"Maket"bo'yicha yugurish sportchilarning tezligini samarali oshiradi:
150-300 metrlik segmentda sportchi yo'lning bir qismini o'zi uchun mumkin bo'lgan maksimaldan 90% tezlikda harakat qiladi;
Boshqa qismida tezlik pasayadi;
Marrada maksimal yugurish tezligiga etadi.
Tezlik mashqlari orasida tavsiya etiladi. bo'sh vaqt, va qatorlar orasida cho'zish amalga oshiriladi.
Boshlang'ich yuguruvchi murabbiy tomonidan tavsiya etilgan o'quv tizimiga rioya qilishi kerak.
Eng yaxshi natijalarga erishishda sizga yordam beradigan bir nechta maslahatlar:
to'g'ri poyabzal.. tanlang Oyog'ingiz uchun eng yaxshi variantni taklif qiladigan mutaxassis bilan bog'lanishni o'ylab ko'ring. 600-800 kilometrdan keyin krossovkalarni almashtirish yaxshiroqdir;
Tananing barcha qismlarini sekin sur'atlarda va qisqa masofalarda harakatlantirish texnikasini diqqat bilan ishlab chiqing;
shoshilmang, dastlab bir qadamga o'ting;
to'g'ri ovqatlanishga o'ting va ko'proq suv iching;
mashq qilishni uglevodorodli, yengil ovqatdan 90 daqiqadan so'ng yoki og'ir, yog'li yoki oqsilga boy ovqatdan 2-3 soat o'tgach boshlang.
O'rta va uzoq masofalarga yugurish bir xillik, chidamlilik va kuchlarning to'g'ri taqsimlanishini talab qiladi. Professionallar maslahatidan foydalaning va yangi rekordlarni o'rnating!
ASOSIY ADABIYOTLAR
Normurodov A.N. Engil atletika. O’quvuslubiy qo’llanma. T.: 2002
Normurodov A.N. Jismoniy tarbiya. O’quvuslubiy qo’llanma. T.: 2011.
Normurodov A.N., Morgunova I.I., Jismoniy tarbiya fanidan namunaviy dastur (bakalavr yo’nalishi uchun), T.: Fan va texnologiyalar. 2004.
Savollar
1. Yengil atletika necha turdagi mashqlardan iborat?
2. Sportcha yurishidagi asosiy qoida?
3. irg’itish mashqlarini bajarish xususiyatlari?
4. Ayollar ko’pkurashi necha turlardan iborat?
5. Erkaklar ko’pkurashi necha turlardan iborat?
6. Bir bosqichga yugurish nimaga teng?
7. 1 bosqichga yugurish qanday nomlanadi?
8. 2 bosqichga yugurish qanday nomlanadi?
9. 24 bosqichga yugurish qanday nomlanadi?
10. ≪Pentatlon≫ necha turlardan tashkil topadi?
TEST
Yugurib kelib uzunlikka sakrash erkaklar uchun masofasi qancha boladi?
A) 35-45m
60-72 m
21-54 m
30-50m
2.Yugurib kelib uzunlikka sakrash ayollar uchun qancha metr boladi?
A) 30-35m
B) 20-25m
C) 40-42m
D) 25-55m
3. Marafon yugurish masofasi necha metr?
A) 42km 195m
B) 35km 185m
C) 44km 155m
D 41km 195m
Yugurib kelib uzunlikka sakrashda nechta faza kuzatiladi?
4 ta
5 ta
6ta
3 ta
Yugurib kelib uzunlikka sakrashda qaysi jismoniy sifat yuqori darajada bolishi lozim?
Tezkorlik
Kuch
Chaqqonlik
Egiluvchanlik
Yugurish yolagini masofasi qancha?
1 m
1.5 m
1.25m
2 m
7. Спорт мусобақалари неча тизимда ўтказилади?
А) 3 та
Б) 4 та
С) 5 та
Д) 6 та
8. Спортда стресс сўзини маъноси нима?
А) босим , зўриқиш
Б) қўрқув, чарчоқ
С) кучдан қолиш
Д)Вахима
9. Sprintrlar deb kimlarga aytiladi?
A)uzoq masofaga yuguradigan sportchilarga
B) o’rta masofaga yugiruvchilar
S) Qisqa masofaga yuguruvchilar
D) marafon yuguruvchilar
10. Olimpiada xalqalaridagi ko’k rang qaysi qit’ani ta’riflaydi?
A)Osiyo
B) Evropa
S) Afrika
D)Amerika
11,"Katta sport" o’z oldiga qanday maqsad qo’yadi?
|
A)Yukori natijalar va rekordlarni o’rnatadi
|
B)jismoniy tarbiya va sportii targ’ib qiladi
|
S)inson salomatligini yaxshilaydi
|
D)xalqlar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlaydi
|
12..Jismoniy sifatlar necha turga bo’linadi?
A)5 ta
B)4 ta
S)6 ta
D)7 ta
13 Qaysi sport turi qizlar uchun xos?
A)muz ustida figurali uchish
B) sport gimnastikasi
S) badiiy gimnastika
D) suv polosi
14 Yozgi Olimpiada o’yinlarida birinchi o’zbek sportchisi kim?
A)Ruslan Chagaev
B) Oksana Chusavitina
S) Muxammadqodir Abdullaev
D) Artur Taymazov
15 O’zbnkiston iftixori bo’lgan futbolini aniqlang?
A) Ravan Ermatov
B) Odil Axmedov
S) Selver Jeparov
D) Abbos Maxsitaliev
16 Engil atletika necha turga bo’linadi?
A)4 ta
B) 5 ta
S) 6ta
D) 3 ta .
17.Jismoniy mashqlar yuklamasi bu…
|
A)Jismoniy mashqlar organizmga ta’siri
|
B)Jismoniy mashqlar o’lchami
|
S)Jismoniy mashqlar ko’rinishi
|
D)To’g’ri javob yo’q
|
18.Jismoniy tarbiyada qaysi omillar o’zaro aloqada bo’ladi
|
A)Biologik, psixologik , ijtimoiy omillar
|
B)Gigena va fiziologik omillar
|
S)Psixologik va pedagogik omillar
|
D)Ijtimoiy va biologik omillar
|
19.2008 yil olimpiada o’yinlari qayerda o’tkaziladi?
A) Afinada
B) Sidneyda
S)Pekinda
D) Londonda
20. Uzoq masofaga yugurishda qaysi davlat sportchilari yetakchi hisoblansadi?
A) Kenya
B) Yamayka
C) Efioppiya
D) Rossiya
5-mavzu: Sport o’yinlari. Voleybol sport o’yini qoidalari. To’plar bilan maxsus mashqlar
Zamonaviy voleybol musobaqaning qoidalari haqida qisqacha ma`lumotlar:
maydoncha 9 xl8 m, chiziqlar kengiigi 5 sm;
o`yin maydonini chegaralovchi antennalarning balandligi 180 sm;
to`rning balanligi erkaklar uchun 243 sm, ayollar uchun 224 sm;
to`pni aylana uzunligi 66±1 sm, diametri 21±0,3 sm, og`irligi 270±10g;
har partiyada 6 o`yinchi almashinuviga ruhsat beriladi.
Asosiy o`yinchi 1 marta almashtirilishivaqaytib o`yinga tushishi mumkin;
o`yin 3 yoki 5 partiyadan iborat bo`ladi;
har partiyada hisob 15 gacha, agar 15:15 bo`lib qolsa eng yuqori hisob 17 ochkogacha davom etadi.
Hal qiluvchi partiya taymbreyk tarzida o`tadi, hisob toki 2 ochko farq qilguncha davom etadi
O`yin to`xtatiladi va xato e`lon qilinadi: to`p kiritishda:chiziq bosilsa, to`pni irg`itmasdan o`yinga
kiritilsa, to`p kiritish navbati buzilsa,
to`p to`rga yoki begona predmetlarga tegsa, to`p kiritish jarayoni 5 soniyadan ortsa;
to`p uzatish va qabul qilishda:
to`p bir vaqtni o`zida yoki ketma-ket bir o`yinchi tomonidan 2 marta o`ynalsa, ilib uzatilsa, yoki qabul qilinsa, bir jamoa o`yinchilari (to`siqdan tashqari) 3 martadan ortiq to`p bilan harakat qilsalar;
zarba va to`siq qo`yishda:o`yinchi to`rga tegib ketsa, o`rta chiziqdan o`tib ketsa, to`pni ilib o`ynalsa,to`p antennadan tashqari yoki antennaga tegib ketsa, raqib tomondagi to`p o`ynalsa.
Qoidalar rasmiy holda to`liq 1946 yilda joriy etilgan, lekin 1951 yilga kelib Marselda FIVB Kongressi tomonidan tasdiqlandi.
1947 yil - erkaklar o`rtasida o`yin 5 partiyadan iborat
1950 yil - ayollar o`yini 5 partiyadan iborat
1952 yil - tanaffus 1 partiyada 2 marta
1957 yil - tanaffus 1 min.dan 30 sek.gacha qisqaradi
1961 yil - o`yinchini almashtirish 6 taga oshdi
1965 yil - to`siq qo`yuvchi qayta o`ynashi (to`pga tegishi) mumkin, u qo`llarini raqib tomoniga o`tkazishi mumkin
1970 yil - antenna 180 sm
1976 yil - kiritilgan to`pga to`siq qo`yish
Hozir to`pni og`irligi 270±10g, doiraviy uzunligi 66+1 sm
1980 yil - to`p ichidagi bosim R=0,4 - 0,45 kg/sm2
1984 yil - to`pni qabul qilishda tanani beldan baland joyi bilan bir necha bor «tegish» mumkin, to`p o`yinga kiritilayotganda uni to`sish bekor qilinadi.
1988 yil - eng yuqori hisob 17 gacha, hal etuvchi partiya taymbreyk tarzida ochkolar soni 2 ta farq bo`lguncha davom etadi,
1992 yil - to`p tanani tizzadan yuqori barcha joyiga tegishi mumkin.
1998 yil - to`p tanani barcha joyiga tegishi mumkin; hisob 25 gacha, 5 partiyada 15 gacha; har partiyada hisob 8 va 16 bo`lganda 2 ta bir daqiqadan texnik tanaffus beriladi; shundan so`ng jamoalar 2 martadan 30 sek. tanaffus-olishlari mumkin; to`p kiritish 9 metr (o`rta chiziq kengligida) oralig`ida ijro etilishi mumkin; "Libero" o`yinchisi joriy etildi.
2008 yil - to`pni rangi o`zgartirildi (sariq-ko`k); to`siq qo`yuvchilar tomonidan to`rga tegib ketish mumkin" (hujumchi o`yiniga halaqit bermaslik sharti bilan).
Zamonaviy voleybol maydonchasini olchamlari 9x18 m. To`rni uztmligi 9,5 m, kengligi 1m, Kataklari 10x10 sm. Maydoncha chiziqlarini kengligi 5 sm, Antennasi balandligi 180 sm. O`yin qoidalarini atroflicha talqini maxsus bo`limda yoritiladi.
Hakamlarining tarbiyaviy ahamiyati. Hakamlarning va hakamlik qilishning oliy maqsadi nafaqat musobaqa ishtirokchilarining o`yin qoidasiga amal qilishlarini nazorat qilish, balki aynan shu o`yinchilarni tarbiyalashdan iboratdir. Ularda o`yin va munosabat intizomini shakliantirish, hamkorlik, bir-birlarini qo`liab-quvvatlash, o`zaro hurmat, odob va ma`naviy xislat va tuyg`ularni uyg`otish hakamlarning burchidir.
Albatta hakam musobaqa qoidalariga, umuman voleybolga oid barcha yangilik, so`nggi ma`lumotlardan xabardor bo`lishi darkor. Musobaqa nizomini, o`yinlar o`tkaziladigan joylarning shart-sharoitini, meteorologik va moddiy-texnika imkoniyatlarini va hokazo masalalarni bilishi shart.
Hakamni obro`yi - uni kasbiy malakasida, bilimida va ayniqsa odil, adolatli hakamlik qilishidadir.
O`yinchilar o`yin intizomini buzganda, musobaqa qoidalariga rioya qilmay hakam bilan tortishsa, ularga jazo berish o`z vaqtida amalga oshirilishi zarur.
Jazo «ayb»ga yarasha bo`lishi shart. Bordiyu hakam xatoga yo`l qo`ysa, u o`z vaqtida bu xatoni bo`yniga olishi kerak va adolatni tiklashi zurur.
Hakam nafaqat o`yin davomida o`z odobi bilan namuna bo`lishi, balki u boshqa joylarda ham o`zini tuta bilishi kerak.
Hakamlar
birinchi hakam (minbardagi hakam);
Ikkinchi hakam;
hakam-kotib;
- axborot beruvchi hakam;
- 4 ta chiziq hakamlari;
- 6 ta to`p uzatib turuvchilar.
Valeybol (inglizchadan- havodag ito’p yoki to’pni urib qaytarmoq) jamoaviy o’yinlar turiga kiradiю Valeybol 1895 yil AQSHda jismoniy tarbiya o’qituvchisi Vilyam Morgan tomonidan o’ylab topilgan. Uning maydoni bo’yi 18 m eni 9m yani 18x9 metr bo’lib bir jamoada 6 tadan o’yinchi o’z maydonlarini himoya qiladilar maydon o’rtasidan tortilgan to’rning balandligi erkaklar uchun 2.43 sm ayollar uchun 2.24 sm balandlikda bo’ladi.
To’piningo’g’irligi 270- 280 gr bo’ladi. O’yin 3-5 bo’lim bo’lib 23-25 ochko 2 ochko farq bo’lmaguncha oynaladi hozirda bo’limlar 15-13 ga qisqartirilgan. Ikkiga bo’lingan maydonda raqiblar o’z maydonlarida to’pni yerga tushirmasdan 3 o’yinchi almashib bir biriga uzatadilar va raqib kamandaga zarb bilan urib yuboradilar.
To’pni qabul qilish- himoyani bu texnik usuli, raqib hujumidan so’ng o’yinda to’pni to’xtatish imkonini beradi. O’yinda to’pni ikki qo’llab pastdan qabul qilib olish, asosiy usul hisoblanadi. Bu usulda gavda tik yoki biroz oldinga egilgan, to’g’ri qo’llar oldinga pastga tushirilgan, tirsaklar o’zaro yaqinlashtirilgan, kaftlar esa birga bo’ladi.
To’pni yuqoridan qabul qilish usuli kuchli zarbadan uchib kelayotgan to’pga qarshi, qo’llanadi. To’g’ri qo’llar mahkam siqilgan barmoqlar bilan to’pni yo’lini to’sadi. Zarba kaft, musht, bilak yoki yelka bilan bajariladi. Odatda oyoqlar bunday harakatlarda qatnashmaydi.
Maydonning bir tomoni ham ikkiga bo’lingan hujum va himoya zonasi deyiladi shu zonalarda o’yinchilar tartib bilan joylashib o’ynaydilar. Valeybol xalqaro federatsiyasiga 1947 yil asos solingan va 180 dan ortiq mamlakat a’zo. 1964 yildan Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan. 1949 yili jahon birinchiligi o’tkazilgan.
Valeybol to’pini o’yinga kiritishni 4 ta usuli bajariladi 1- pastdan to’g’ri 2- pastdan yon tomondan 3- yuqoridan to’g’ri 4- yuqoridan yon tomondan ushbu o’yin texnikasini umumiy qismi hisoblanib, o’yinga kiritishning barcha turlari uchun barqaror turish, oshirish, qulay to’pni tashlab berish, to’pga zarba berish, valeybolchining navbatdagi o’yin faolyatiga o’tishidir.
To’p uzatish va harakatlanish texnikasi o’rgatish
O’yinda ro’y beradigan vaziyatlarga qarab o’yinchi xolati turlicha bo’lishi mumkin. Jangovor xolat – har qanday yo’nalishdagi harakatlanishga yoki vaziyatga munosib o’yin malakasini darxol bajarishga qaratilgan bo’ladi. Bunda o’yinchi oyoqlarining tayanchi deyarli katta bo’lmaydi ya’ni salgina oyoq uchida turiladi, oyoqlar tizza bo’g’inlaridan birozgina egilgan bo’lib, tana oldinga intilgan bo’ladi. Vaziyatga qarab «jangovor» xolat 3 turda ijro etilishi mumkin.Turg’un xolat – bir oyoq ikkinchi oyoqdan bir oz oldinga joylashadi, tizzalar bukilgan, gavda bir oz oldinga bukilgan, qo’llar tirsak – engak satxigacha ko’tarilgan bo’ladi.
Asosiy xolat – ikki oyoq bir-biridan 20-30 sm oralig’ida parallel joylashgan bo’ladi. O’yingi og’irligi tizzalar bukilgani ikki oyoqka teng taqsimlangan bo’lib gavda oldinga intilgan tirsaklar bukilgan holda qo’llar gavda oldida joylashgan bo’ladi.O’zgaruvchan xolat – yuqorida qayd etilgan u yoki bu xolatlarning texnik nusxasini o’zida mujassamlashtirgan bo’ladi. Harakatlanishlar – turli usullarda amalaga oshiriladi:yurish, yuguruvchi , siljish, xatlash.10
Uzatish texnikasi. To’p uzatish voleybolda asosiy o’yin malakalaridan biri bo’lib, shu o’yin bilan bog’liq bo’lgan barcha texnik – taktik faoliyatni amalga oshirishga imkon yaratuvchi yagona vositadir11.
Uzatish – xujum texnikasiga mansub bo’lib, uni ma’lum vaziyatda taktik mahorat bilan to’g’ridan-to’g’ri ijro etish ochko olish imkonini berishi mumkin.
To’p uzatish – nemis mutaxassisi M. Fidlerni (1970) izohiga binoan – bir vaqtni o’zidan bajariladigan ikki harakat malakasidan iborat bo’ladi. Birinchi «jangovor» xolatdan gavdani og’irlik markazini bir oz pastga tushirish, ya’ni oyoqlarni tizza qismidan salgina egilishidan to to’pni qabul qilishigacha bajariladigan malaka. Bu malaka himoya texnikasiga kiradi. Ikkinchisi – agar to’p maqsadli yo’naliSh bo’yicha ma’lum o’yinchiga aniq etkazib berilsa, bu uzatish deb yuritiladi va xujum texnikasiga kiradi. Uzatish bir necha turlardan iborat bo’ladi: tayanch xolatda ikki qo’llab yuqoridan uzatish, ikki qo’llab pastdan uzatish, bir qo’l bilan yuqoridan va pastdan uzatish, sakragan G’tayanchsizG’ xolatda ikki qo’l yoki bir qo’l bilan yuqoridan uzatish.Uzatish vertikal, gorizontal yoki dioganal ravishda baland, past, uzoq yoki yaqin yo’nalishlarda ijro etilishi mumkin. Ikki qo’llab yuqoridan uzatish texnikasi. «Jangovor»xolat – bir oyoq ikkinchisiga nisbatan oldinga, ikkala oyoq ham tizza qismidan egilgan bo’ladi; kelayotgan to’pni yo’nalishiga, baland - pastligiga va tezligiga qarab xolat yoki harakatlanish - joy tanlash munosib mazmunga ega bo’lishi lozim; to’p yaqinlashganda to’pga nisbatan qarshi harakat oyoqlarni tizza qismidan yozilishi bilan boshlanadi; qo’llarni ko’rsatkich va katta barmoqlari uchburchak shaklida bo’lib, uni orasidan to’pni yaqinlahishi kuzatiladi; bilaklar salgina orkaga egilgan bo’lib, barmoqlar – panja – kaftlar, chumich shaklida bo’ladi; to’p bilan qo’llarni «uchrashuvi» arafasida oyoqlarni tizza qismidan yozilishi, qo’llarni tirsak qismidan yozilishi bilan davom etib, uzatishda to’pni yo’nalishi maqsadga muvofiq ta’minlanishi lozim. Uzatishni so’ngi daqiqasiga oyoq va qo’llar shiddat bilan yoziladi. Uzatish vaqtida barmoqlar amortizatsiya va yo’naltirish ko’rsatish va o’rta barmoqlar esa bilaklarni to’pga qarshi harakati bilan birgalikda uzatishni ta’minlovchi kuch vazifalarini bajaradi. Nomsiz va kichik barmoqlar to’pni yon tomondan uni aniq yo’naltirilishiga yordam beradi. Tayanchsiz xolatda G’sakragan xolatdaG’ ikki qo’llab yuqoridan uzatish texnikasi: aksariyat qisqa balandlikda faqat sakragan xolatda amalga oshiriladi. Ikki yoki bir qo’llab pastdan uzatish (qabul qilish) texnikasi ma’ruzaning «himoya texnikasi» qismida yoritiladi12.
To’pni o’yinga kiritish texnikasi. to’pni o’yinga kiritish – o’yinni boshlash yoki davom ettirish vositasi bo’lsada, u ayniqsa so’nggi yillarda, xujum texnikasi tizimida g’alaba (ochko) keltiruvchi asosiy malakalarga aylanib bormoqda. To’pni o’yinga kiritish bir necha turlardan iborat; turga nisbatan to’g’ri turib pastdan va yuqoridan to’p kiritish; turga nisbatan yon tomon bilan turib pastdan va yuqoridan to’p kiritish; yuqoridan to’g’ri va yon tomon bilan turib to’pga umuman aylanma harakat bermasdan (planiruyushaya padacha) to’p kiritish. Yuqorida qayd etilganidek, to’p kiritish turlari har xil bo’lsada, ularning bir xil xususiyatlari mavjud, chunonchi, dastlabki xolat – chap (o’ng) oyoq bir qadam oralig’ida oldinga joylashadi, harakatlanishning dastlabki bosqichida oyoqlar tizza qismidan bir oz egilgan bo’ladi; Chap qo’lda joylashgan to’pni; pastdan to’p kiritilishida taxminan to’p 20-25 sm balandga vertikal irg’itiladi. Yuqoridan to’p kiritishda to’p taxminan 1,0 m atrofida irg’itiladi; bundan tashkari pastdan to’p kiritishda gavda oldinga bir oz buiklgan bo’ladi, yuqoridan to’p kiritishda esa gavda vertikal xolatda bo’ladi; to’p irg’itilish tananing og’irlik markazi orqa tomonga siljitiladi; gavda va o’ng qo’l barobariga orqa tomonga harakatlanadi.Pastdan to’g’ri turib to’p kiritishda o’ng qo’l erga nisbatan perpendikular ravishda orqaga siljitilib so’ng irg’itilgan to’pni shiddat bilan oldinga – balandga irg’itiladi; pastdan yon tomon bilan turib to’p kiritilganda o’ng qo’l yerga nisbatan parallel ravishda orqaga siljitiladi, so’ng oldi tomonga parallel tomonga shiddat bilan irg’itilgan to’pni oldinga balandga uriladi; yuqoridan to’g’ri turib to’p kiritishda o’ng qo’l yuqoriga vertikal ko’tarilgan xolatda orqa tomonga harakatlantirilib, tirsakdan bukiladi, so’ng qo’l yozilishi bilan bir qatorda old tomonga shiddat bilan harakatlantirilib vertikal xolatga etganda to’p zarb bilan uriladi, tananing og’irlik markazi old tomonga siljishi kerak; yuqoridan yon tomon bilan turgan xolatdan gavda o’ng tomonga egiladi, qo’l orqaga – pastga tushiriladi va qayta shiddat bilan old tomonga harakatlantirilib, vertikal xolatda irg’itilgan to’p zarb bilan uriladi, to’g’ri va yon tomon bilan to’pni aylanma harakatsiz kiritishda zarba beruvchi qo’l to’pdan deyarli qisqa oraliqda bo’ladi va zarba to’pni markaziy nuqtasiga to’g’ri kelishi kerak. Albatta, to’p kiritish texnikasiga yuqorida qayd etilgan uslubiy ko’rsatmalar vaziyatga, to’p kiritish taktikasiga, o’yinchining mahorati va imkoniyatiga qarab u yoki bu tomonga o’zgarishi mumkin13.
Do'stlaringiz bilan baham: |