Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
3.3. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari  
 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 
o‘rtasida  har  kuni  bir  necha  yuz  minglab  naqd  pulli  va  naqd  pulsiz 
operatsiyalar amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarning 85 – 90 foizi, 


73 
ayrim rivojlangan mamlakatlarda 98 – 99 foizi naqd pulsiz ko‘rinishida 
amalga oshiriladi.  
O‘zbekistonda  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  tijorat  banklarining 
ichki  va  tashqi  vakillik  hisobraqamlari  orqali,  elektron  to‘lov  tizimi 
yordamida,  mijozlarning  hisobvaraqlarida  buxgalteriya  yozuvlari 
ko‘rinishda  amalga  oshiriladi.  Mamlakatimiz  bank  tizimida  1997  yil 
mart  oyida  joriy  etilgan  elektron  to‘lov  tizimi  banklararo  amalga 
oshirilayotgan  to‘lovlarni  juda  qisqa  daqiqalar  ichida  amalga  oshirish 
imkoniyatini  beradi.  Bu  davlat  idoralari  va  korxonalari,  aholi  va 
xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  o‘rtasidagi  to‘lovlarni  naqd  pulsiz 
ko‘rinishda  amalga  oshirishga  juda  keng  qulayliklar  yaratilganligidan 
dalolat beradi.  
Naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda qator tamoyillar 
bajarilishi  lozim.  Ularning  asosiylari  sifatida  quyidagilarni  keltirish 
maqsadga muvofiq: 
 –  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  jarayonida  ishtirok  etayotgan  har 
ikkala  tomonning  ham  bankda  tegishli  hisobvaraqlari  mavjud  bo‘lishi 
lozim; 
 –  mijozning  hisobvarag‘idan  mablag‘larni  boshqa  manzilga 
o‘tkazish va kirim qilish Markaziy bank tomonidan qa’tiy belgilangan 
to‘lov hujjatlari asosida hamda ulardagi rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilgan 
holda amalga oshiriladi
 –  bank  mijozning  pul  mablag‘larini  o‘tkazish  haqidagi 
topshirig‘ini uning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lgandagina qabul qiladi. 
Mijozning 
hisobvarag‘ida 
mablag‘ 
bo‘lmagan 
holatda 
uning 
hisobvarag‘idan  undirish  to‘g‘risida  inkasso  topshiriqnomasi  (o‘z 
vaqtida  to‘lanmagan  soliqlar  va  Davlat  byudjetiga  o‘tkaziladigan 
soliqdan  tashqari  to‘lovlar  (penya,  jarimalar)ni  undirib  olishda  soliq 
idoralari  tomonidan,  byudjetdan  tashqari  fondlar  –  o‘z  vaqtida 
to‘lanmagan to‘lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda 
ko‘zda  tutilgan  holatlarda),  to‘lov  talabnomalar  kartoteka  2  ga  kirim 
qilinadi va belgilangan tartibda to‘lovlar amalga oshiriladi
 –  bank  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarni  faqat  mablag‘  egasining 
topshirig‘i asosida belgilangan maqsadlar uchun  o‘tkazadi, hisobvaraq 
egasining  hisobida  mablag‘lar  yetarli  bo‘lmagan  holatlar  bundan 
mustasno; 
 – mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so‘ng 
mablag‘ oluvchining hisobvarag‘iga kirim qilinadi


74 
 –  to‘lovlarni  amalga  oshirish  Markaziy  bank  tomonidan 
belgilangan  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarning  shakllarini  qo‘llagan 
holda, tegishli to‘lov hujjatlari orqali amalga oshiriladi. 
Naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarning  shakli  va  to‘lovlarni  amalga 
oshirishning  tartibi  tovar  sotuvchi  va  xizmatlar  ko‘rsatuvchi  tashkilot 
hamda  uni  sotib  oluvchi  o‘rtasida  tuziladigan  shartnomada  aniq  va 
batafsil belgilab qo‘yiladi.  
Bankda  mablag‘larni  kirim  qilish  yoki  hisobdan  chiqarish  uchun 
asos bo‘ladigan hujjatlarning elektron nusxalari mijozning hisobvarag‘i 
xizmat  ko‘rsatadigan  buxgalteriya  xodimi  tomonidan  imzolanadi 
hamda  to‘lashga  qabul  qilish  va  to‘lash  sanalari  ko‘rsatilgan  holda 
o‘ziga biriktirilgan shtamp bilan tasdiqlanadi.  
Yuqorida  qayd  etganimizdek,  mamlakatimiz  pul  aylanmasi 
tarkibida  naqd  –  pulsiz  hisob  –  kitoblarning  ulushi  ayrim  mamlakat-
larga nisbatan yuqoriroq miqdorni tashkil etadi.  
Pul  aylanmasi  tarkibida  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  hajmini 
oshirishga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan: 
1.  Yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  banklarga  bo‘lgan 
ishonchining  yuqoriligi
.  Agar  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  banklarga 
nisbatan  ishonchi  yuqori  darajada  bo‘lmasa,  banklarga  naqd  pullarni 
topshirishga  bo‘lgan  moyilligi  pasayadi,  hisob  –  kitoblarni  naqd 
pullarda amalga oshirishga intiladi. 
2.  Iqtisodiyotda  monetizatsiya  koeffitsiyenti  darajasining  tegishli 
me’yori  ta’minlangan  bo‘lishi  lozim
.  Iqtisodiyotning  yetarli  darajada 
pul bilan ta’minlanganlik darajasi  monetizatsiya koeffitsiyenti asosida 
aniqlanadi.  Monetizatsiya  koeffitsiyenti  mamlakat  yalpi  ichki  mahsu-
lotiga  nisbatan  aniqlanib,  xalqaro  moliyaviy  tashkilotlar  va  ekspert-
larning  fikrlariga  ko‘ra  uning  miqdori,  o‘tish  iqtisodiyoti  sharoitidagi 
mamlakatlarda  45-60  foizdan  iborat  bo‘lishi  lozim.  Agar  mamlakatda 
monetizatsiya koeffitsiyenti ushbu miqdordan past bo‘lsa iqtisodiyotda 
pul  taqchilligi,  tijorat  banklarida  likvid  mablag‘lar  va  resurslarning 
yetishmasligi,  kreditlar  va  omonatlar  bo‘yicha  foiz  stavkalarining 
yuqoriligi  kuzatiladi.  Bularning  barchasi  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar 
hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
3.  Tijorat  banklarining  resurslarga  bo‘lgan  ehtiyojining  yetarli 
ravishda  qondirilmasligi.
  Ma’lumki,  tijorat  banklari  tomonidan 
muomalaga  chiqarilgan  pullar  o‘zining  boshlang‘ich  nuqtasiga  qaytib 
kelmasligi banklarning resurs bazasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning 


75 
oqibatida  tijorat  banklarining  real  sektorni  kreditlash  uchun 
yo‘naltirayotgan  resurslarning  taqchilligi,  omonatlarga  to‘lanadigan 
to‘lovlar  miqdorining  oshib  ketishi,  bu  esa  o‘z  navbatida  naqd  pulsiz 
hisob – kitoblar hajmini pasayishiga olib keladi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish