Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Download 1,1 Mb.
bet66/149
Sana21.03.2022
Hajmi1,1 Mb.
#505125
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   149
Bog'liq
2 5310129683092735966

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar

  1. O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimi qanday?

  2. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining mazmuni va ahamiyati nimadan iborat?

  3. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari nima va ularning ahamiyati qanday?

  4. Nechta buxgalteriya hisobi milliy standarti mavjud va ularni qisqacha ta’riflang.

  5. Korxona hisob siyosatining mazmuni nimadan iborat?

  6. Buxgalteriya hisobining uslubiy, tashkiliy va texnik ta’minoti deganda nimani tushunasiz?

  7. Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish bo‘yicha asosiy hujjatlarni aytib bering.

  8. Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish handay amalga oshiriladi?

  9. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish prinsiplari nimalardan iborat?

  10. Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning asoslari va ahamiyati nimada?

  11. Buxgalteriya hisobining qanday tizimlari mavjud?

  12. Buxgalteriya xizmati qanday vazifalarni bajaradi?

  13. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etishning qanday shakllarini bilasiz?

  14. Bosh buxgalterning huquqi, majburiyatlari va javobgarligi nimalardan iborat?



11-BOB. PUL MABLAG‘LARI VA VALYUTA OPERATSIYALARI HISOBI


11.1. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining vazifalari

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri va aniq tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasi, odatda, barcha to‘lov va hisob-kitob muomalalarini amalga oshiradi hamda ushbu muomalalarni qonunlarga muvofiq, o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish ustidan nazoratni amalga oshiradi.25


Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarning pul mablag‘lari, hoh u o‘z mablag‘i bo‘lsin, hoh qarzga olingan bo‘lsin, kassada saqlanuvchi pul qoldiqlari va oborotda foydalaniladigan tushumning bir qismidan tashqari, uning bankdagi hisob-kitob schyotida saqlanishi lozim. Bank korxonaning hisobvaraqlaridan pulni o‘tkazish va berish to‘g‘risidagi hamda bank qoidalari va bank bilan korxona o‘rtasidagi shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa muomalalarni o‘tkazish haqidagi farmoyishlarini bajaradi.
Hisob-kitob muomalalarini bank orqali o‘tkazish korxonalarning o‘zlari belgilagan ish haqi fondlariga, xizmat safarlari va xo‘jalik xarajatlari limitlariga rioya qilishlarini har tomonlama nazorat qilish, korxonaning davlat byudjeti bilan soliqlar, yig‘imlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilishini, mol etkazib beruvchilarning hisobvaraqlari va to‘lov talabnomalariga o‘z vaqtida haq to‘lashni kuzatib borish, korxonaga turli maqsadlar uchun, muayyan ta’minot hisobidan ssudalar berish va mazkur ssudalarning belgilangan muddatda qaytarilishini kuzatish va hokazolar imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobi oldida pul mablag‘lari, to‘lovlar, hisob-kitoblar va kreditlarni hisobga olish borasida quyidagi asosiy vazifalar belgilangan:

  • korxonaning pul mablag‘larini samarali boshqarish maqsadlari uchun zarur axborot bilan ta’minlash;

  • mazkur sharoitlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etgan holda naqd pulsiz o‘tkazishlar va naqd pullar vositasida zarur to‘lovlar va hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish;

  • hisob registrlarida to‘lov va hisob-kitob muomalalari pul mablag‘larining mavjudligi hamda harakatini to‘liq va tezkor aks ettirish, zero korxona pul mablag‘larining harakati korxona amaliy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi;

  • pul mablag‘laridan korxonada ishlab chiqilgan limitlar va smetalarga muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish;

  • pul mablag‘lari va o‘zaro hisob-kitoblar holatining inventarizatsiyasini tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda o‘tkazish;

  • kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa hisobvaraqlarda pullar mavjudligi va butligini nazorat qilish;

  • qisqa muddatli investitsiyalar bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida hisobga olish.

Bosh buxgalter xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlashi kerak: kelib tushayotgan barcha pul mablag‘larining to‘liq hisobi, shuningdek, boshqa xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda debitorlik qarzlarini undirish va kreditorlik qarzlarini uzish, to‘lov intizomiga rioya etish, pul mablag‘lari, to‘lovlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar va majburiyatlar holatini belgilangan muddatlarda inventarlash, amaldagi qonunchilikka muvofiq undirish mumkin bo‘lmagan, da’vo qo‘zg‘ash muddati o‘tib ketgan qarzlarni buxgalteriya balanslaridan o‘chirish.
Kompaniyalarning naqd va naqdsiz ko‘rinishdagi pul mablag‘larini samarali boshqarish uchun zarur axborotlar bilan to‘plash va o‘rganizsh.



Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish