Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


 Tijorat banklarining noa’nanaviy operatsiyalari



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

16.3. Tijorat banklarining noa’nanaviy operatsiyalari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari mijozlarning mo-
liyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va foyda manbasini 
oshirish maqsadida qator noa’nanaviy operatsiyalarni bajaradi. Bunday 
operatsiyalar sirasiga 
faktoring, kredit – ijara (lizing), kontokorrent 
(overdraft), forfeyting, trast 
kabi operatsiyalarni kiritish mumkin.
 
16.3.1. Faktoring operatsiyalari 
 
Faktoring operatsiyalari
da
banklar tovar sotib oluvchining qarz 
hujjatlarini sotib oladi, unda asosan uchta tomon ishtirok etadi.


286 
Birinchisi, 
faktor – vositachi, 
bankning faktoring operatsiyalarini 
bajaruvchi bo‘limi. Odatda, rivojlangan mamlakatlar tajribasida 
faktoring operatsiyalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan faktoring 
kompaniyalari tashkil etish amaliyoti ham mavjud.
Ikkinchisi, 
mijoz (tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi), 
faktor 
– vositachi bilan kontrakt tuzuvchi sanoat yoki savdo firmasi. 
Uchinchisi, 
tovar sotib oluvchi

Mijoz sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinishi 
lozim bo‘lgan pul mablag‘ini talab qiluvchi hujjatlar asosida “faktor – 
vositachi” bilan faktoring operatsiyasi bo‘yicha shartnoma tuzadi. 
Faktor – vositachi imzolangan faktoring shartnomasi asosida, ma’lum 
komission to‘lov hisobiga mijozga sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan 
xizmatlarga to‘lovni amalga oshiradi. Soddaroq qilib aytganda, faktor – 
vositachi mijozdan tovar sotib oluvchiga mablag‘larni to‘lash bilan 
bog‘liq to‘lov hujjatlarni komission to‘lov asosida “sotib oladi”.
Faktor – vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini 
imzolayotganda tovar sotib oluvchining moliyaviy holatini oqilona 
baholashi juda muhim hisoblanadi. Agar sotib oluvchining moliyaviy 
holati yomonlashib, faktoring operatsiyasi bo‘yicha faktor – vositachi 
tomonidan mijozga to‘lagan summani to‘lay olmasa, ushbu zarar faktor 
– vositachining gardaniga tushadi.
Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalarni vujudga kelishining asosiy 
omillari sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: 
– sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki 
ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lashi lozim bo‘lgan mablag‘larni o‘z 
vaqtida to‘lash imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy – 
iqtisodiy oqibatlar tufayli vujudga keladi;
– tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi mijozning ishlab 
chiqarish jarayonini doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun 
moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashning zarurligi;
– banklarning moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish 
hisobiga qo‘shimcha foydani shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojining 
mavjudligi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish