20.3. Jahon banki
Jahon banki (JB) BMT tarkibidagi ixtisoslashgan moliyaviy
muassasa hisoblanadi. Jahon banki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot
banki (XTTB) va uning bo‘limi hisoblangan Xalqaro rivojlanish
assosatsiayasi (XRA), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK),
Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlash agentligi (IXKA) va
Investitsion munozaralarni tartibga solish bo‘yicha xalqaro markazi
(IMXM) kabi moliyaviy tashkilotlarni o‘z tarkibiga oladi.
JB tarkibidagi birinchi uchta moliyaviy tashkilot dunyo rivoj-
lanish bankining vazifalarini bajaradi, keyingi ikkitasi esa rivojla-
nayotgan va iqtisodiyoti o‘tish jarayonini boshidan kechirayotgan
mamlakatlarga investitsiya oqimlarini rag‘batlantirish bilan shug‘ul-
lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |