblar bo‘yicha operatsiyalarning 80 foizini
bajardi.
Mamlakatlar o‘rtasida mehnat
taqsimotining kuchayishi va
ularning iqtisodiyotini rivojlanishida o‘zaro mutanosiblikning vujudga
kelishi bois, angliya funt sterlingi xalqaro hisob–kitoblardagi ulushi
1948 yilda 40 foizga, 1999 yilarning boshida esa 5 foizga tushib qoldi.
AQSh dollarining tashqi savdodagi ulushi 1982 yilda 78 foizga
etdi, 2000 yillarning boshida evro, yaponiya iyenasi, shvetsariya franki
va boshqa etakchi mamlakatlar milliy valyutalari xalqaro to‘lov
vositasi sifatida foydalanila boshlandi,
natijada AQSh dollarining
xalqaro savdodagi ulushi 55 foizga tushdi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan
ayrim hisob – kitoblarda 1970 yildan SDR (spetsialnie prav
zaimstvovaniya), 2000 yildan so‘ng evro faol qo‘llanila boshlandi.
Xalqaro hisob – kitoblarning rivojlanishi natijasida oltinni to‘lov
vositasi sifatidagi roli nafaqat ichki hisob – kitoblardan, balki xalqaro
to‘lovlarni amalga oshirishdan ham siqib chiqarildi. Oltin standarti eng
rivojlangan davrda ham xalqaro hisob–kitoblarda undan to‘lov balan-
sining passiv qoldig‘ini to‘lashda foydalanildi.
Oltin standartining
bekor qilinishi va sariq metallga kredit pullarni almashtirish to‘xtatil-
gandan so‘ng xalqaro majburiyatlarni oltinga to‘lash zaruriyati
yo‘qoldi.
Biroq, ta’kidlash joizki, mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy–iqtisodiy
barqarorlik buzilganda jahon pulini bajarayotgan milliy valyutalarga
nisbatan ishonchning yo‘qolishi natijasida xalqaro hisob – kitoblarda
oltindan foydalanish hollari amaliyotdan ma’lum.
Masalan, ikkinchi jahon urushi davrida xalqaro hisob–kitoblar-
ning asosiy qismi oltin slitkalarda amalga oshirilgan. Urushdan keyingi
davrda (1950 – 1958 yillarda) ayrim ko‘p tomonlama hisob – kitoblar
dastlab 40 foizgacha, 1955 yilda 75 foizgacha oltin bilan to‘langan.
Zamonaviy sharoitda mamlakatlar o‘zining to‘lov balansi
barqarorligini ta’minlash maqsadida oltin
zaxiralarini dunyoning
etakchi valyutalariga sotadi. Bu o‘z – o‘zidan ko‘rinib turibdiki, oltin
344
xalqaro hisob – kitoblarda to‘g‘ridan – to‘g‘ri ishtirok etmasdan, oltin
bozorlari orqali hisob – kitoblarni amalga oshirishga erishmoqda.
Xalqaro hisob – kitoblarning holati va rivojlanishiga qator omillar
ta’sir etadi. Xususan, mamlakatlar o‘rtasidagi ijtimoiy – iqtisodiy
siyosat, valyuta qonunchiligi, xalqaro savdoni
tashkil etishning qonun
va qoidalari, shuningdek, moliya – kredit tizimining rivojlanganlik
darajasi shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: