Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Bretton Vuds va yangi oltin deviz standarti (1945 – 1968 y.)



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
Bretton Vuds va yangi oltin deviz standarti (1945 – 1968 y.) 
Ikkinchi  jahon  urushi  tugagandan  keyin  AQSh  tomonidan  yangi 
pul  tizimi  taklif  etildi.  Uning  qoidalari  1944  yilda  Nyu  –  Xemshir 
shtatining 
Bretton

Vuds 
shahrida 
bo‘lib 
o‘tgan 
xalqaro 
konferentsiyada kelishildi va 1945 yilning iyul oyida AQSh Kongressi 
tomonidan  ratifikatsiya  qilindi.  Yangi  amaliyotga  kiritilgan  Bretton  – 
Vuds  pul  tizimining  1920  yillarda  qabul  qilingan  oltindeviz 
standartidan farqli jihatlari ko‘p emas edi. Shu nuqtai nazardan, ushbu 
pul  tizimi  ham  kamchiliklardan  holi  emas  va  navbatdagi  moliyaviy 
tartibsizliklarni kelib chiqishiga tashlangan dastlabki qadam edi. 


331 
Bretton – Vuds pul tizimining eski oltindeviz standartidan amal-
dagi  farqi  shunda  ediki,  uning  asosini  ikki  “tayanch  valyuta”(funt  va 
dollar)  emas,  balki  yagona  dollar  tashkil  etib,  35  dollar  1  unsiya 
oltingan  tenglashtirilgan  edi.  Shu  bilan  birga,  amaldagi  tizimni  20 
yillardagi  oltindeviz  standartidan  farqli  jihatlari,  amerika  fuqarolari 
dollardagi  hisob  –  kitoblarni  oltin  bilan  so‘ndirish  imkoniyatining 
yo‘qligi  va  dollardagi  hisob  –  kitob  qilish  huquqi  xorijiy  davlatlar  va 
banklarga  berilganligini  e’tirof  etish  lozim.  Ya’ni,  jahon  pulini  (oltin) 
dollar  bilan  so‘ndirish  vakolati  faqat  davlat  organlariga  berildi.  Shu 
jihatdan  Bretton  –  Vuds  tizimi  ham  1920  yillarni  oltindeviz  standarti 
kabi moliyaviy piramida asosiga qurildi.  
AQShda moliyaviy piramidaning asosini, faqatgina xorijiy davlat 
hukumatlari  talab  qilish  huquqiga  ega  bo‘lgan  oltin  tashkil  etgani 
holda,  muomalada  ta’minlanmagan  dollarlar  mavjud  bo‘lgan.  Boshqa 
davlatlarda  moliyaviy  piramidaning  asosini,  valyuta  zaxirasi  sifatida 
saqlanayotgan dollar tashkil etgani holda, muomalada ta’minlanmagan 
milliy  valyutalar  amal  qilgan.  Bunday  moliyaviy  piramidani  tashkil 
etish  uchun  AQShda  yetarlicha  imkoniyatlar  mavjud  edi.  Chunki, 
ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  AQSh  da  to‘plangan  juda  katta 
miqdordagi  oltin  zaxiralari  (25  mlrd  doll.),  ularga  moliyaviy  piramida 
qurish  imkonini  bergan.  Bretton  –  Vuds  tizimi  amaliyotga  joriy 
qilinishi  bilan  Yevropa  davlatlari  valyutalarining  dollarga  nisbatan 
kursi  oshirildi.  Masalan,  Buyuk  Britaniya  funt  sterling  kursi 
urushgacha  bo‘lgan  vaqtdagi  qiymatga,  ya’ni  4,86  dollarga 
tenglashtirildi.  Funtning  sotib  olish  qobiliyatiga  nisbatan  qaralganda 
esa, uning qiymati pastroq bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, 1945 yilda dollar 
kursi  sun’iy  pasaytirilishi  va  boshqa  davlatlar  valyutalarining  kursi 
dollarga nisbatan sun’iy oshirilishi natijasida “dollar tanqisligi” yuzaga 
keldi.  AQShdan  tashqarida  yuzaga  kelgan  “dollar  tanqisiligi”ni  oldini 
olish  maqsadida  Amerika  hukumati  tomonidan  Yevropa  mamlakat-
lariga  moliyaviy  yordam  ko‘rsatildi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  Yev-
ropaga  moliyaviy  yordam  berilishi,  dollar  kursini  sun’iy  pasaytirilishi 
natijasida  AQSh  to‘lov  balansi  profitsitini  qisman  moliyalashtirishga 
xizmat qilgan.  
Bretton  –  Vuds  tizimida  Amerika  hukumatiga  shunisi  aniq 
bo‘ldiki,  ushbu  tizim  doirasida  dollar  inflyatsiyasini  oshirilishi 
javobgarlikka  olib  kelmas  edi.  Shu  nuqtai  nazardan,  urushdan  keyingi 


332 
davrda  inflyatsiyani  rag‘batlantirilishi  AQShda  davlat  siyosatiga 
aylandi.  
1950  yillar  boshida  dollar  inflyatsiyasi  natijasida  xalqaro  savdo 
oqimi  o‘z  yo‘nalishini  o‘zgartirdi.  AQShda  pul  taklifi  va  kredit  hajmi 
ortib  borishi  natijasida,  aksariyat  Yevropa  mamlakatlari  (G‘arbiy 
Germaniya,  Shveytsariya,  Fransiya,  Italiya)ning  valyutalari  yanada 
mustahkamlandi. 
Inflyatsiya 
darajasi 
yuqori 
bo‘lgan 
Buyuk 
Britaniyada esa mamlakatdan dollarni chiqishini oldini olish maqsadida 
funtni  2,40  dollargacha  devalvatsiya  qilindi.  Yevropa  va  Yaponiyada 
ishlab  chiqarishning  barqaror  rivojlanishi  AQSh  to‘lov  balansida 
kamomadni  yuzaga  kelishiga  sabab  bo‘ldi.  Inflyatsiyani  cheklashda 
oltin  tanga  standartining  klassik  yondashuvchanligi  o‘zining  xususi-
yatini  butunlay  to‘xtatishi  bilan  birga,  Bretton  –  Vuds  tizimining 
qoidalari G‘arb davlatlariga doimiy dollar zaxiralarini ko‘paytirishni va 
buning asosida  milliy valyuta taklifi va kredit hajmini oshirishni talab 
etgan.  
Shu  tariqa  1950  –  1960  yillarga  kelib,  G‘arbiy  Yevropa  mamla-
katlari  va  Yaponiya  dollar  zaxirasini  oshirib  borish  siyosati  samarasiz 
ekanligi  hamda  yangi  tizim  tashkil  etilganda  dollar  kursi  sun’iy 
baholanganligidan  sarosimaga  tushdi.  Chunki  dollarning  sotib  olish 
qobiliyatining  tushishi,  G‘arb  davlatlarida  dollarga  bo‘lgan  ehtiyojni 
pasaytirdi.  
Bretton  –  Vuds  tizimi  Yevropa  mamlakatlari  iqtisodiyoti  uchun 
“tuzoq”  sifatida  qaraldi  va  qarama  –  qarshiliklar  ortdi.  Fransiya 
nomidan  Oltindeviz  standartini  yoqlab  va  amaldagi  tizim  qoidalariga 
qarshi  fikrlar  bilan  davlat  moliyaviy  maslahatchisi  de  Gollya  Jak 
Ryueff  chiqdi.  Amerika  siyosatchilari  va  iqtisodchilari  yuzaga  kelgan 
qarshiliklarga  e’tibor  bermay,  Yevropa  dollarni  “tayanch  valyuta” 
sifatida  qabul  qilganligini  ta’kidladi.  Ularning  fikriga  ko‘ra,  Yevropa 
aynan  Bretton  –  Vuds  tizimini  amal  qilishi  natijasida  iqtisodiy 
tanglikdan  chiqish  muammosini  hal  etgan.  Davlatlar  o‘rtasidagi  keli-
shuvga  asosan  boshqa  mamlakatlarda  dollarning  inflyatsiya  darajasi 
ortishidan  qat’iy  nazar,  AQSh  yanada  pul  taklifini  oshirish  huquqiga 
ega edi.  
Yevropada oltinning bir unsiyasi uchun 35 dollarga teng bo‘lgan 
miqdori  saqlanib  qolingan  edi.  1950  yillarda  Yevropada  dollar 
massasini  ortib  ketishi,  uning  oltinga  va  Yevropaning  “qattiq” 
valyutalariga  nisbatan  qadrsizlanishiga  hamda  Amerikadan  oltinni 


333 
chiqib  ketishiga  sabab  bo‘ldi.  Buning  natijasida  AQShning  oltin 
zaxiralari  25  mlrd.  dollardan,  9  mlrd.  dollargacha  kamayib  ketdi. 
Yevropa  mamlakatlari  hukumatlari  va  Markaziy  banklarining  dollarni 
oltin bilan so‘ndirish talabini qondirilmasligi oqibatida Bretton – Vuds 
tizimining  izdan  chiqish  xavfi  tug‘ilgan  edi.  Lekin,  Yevropa 
mamlakatlarida  yuzaga  kelgan  ushbu  salbiy  holat  ham  AQShni  pul 
taklifini  oshirishdan  qaytarmadi.  Shu  tariqa  60  yillarning  oxirida 
Yevropada  80  mlrd  dollardan  ortiq  “yevrodollar”  nomini  olgan  pullar 
paydo  bo‘ldi.  Yevropada  muomalada  bo‘lgan  dollarni  oltin  bilan 
so‘ndirish  talabini  to‘xtatish  maqsadida  AQSh  siyosiy  bosim  o‘tkaza 
boshladi.  1930  yilda  oltindeviz  standartining  inqirozga  yuz  tutishida 
ham  Buyuk  Britaniya  va  Fransiya  o‘rtasida  shunday  vaziyat  yuzaga 
kelgan.  
Ta’kidlash  joizki,  iqtisodiy  qonunlarni  aylanib  o‘tish,  AQSh 
inflyatsiyani  hisobga  olmagani  kabi,  mamlakatda  ijtimoiy  –  iqtisodiy 
salbiy  oqibatlarga  olib  keladi.  Shu  tariqa  1968  yilda  Amerika 
tomonidan  taklif  etilgan  “abadiy  va  buzilmas”  Bretton  –  Vuds  tizimi 
yemirila boshladi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish