Bobga oid testlar
1. Kredit bahosini belgilovchi asosiy omilni ko‘rsating.
A. Kredit miqdori.
B. Kredit foizi.
190
D. Kredit muddati.
E. Kredit ta’minoti.
2. Kredit marjasi nimani anglatadi?
A. Kreditning boshlang‘ich foizi va suzib yuruvchi foizi
o‘rtasidagi farq.
B. Kreditning summasi va uning ta’minoti o‘rtasidagi farq.
D. kredit summasi va uni qaytaradigan summasi o‘rtasidagi farq.
E. Bankning krediti bo‘yicha foiz stavkasi va Markaziy bank
qayta moliyalash stavkasi o‘rtasidagi farq.
3. ......................................foizlarni hisoblash asosiy qarzning
qoldiq summasidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
A. Oddiy foiz stavkasida.
B. Diskont foiz stavkasida.
D. Murakkab foiz stavkasida.
E. Aralash foiz stavkasida.
4. ..........................hisoblangan foizlar asosiy qarz qoldig‘iga
qo‘shilib hisoblanadi.
A. Oddiy foiz stavkasida.
B. Diskont foiz stavkasida.
D. Murakkab foiz stavkasida.
E. Aralash foiz stavkasida.
5. Kreditlar bo‘yicha qaysi foiz stavkasida inflyatsiya darajasi
hisobga olinadi?
A. Nominal foiz stavkasida.
B. Oddiy foiz stavkasida.
D. Murakkab foiz stavkasida.
E. Real foiz stavkasida.
6. Qanday turdagi foiz stavkasi rivojlangan mamlakatlar bank
amaliyotida
inflyatsiya
yuqori
bo‘lgan
sharoitda
kreditlar
qadrsizlanishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi?
A. Oddiy.
B. Antisipativ.
D. Murakkab.
191
E. Dekursiv.
7. Kredit bahosining funksiyalari to‘g‘ri keltirilgan qatorni
aniqlang.
A. Maqsadlilik, foizlilik, ta’minlanganlik, qaytarishlilik.
B. Qiymat, muomala, to‘lov, xalqaro.
D. Bankrotlikdan himoya qiluvchi, zarur mablag‘, ta’minot,
rivojlanish regulyatori.
E. Taqsimlash, rag‘batlantirish, tartibga solish, himoyalash.
8. Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari, xizmat
haqi va komission to‘lovlar qonun va qonun osti hujjatlariga muvofiq
banklar tomonidan qanday belgilanadi?
A. Mustaqil ravishda.
B. Markaziy bank qayta moliyalash stavkasiga ko‘ra.
D. Yirik kreditlar o‘rtacha foiz stavkasiga ko‘ra.
E. Depozitlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasiga ko‘ra.
9. Qaysi qonunchilik hujjatiga muvofiq kredit shartnomasida bir
tomon - tijorat banki yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi
subyektga
(qarzdorga)shartnomada
ko‘rsatilgan
miqdorda
va
belgilangan shartlar asosida pul mablag‘larini (kredit) berish, qarz
oluvchi esa olingan pul mablag‘larini va undan foydalanganlik uchun
foizlarni qaytarish majburiyatini oladi?
A. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun.
B. “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi
qonun.
D. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.
E. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.
10. Qaysi qonunchilik hujjatiga muvofiq banklar kredit
operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdorini
mustaqil belgilaydilar?
A. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun.
B. “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi
Qonun.
D. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.
E. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.
192
11. Qaysi qonunchilik hujjatiga muvofiq banklar o‘z mijozlari
bilan o‘zaro munosabatlarni shartnomalar asosida amalga oshiradi?
A.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi
Qonun.
B. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun.
D. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.
E. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.
12. AQShda kredit bahosi shakllanishining qaysi modelida bank
tomonidan jalb qilinadigan mablag‘lar va kredit amaliyoti bo‘yicha
bankning operatsion xarajatlari hisobga olingan holda kredit bahosi
shakllantiriladi?
A. “Baho Yetakchiligi” modeli.
B. “Qiymat-foyda” modeli.
D. “Qiymat plyus” modeli.
E. “Praym-rayt” modeli.
13. «Praym-rayt» stavkasi qaysi muhim stavkalar o‘zgarishi
natijasiga asoslanadi?
A. Moliya bozori.
B. Pul bozori.
D. Fond bozori.
E. Depozit bozori.
14. LIBOR stavkasining mazmuni nima?
A. London banklararo foiz stavkasi.
B. Lyuksemburg banklararo foiz stavkasi.
D. Lixtenshteyn banklararo foiz stavkasi
E. Latviya banklararo foiz stavkasi.
15. UZIBOR stavkasining mazmuni nima?
A. O‘zbekiston banklararo depozit stavkasi.
B. Ukraina banklararo depozit stavkasi.
D. Urugvay banklararo depozit stavkasi.
E. AQSh (USA) banklararo depozit stavkasi.
193
Do'stlaringiz bilan baham: |