Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Pul muomalasini tartibga solishning usullari



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

Pul muomalasini tartibga solishning usullari

Mamlakatda pul 
muomalasini tartibga solishning asosiy maqsadi milliy valyutaning 
barqarorligini ta’minlashdan iborat bo‘lib, ushbu vazifani Markaziy 
bank amalga oshiradi. Markaziy bank pul muomalasini tartibga 
solishning asosiy instrumentlari sifatida majburiy zaxiralar siyosati, 
qayta moliyalash siyosati, ochiq bozordagi operatsiyalari, depozit 
siyosati va valyuta siyosatini amalga oshiradi. Markaziy bank ushbu 
instrumentlar orqali tovar massasi va pul massasi o‘rtasidagi o‘zaro 
mutanosiblikni tartibga soladi. Bundan asosiy maqsad mamlakat milliy 
valyutasining barqarorligini ta’minlashdan iborat. 
Mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish

Pul 
oboroti o‘z tarkibiga naqd pulli va naqd pulsiz hisob – kitoblarni oladi. 
Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan pul oborotining asosiy qismi naqd 
pulsiz hisob – kitoblar ulushiga to‘g‘ri keladi. Pul oborotining tarkibi, 
tartibi va nazorati Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir mamlakatda pul tizimining tarkibi, amal qilish usullari va 
tartibi davlatning tegishli qonunlari asosida o‘rnatiladi.
Pul tizimining mustahkamligi va uning barqarorligiga turli 
omillar ta’sir qiladi. Xususan: 
a) 
mamlakat Markaziy bankining pul – kredit siyosatini amalga 
oshirishdagi mustaqilligi
. Ko‘pchilik hollarda Markaziy bank pul – 
kredit siyosatini amalga oshirishga hukumatning aralashuvi va tazyiqi 
natijasida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati zaiflashadi, mam-
lakat bank tizimiga aholining ishonchi pasayib ketadi. Buning nati-
jasida pul tizimi nobarqaror bo‘lib, Markaziy bank tomonidan olib 
borilayotgan pul – kredit siyosati o‘zining tegishli samarasini 
bermaydi. 
b) 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligi va 
raqobatbardoshligi.
Mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustahkamligi 
va ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning 


113 
raqobatbardoshligi pul tizimining braqarorligini ta’minlashga bevosita 
xizmat qiladi. Chunki bozor munosabatlarining chuqurlashuvi mam-
lakatlar o‘rtasida iqtisodiy integratsiyani rivojlanishiga va iqtiso-
diyotning globallashuviga olib keladi. Ushbu sharoitda olib bori-
layotgan makro va mikroiqtisodiy siyosat tegishli samarani bermasa, 
mamlakatda importning hajmi eksportga nisbatan ortib ketishi 
kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida pul tizimining barqarorligiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, pul tizimi va uning elementlarini 
rivojlanishi, shuningdek, samarali tashkil etilishiga qator omillar ta’sir 
qiladi. Bulardan asosiylari sifatida mamlakat iqtisodiyotining 
raqobatbardoshligi va barqarorligini ta’minlanganligi hisoblanadi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish