Doiradan doiraga
Bir vaqtning o’zida bir necha komanda musobaqalashadi. Ular umumiy start chizig’i orqasida bir kishilik qatorda turadilar. Ham bir komanda oldida start chizig’i yonida diametri 2 m li doira chiziladi. Keyin 8 m narida yana shunga o’xshash doira chiziladi. Bu yerga komandalarning birinchi turgan o’yinchilari joylashadilar. Rahbar signalidan keyin birinchi turgan o’yinchilar start chizig’i oldidagi doirada turgan ikkinchi o’yinchilarga to’pni pastdan tepib yo’naltiradi. Ikkinchi turgan bolalar to’pni to’xtatib, xuddi shu usulda to’pni orqaga, birinchi turgan bolalarga qaytaradilar, o’zlari esa orqaga aylanib, yugurib qator oxiriga borib turadilar. Start chizig’i oldidagi doirani uchinchi o’yinchilar egallaydilar va hokazo.Birinchi turgan o’yinchilar qator oxirida turgan o’yinchilardan to’pni olganlaridan keyin uni doirada qoldirib, tezda o’rinlarini ikkinchi o’yinchilar bilan almashadilar. Har bir komanda o’yinchilari birinchi o’yinchilar o’rnida bo’lmagunlaricha o’yin davom etadi.O’yin vaqtida har bir noaniq uzatilgan to’p uchun (to’p doira yonidan o’tsa, to’p aniq to’xtatilmasa, to’p doira tashqarisiga chiqib ketsa), komandaga bitta jarima ochko beriladi. Kam jarima ochko olgan komanda o’yinda g’olib chiqadi.
Salom, olimpiada
O’quvchilar teng 3—4 komandaga bo’linib, bir qatordan bo’lib, start chizig’i orqasida saf tortib turadilar. Har bir komandaning birinchi besh o’yinchisi qo’lida chambarak bo’ladi. Start chizig’iga 20—25 m masofada emblemalarni qo’yish uchun chiziq o’tkaziladi. Bu chiziqdan 3- 5 m nariga aylanib o’tish uchun bayroq qo’yiladi O’qituvchi komandasidan so’ng komandalarning birinchi besh o’yinchisi emblemalarni chiziqlarga joylashtirib, so’ngra bayroqchani aylanib o’tib, orqaga qaytib kelib, estafetani komandalaridan keyingi besh o’yinchiga beradilar. Ular o’z navbatida chambarakni uchinchi besh o’yinchiga olib kelib beradilar. Ular esa, kelishilgan joyga borib, yana olimpiada emblemasini tuzadilar.Agar har bir komandada 11 ta o’yinchi bo’lsa, unda oltichi o’yinchi bayroqchani aylanib o’tib, orqaga qaytib kelib, estafetani uzatadi, shundan so’ng qolgan o’yichilar emblemadagi chambarakni olib, bayroqchani aylanib o’tib, estafetani uzatadilar.Har bir o’qituvchi komandalardagi o’ynovchilar soniga qarab o’yin turlarini tanlashi mumkin.
Komandalar start chizigi orqasida saf tortib turadilar. Masofaning eniga 3—4 ta uzun elastik rezina ip tortiladi. Rezina iplar orasidagi masofa 4—5 m bo’ladi.Signal berilgandan keyin o’yinchilar ketma-ket masofani old va orqa tomonga ham to’siqlardan sakrab o’tadilar. To’siqlar o’yinchilar yoniga va jismoniy tayyorgarligiga qarab past yoki baland ko’tariladi. Estafetani birinchi bo’lib bajargan va kam xatoga yo’l qo’ygan komanda yutgan hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |