Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
 
 
XI BOB. BANKLARNING KELIB CHIQISHI  
VA BANK TIZIMI  
 
11.1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati 
 
 
Banklarning vujudga kelishi tovar – pul munosabatlarining asosiy 
elementlari  sifatida,  pulning  qiymat  shakli  paydo  bo‘lishi  bilan  bir 
davrga  to‘g‘ri  kelgan.  Iqtisodiy  adabiyotlarda  dastlabki  banklarning 
vujudga  kelishi  haqida  aniq  ma’lumotlar  mavjud  emas.  Ayrim 
iqtisodchi  olimlar  banklarni  feodalizm  davrida  vujudga  kelganligini 
ta’kidlashsa,  ularning  ayrimlari  esa  kapitalistik  tuzumning  dastlabki 
davrlarida  paydo  bo‘lganligini  ta’kidlaydi.  Uchinchi  guruh  olimlar, 
banklar  faoliyatiga  xos  bo‘lgan  operatsiyalar  miloddan  ilgarigi 
davrlarda paydo bo‘lganligini qayd etadilar. 
Manbalarga ko‘ra, dastlabki bankirlar kichik – kichik do‘konlarda 
mahalliy  pullarni  xorijiy  pul  birliklariga  ma’lum  darajadagi  to‘lov 
evaziga  almashtirib  berishgan.  Shuningdek,  yirik  pul  egalarining 
pullari va tijorat veksellarini tegishli haq evaziga saqlash bilan shug‘ul-
langan.  Keyinchalik  banklar  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘larni 
tegishli  shartlar  asosida  jalb  etib,  ushbu  mablag‘larga  ehtiyoji  bo‘lgan 
shaxslarga ma’lum to‘lov evaziga bera boshlagan. 
Tarixiy  manbalarga  ko‘ra,  dastlabki  banklar  Gretsiyada  paydo 
bo‘lgan,  keyinchalik  xalqaro  savdo  munosabatlarining  rivojlanishi 
natijasida  Yevropa  mamlakatlarida  banklar  vujudga  kelgan.  Shuning-
dek, natural xo‘jalikning barham topishi, tovar – pul munosabatlarining 
rivojlanishi  natijasida  hisob  –  kitoblar  va  kreditlarning  roli  shiddat 
bilan ortib bordi.  Bular o‘z navbatida bir  maromdagi  hisob – kitob va 
pul muomalasini tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bu jarayon 
o‘z – o‘zidan banklarning tashkil topishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatdi. 
Ayrim  iqtisodiy  adabiyotlarda,  dastlabki  banklar  ibodatxona 
(butxona)larda tashkil topganligi ta’kidlanadi. Ibodatxonalar hukumat-
ning  va  diniy  tashkilotlarning  zaxira  fondlari  sifatida  xizmat  qilgan. 
Ularda  oziq  –  ovqat  zaxiralari  va  boshqa  qimmatbaho  buyumlar 
saqlangan.  Keyinchalik  ibodatxonalar  to‘lov  vositalarini  bajaradigan 


194 
oltin,  kumush  va  boshqa  qimmatbaho  metallarni  saqlash  bilan  birga, 
pul  muomalasini  tashkil  etish  jarayonlarida  ham  bevosita  ishtirok 
etishgan.  Bunga  2011  yil  iyulida  Hindistonning  ibodatxonalaridan 
birida  yirik  miqdorda  oltin  va  boshqa  boyliklarni  topilganligini  misol 
sifatida  keltirish  mumkin.  Topilma  juda  katta  miqdorga  teng  bo‘lib, 
qachon va kim tomonidan qo‘yilganligi ma’lum emas
66
.  
Ibodatxonalar  qadimda  banklar  vazifasini  bajarganligining  va 
ularni barqarorligining asosiy sabablaridan biri, davlat va dindorlarning 
asrlar  davomida  ibodatxonalarda  xizmat  qiluvchilarga  nisbatan  yuqori 
darajada  ishonchning  shakllanganligi  hisoblanadi.  Bu  o‘z  navbatida 
boshqalarda  ham  ibodatxonalarda  pul  mablag‘larni  saqlashga  bo‘lgan 
ishonchini  qozongan.  Dastlab  ushbu  an’ana  qadimiy  Sharqda  vujudga 
kelgan  bo‘lsa,  keyinchalik  qadimgi  Gretsiya,  Rim  hamda  Yevropaga 
tarqalgan.  
Qadimgi Gretsiyada davlat va uning rasmiy xodimlari, zargarlar, 
savdogarlar  va  boshqa  zodagonlar  ibodatxonalarning  (Delfiy,  Deloss, 
Samoss,  Efess  kabi  ibodotxonalar)  alohida  shaxslariga  pul  mablag‘-
larini  saqlash  va  tegishli  operatsiyalarni  amalga  oshirishga  ishonch 
bildirib,  ularga  pul  mablag‘lari  va  qimmatbaho  metallarni  saqlash, 
shuningdek,  ularning  topshiriqlariga  binoan  hisob  –  kitoblarni  amalga 
oshirishga  ruxsat  bergan.  Buning  barobarida,  mamlakatda  mehnat 
taqsimoti va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, o‘zaro moliyaviy 
ayirboshlash  hajmining  ortishi  natijasida  ushbu  ibodotxonalarda  pul 
ishlari  bilan  shug‘ullangan  shaxslar  moliyaviy  vositachilar  sifatida 
maydonga chiqa boshladi.  
Taxminan eramizdan oldingi VII asrlarda yirik ibodatxonalarning 
kichik  –  kichik  moliyaviy  vositachilik  do‘konlariga  aylanib  borishi 
natijasida,  shuningdek,  pul  muomalasini  tartibga  solishda  muammo-
larning  vujudga  kelayotganligi  sababli  metall  tangalarni  muomalaga 
chiqarish  va  pul  muomalasini  tartibga  solish  huquqini  davlat  o‘z 
qo‘liga ola boshladi. 
Hozirgi  kunda,  siz  bilan  biz  bank  sifatida  biladigan  moliyaviy 
muassasalarning  dastlabki  ko‘rinishlari  XVI  asrda  Angliyada  vujudga 
kelgan.  E’tiborli  jihati  shundaki,  dastlabki  bankirlar  oltin  metallardan 
turli  zebu  –  ziynatlar  yasaydigan  zargarlar  yoki  yirik  savdo  bilan 
shug‘ullanadigan savdogarlar ichidan chiqqan. Shuningdek, Florensiya 
va  Venesiyada  XVI  asrda  jirobanklar  vujudga  keldi.  Keyinchalik 
                                           
66
 Деньги, кредит, банки: Учебник/Кол. авт. Под ред. О.И.Лавшурина. М.: КНОРУС, 2007. С.319 – 324. 


195 
banklar  Amsterdam,  Gamburg,  Milan,  Nyurenberg  kabi  yirik 
shaharlarda  tashkil  topa  boshlagan.  Ushbu  banklar  asosan  yirik 
savdogarlarning  oltin  tangalarini  saqlash  va  ularning  to‘lov  hisob  – 
kitoblarini amalga oshirish bilan shug‘ullangan.  
Jirobanklar  o‘zaro  doimo  bir  birlari  bilan  bog‘liqlikda  ish 
yurituvchilar va savdogarlar tomonidan tashkil etilgan. Ular ma’lum bir 
muddatda,  masalan  haftada  bir  yig‘ilishib,  o‘zaro  hisob-kitoblarni 
amalga  oshirishgan,  yig‘ilish  yumaloq  stol  atrofida  amalga  oshirilgan. 
Bunda  agar  bir  ishtirokchi  to‘lovga  noloyiq  bo‘lib  qolsa,  noto‘lovlik 
zanjiri  vujudga  kelgan,  bu  hol  ko‘pincha  “yumaloq  stol”ning  darz 
ketishiga, ya’ni bankrot bo‘lishiga olib kelgan.  
Hozirgi  paytda  faoliyat  yuritayotgan  Markaziy  bankka  o‘xshagan 
bank  birinchi  marta  Stokgolmda  1650  yilda,  keyinchalik  1694  yilda 
Angliyada  tashkil  topgan  bo‘lib,  bu  bank  pul  emissiyasini  amalga 
oshirish,  mamlakatda  tijorat  banklari  faoliyatini  tartibga  solish  kabi 
ishlarni  bajargan.  Banklar  yirik  savdogarlar,  zargarlar  va  boshqa  shaxs-
larning hisob – kitoblarini bajarish bilan birga, jamiyatdagi vaqtinchalik 
bo‘sh  pul  mablag‘larini  jalb  qilish  asosida  juda  yirik  miqdorda  ssuda 
kapitalini  jamg‘aradilar,  ushbu  mablag‘  kredit  sifatida  iqtisodiyotning 
turli bo‘g‘inlariga yo‘naltiriladi. Shu tariqa, kapitalistik jamiyatda “bank” 
deb  yuritiladigan  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‘ullanuvchi  “kor-
xona”lar  tashkil  topdi.  Banklarning  mohiyatiga  iqtisodiy  adabiyotlarda 
turli  yondashuvlar  mavjud.  “Bank”  etimologiyasiga  e’tibor  qaratadigan 
bo‘lsak,  “bank”  so‘zi  qadimgi  fransuzcha  “banque”  va  italiyancha 
“bansa” so‘zlaridan paydo bo‘lib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglati-
shining guvohi bo‘lamiz.  

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish