Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Xizmat safari xarajatlari



Download 1,1 Mb.
bet96/149
Sana21.03.2022
Hajmi1,1 Mb.
#505125
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   149
Bog'liq
2 5310129683092735966

Xizmat safari xarajatlari — tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safarlari joyiga borish va qaytib ke-lish uchun haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan joyni band qilib qo‘yish haqi. Yo‘l hujjatlari bo‘lma-gan taqdirda, xarajatlar temir yo‘l transportidagi yo‘l haqi qiymati miqdorida, lekin avto chipta qiymatining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun sutkalik xarajatlar xizmat safariga yuborilgan ishlarga jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari va mehnat shartnomalarida ko‘zda tutilgan miqdorlarda, lekin Toshkent shahrida, shahar va viloyatlar markazlarida - 0,1, boshqa shaharlar va aholi yashaydigan punktlarda - 0,08dan kam bo‘lmagan holda belgilanadi (respublika bo‘yicha o‘rnatilgan eng kam oylik ish haqiga nisbatan koeffitsientlarda).

23-rasm. Xizmat safari xarajatlari41
Agar mehmonxonalarni lyuks-nomerlarida (xonalarida) yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda, turar joy xonasini ijaraga olish bo‘yicha haq to‘lash ushbu nomerni (xonani) qiymatini 70% miqdorida amalga oshiriladi.
Turar joy xonasini ijaraga olganlikni tasdiqlovchi hujjatlar yo‘q bo‘lgan hollarda, xarajatlar har bir sutka uchun belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorini 2% miqdorida qoplanadi.
Ishchi xizmat safaridan qaytgan kundan e’tiboran uch kun mobaynida avans (bo‘nak) hisobotini taqdim qilishi shart. Ushbu hisobotga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat safari guvohnomasi va xizmat safarida haqiqatda qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Hisobdor shaxslar bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
4220-“Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar”;
4230-“Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar”;
6970-“Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarzlar”.
Hisobdorlikka berilgan summa pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan, jumladan 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”, hisobvaraqlari bilan bog‘langan holda, ushbu hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi.
Qarzning qoplanishi, xarajatlar va xarid qilingan qiymatliklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar yoki amalga oshirilgan sarf-xarajatlarning tavsifidan kelib chiqib boshqa hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda, ushbu hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarning sintetik hisobi 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar” schyoti yuritiladi. Xizmat safariga yuborilgan xodimlar soni qarab 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar” schyoti bo‘yicha analitik (4221, 4222,...) schyotlar ochish mumkin.
4230 “Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar” schyotida mayda xo‘jalik xarajatlari uchun, hisobdorlik ostida vakillik xarajatlari uchun ekspeditorga berilgan bo‘naklarni hisobga olish mumkin. Vakillik xarajatlariga korxonaning o‘zaro hamkorlik o‘rnatish yoki uni saqlab turish, shuningdek korxonaning boshqaruv va nazorat organlari majlislariga kelgan ishtirokchilarni qabul qilish hamda ularga xizmat ko‘rsatish maqsadlarida qiladigan xarajatlari kiradi. Bu xarajatlar mazkur shaxslarning rasmiy qabulini o‘tkazish, ularni transport bilan taminlash, muzokaraaar vaqtida bufet xizmati ko‘rsatish xarajatlari, ziyofatlar va bo‘sh vaqtni tashkil etish, korxonaning shtatida turmagan tarjimonlar xizmatiga haq to‘lash xarajatlaridir.
6970-“Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarzlar” schyoti korxona xodimlariga ma’muriy-xo‘jalik va operatsion xarajatlar, xizmat safarlari uchun berilgan hisobdorlik summalari bilan haqiqatda sarflangan summalar o‘rtasidagi farq natijasida kelib chiqadigan qarzlarni aks ettiradi.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish