Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

Kredit foiz stavkasi 
(“praym-reyt” dan 
past) 

Pul bozorida mablag‘ 
jalb qilish bo‘yicha 
xarajatlar 

Riskni qoplash va 
daromad olish 
uchun ustama 
 
“Praym-reyt”  stavkasidan  farqli  ravishda  past  stavkalar  amali-
yotda  keng  qo‘llanila  boshlandi.  Bu  foiz  stavkalar  bankning  mablag‘-
larni  jalb  qilish  borasidagi  stavkalariga  tenglashib  qolgan  edi.  Ushbu 
stavkalarning  joriy  qilinishi  “praym-reyt”  stavkasining  bazaviy 
stavkasi funksiyasini yo‘qolishiga olib keldi. 
“Qiymat–foyda”  modeli
 
asosida  kredit  stavkasini  o‘rnatish. 
AQShda  bank  amaliyotida  tijorat  banklarining  barcha  xarajatlarini  va 
kreditlash  faoliyatida  yuzaga  keladigan  risklarni  qoplay  oladigan 
hamda  bank  uchun  yetarli  daromadni  ta’minlaydigan  kredit  bahosi 
shakllanishining  murakkab  modellari  ishlab  chiqilib  amaliyotda  keng 
qo‘llanilmoqda.  Shunday  modellardan  biri  “Qiymat–foyda”  modeli 
hisoblanadi.  Bu  modelga  muvofiq,  bank  zarur  moliyaviy  resurslarni 
jalb  qilishi,  kreditlash  amaliyoti  xarajatlarini  qoplashi  va  natijada 
yetarli foydaga erishishi ko‘zda tutiladi. 
“Qiymat–foyda” modeli bo‘yicha kredit foizini belgilash alohida 
amaliy ko‘rsatkichlar asosida hisob-kitob qilib ko‘rsatilgan.  
Tijorat  banklarida  mijozlarni  toifalarga  ajratish  va  unga  mos 
ravishda kredit bahosini shakllantirish bir qator afzalliklarga ega: 
-  birinchidan,  tijorat  banklari  yirik  mijozlarini  kreditlash  kichik 
kredit  kreditlarga  nisbatan  kam  xarajatli  bo‘lib,  yuqori  daromad 
keltirishni ta’minlaydi; 
-  ikkinchidan,  bankning  kichik  mijozlari  kreditlash  amaliyoti 
xarajatlari oshib, kredit bahosining yuqori shakllanishiga olib keladi.  
Shunday ekan, bank mijozlarini pul tushumlariga asosan toifalar-
ga  ajratish  va  ularga  mos  ravishda  kredit  bahosini  shakllantirish  maq-
sadga muvofiq hisoblanadi.  
Mijozlarning  moliyaviy  holatini  tahlil  qilish,  kredit  ta’minoti 
sifatini  baholash,  kreditning  maqsadi  va  boshqa  omillar  tahlili 
natijasida  kredit  riski  darajasi  baholanadi.  Foiz  stavkalarini  belgilash 


188 
jarayonida  muammolar  paydo  bo‘lsa,  u  holda  har  bir  mijoz  uchun 
alohida stavka belgilanishi xususida qaror qilinishi zarur. 
Ayrim  mamlakatlarning  (Singapur, Malayziya) bank amaliyotida 
ba’zi toifadagi mijozlarga nisbatan past foiz stavkada kreditlar taqdim 
etiladi.  Buning  sababi,  mijoz  olgan  kreditidan  keladigan  daromadidan 
tashqari  boshqa  operatsiyalarini  bajarish  orqali  bankka  ko‘proq  foyda 
keltiradi. Natijada  bank  mijoziga kredit berishdan olinadigan daromad 
pasayishi  kuzatiladi,  lekin  aslida  bankning  mijoz  bilan  bo‘ladigan 
boshqa munosabatlaridan oladigan daromadlari uning o‘rnini qoplaydi.  
Jismoniy  shaxslarni  kreditlash  va  ularga  taklif  etilayotgan  foiz 
stavkalarini  o‘rganishda  Rossiya  tajribasiga  murojaat  qilishni  maq-
sadga  muvofiq  deb  o‘ylaymiz.  Chunki  Rossiya  tijorat  banklari  amali-
yotida  kredit  xizmatlari  qo‘shimcha  to‘lovlarning  joriy  qilinishi 
mijozlarning  kreditni  qaytarish  imkoniyatlarini  pasaytirdi  va  natijada 
bank kreditlarining qaytmasligiga olib keldi. Shu o‘rinda Rossiya bank 
amaliyotida  mavjud  ko‘rsatkichni  keltirib  o‘tamiz.  Rossiya  Federat-
siyasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari G.Melikyanning ta’kidlashicha, 
ayrim tijorat banklari kredit portfelida mavjud muammoli kreditlarning 
30  foizi  aynan  bank  kreditlari  bo‘yicha  bahoning  noto‘g‘ri  va  yuqori 
shakllantirilganligi hisobiga yuzaga kelgan
65
.  
Rossiya bank amaliyotida qarz oluvchi mijozlarga kredit bahosini 
aniq  ifodalovchi  kredit  foiz  stavkalarining  ijobiy  darajasini  ta’minlash 
bo‘yicha  majburiy  tartib  ishlab  chiqilgan.  Unga  muvofiq  tijorat 
banklari  jismoniy  shaxslarga  beradigan  kreditlari  bo‘yicha  foiz 
stavkalarni  ijobiy  darajasini  ta’minlashi  va  u  to‘g‘risidagi  ma’lumot-
larni qarzdorga taqdim etishi talab etiladi. Rossiya Markaziy bankining 
“Jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan kreditlar bo‘yicha samarali foiz 
stavkalarni  ta’minlash  tartibi  to‘g‘risida”gi  (29.12.2006  yilda  qabul 
qilingan)  tartibiga  muvofiq,  barcha  tijorat  banklari  kreditlar  bo‘yicha 
foiz stavkalarining ijobiy darajasini ta’minlagan holda, o‘z mijozlariga 
taqdim qila boshladi.  

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish