Toshkent kimyo-texnologiya instituti


METODIK KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH OMIILARI



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/427
Sana29.12.2021
Hajmi3,63 Mb.
#79778
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   427
Bog'liq
kasbiy ta'lim metodikasi

METODIK KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH OMIILARI 
 
Tayanch tushuncha va tamoillar: Kognitiv soha, affektiv 
soha, psixomotorli soha, hamkorlikdagi kasbiy-metodik 
faoliyat, metodlar, shakllar, vositalar, tuzatish kiritish
individuallik, motivlar 
 
Pedagogik  oliy  ta’lim  tizimida  olib  borilayotgan  islohotlar  o‘quv  faoliyati 
mazmunini  yangilash,  yosh  avlodning  ma’naviy-axloqiy  qiyofasini  shakllantirish 
ishiga  mas’ul  bo‘lgan  pedagog  kadrlaming  bilim  va  kasbiy  malakalari  darajasini 
yuqori  bosqichga  ko‘tarish  imkonini  beradi.  Pedagogik  oliy  ta’lim  muassasalarida 
bolajak 
o‘qituvchilaming 
kasbiy 
kompetentligini 
shakllantirish 
orqali 
raqobatbardosh  kadrlami  tayyorlash  jarayonida  muhim  qadam  bo'ladi.  Ushbu 
yo‘nalishda  loyiha  ishining  mazmuni  va  yakunlariga  tayangan  holda  shunday 
xulosalarga kelish mumkin: 
1.  Kasb  ta’limi  o  ‘qituvchisini  kasbiy  kopetentligini  shakllantirish  pedagogik 
va texnik bilimlami fan, ta’lim, texnika, texnologiya va ishlab chiqarish iqtisodiyoti 
sohalaridagi  o‘zgarishlarga  asoslangan  integratsiyasi  ta’lim  jarayonining 
samaradorligini  ta’minlashga  xizmat  qiladi.  Ushbu  jarayon  kasb  ta’limi 
o‘qituvchisini  tayyorlash  mazmunini  asoslash  va  kasbiy  kompetentligini 
shakllantirish  texnologiyasini  yaratishda  muayyan  o‘zgarishlami  amalga  oshirish 
zaruriyatini keltirib chiqardi. 
2. Nazariy manbalar mazmuni bilan tanishish hamda ilmiy ishlar tahlili shuni 
ko‘rsatdiki,  oliy  ta’lim  muassasalari  faoliyatini  o‘rganish  va  kasb  ta’limi 
o‘qituvchilarini  kasbiy  kompetentligini  shakllantirishda  bir  qator  qarama-
qarshiliklar  mavjud  bo‘lib,  bu  kabi  qarama-qarshiliklami  bartaraf  etish  yo‘llaridan 
biri  bo‘lajak  o‘qituvchilami  kasbiy  kompetentliklarini  shakllantirishdan  iborat 
ekanligi  aniqlandi.  Bo‘lajak  kasb  ta’limi  o‘qituvchilarini  kasbiy  kompetentligini 
shakllantirish,  oily  ta’lim  muassasalarida  ulaming  kasbiy  va  shaxsiy  kamolotini 
ta’minlash  uchun  zarur  pedagogik  shart-sharoitlami  yaratish,  kasb  ta’limi  o 
‘qituvchilarini  tayyorlash  mazmuni  va  tuzilmasini  modemizatsiyalash,  psixologik-
pedagogik  sharoitlarini  aniqlash  hamda  uning  sifatini  nazorat  qilish  va  baholash 
mexanizmini  ishlab  chiqish  orqali  mutaxassis  kompetentligini  shakllantirishmng 
asosiy maqsadi qilib belgilab olindi. 
3.  Oliy  ta’lim  muassasasida  tayyorlanayotgan  boiajak  o  ‘qituvchilarining 
kasbiy  kopetentligini  shakllantirish  muammosining  hal  etiiishi  oliy  ma’lumotli 
mutaxassislami tayyorlash ishiga pedagogik va kasbiy faniaming ilg‘or yutuqlarini 
qoMlash,  xususan,  kompyuter  texnologiyalari,  texnologik  yondashuvlar, 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
169
 
talabalaming  bilish  faoliyatlarini  rejali  boshqarish  asosida  faollashtirishdan,  oliy 
ta’lim  muassasasining  ta’lim  amaliyotiga  zamonaviy  o‘qitish  milliy  tarbiya 
texnologiyalariningjoriy etish, samaradorlik oshishiga yordam beradigan psixologo-
pedagogik sharoitlami yaratish orqali erishilishi aniqlandi. 
4.  O‘qituvchining  pedagogik  mehnatini  va  oliy  ta’lim  muassasasida 
mutaxassislami  tayyorlash  mazmunini  tahlil  qilish  bo‘lajak  o'qituvchining  kasbiy 
kompetentini tarbiyalashning bugungi jarayoniga nisbatan aniqlash imkonini berdi. 
U  bo‘lajak  kasbiy  faoliyatning  maqsadlari,  vazifalari  va  xarakteri  bilan  aniqlanadi 
va  bo‘lajak  o‘qituvchining  o‘quv  fanini  o'qitish  texnologiyasida  tarbiyaviy  aksini 
topadigan  va  amaliyotda  amalga  oshirilganda  o'rta  maxsus  kasb-hunar  ta’limi 
mutaxassislarini tayyorlash vazifasini maqsadga yo‘naltirilgan holda hal qilinishini 
ta’minlaydigan  mazkur  faoliyatni  amalga  oshirishga  tayyorligi  va  qodirligining 
nazariy, amaliy va motivatsiyali birligidan iboratdir. 
5. Bo‘lajak kasb ta’limi o ‘qituvchilari kasbiy kompetentliligini shakllanganligi 
mazmun-mohiyatiga  ko‘ra,  bilimlardan  iborat:  funksional  (turli  tan  sohalarini 
tashkil etish prinsiplari haqidagi bilimlar) harakat haqidagi amaliy bilimlar (metodik 
va  texnologik)  hamda  shaxsning  o‘z  bilimlaridan  iborat.  Bulaming  natijasida 
mutaxassisning  kasbiy,  kommunikativlik  mahorati  va  ko‘nikmalari  shakllanadi, 
loyihalash,  tajribaviy  va  texnologik  vazifalami  ijobiy  yechish  imkoniyatlari  paydo 
bo‘ladi. 
6.  Kasbiy  kompetentlikni  shakllantirish  yuzasidan  tahlil  ishlarini  olib  borish 
naiajasida  ilmiy  adabiyotlarda  kompetentlikning  quyidagi  turlarga  bo‘linishi 
aniqlandi:  kommunikativ  kompetentlik;  bilim  olish  kompetentligi;  intellektual 
kompetentlik;  intellektual-korporativ  kompetentlik;  axborot  olish  kompetentligi; 
texnologik  kompetentlik;  madaniy  kompetentlik;  psixologik  kompetentlik; 
psixologik-pedagogik 
kompetentlik; 
ijtimoiy-psixologik 
kompetentlik; 
umummadaniy kompetentlik. 
7.  Bo’lajak  kasb  ta’limi  o‘qituvchilarining  gumanitar  va  ijtimoiyiqtisodiy, 
matematika  va  tabiiy  fanlar  hamda  umumkasbiy  va  ixtisoslik  fanlarini  uzviy 
aloqada  o‘rgar,ishlari  ulaming  bevosita  kasbiy  kompetentliligining  shakllanishida 
muhim  omil  bo‘lib  xizmat  qiladi,  ya’ni  har  bir  mutaxassislik  fanidan  ma’ruza  va 
amaliy mashg‘ulotlami olib borish jarayonida mutaxassislik tushunchalarining o‘mi, 
uni  bayon  qilish  zaruriyati,  ketma-ketligi,  boshqa  tushunchalar  bilan  aloqadorligi 
hamda  bu  aloqadorlikni  reflektiv  (refleks,  beixtiyor),  simmetrik  yoki  tranzitivlik 
(dars jarayonida olingan bilimlar majmuini amalda o‘z o‘mida qo‘llay olishi) kabi 
boshqa  xossalarga  bo‘ysunishiga  qarab,  har  bir  tushunchalaming  o‘zini  qanday 
salohiyati bilan qatnashayotganini aniqlash imkoniyatiga ega boidik. 
8. Fan va texnikaning ildam taraqqiyoti, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlaming 
zamonaviylashuvi,  asosiy  buyurtmachi  sifatida  davlat  va  ijtimoiy  hayotning 
ta’limga  qo‘yayotgan  yangidan-yangi  talablariga  mos  ravishda  ta’lim-tarbiyaning 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
170
 
sifat-samaradorligini  uzluksiz  takomillashtirib  borish  uzluksiz  ta’lim  tizimini 
mazmunan  modernizatsiyalashni,  ta’limtarbiya  samaradorligini  yangi  sifat 
bosqichiga ko‘tarishga xizmat qiladigan ta’sirchan choralarni ko‘rishni taqozo qildi. 
Natijada  oliy  ta’limni  mazmunan  modemizatsiyalashda  asosiy  vazifalari, 
tamoyillari, yo'nalishlari aniqlandi va shulardan kelib chiqib, oliy ta’limning barcha 
ta’lim  yo‘nalishlarida  va  mutaxassisliklarida  bilim  oluvchi  talaba-yoshlarga  keng 
imkoniyatlar ochib berilganligining guvohi bo‘ldik. 
9.  Oliy  ta’lim  mazmunini  modemizatsiyalash  ishlari  ta’lim  tizimida  Davlat 
ta’lim standartlarining yangi avlodini ishlab chiqilishiga sabab bo‘lib, natijada Kasb 
ta’limi  yo‘nalishining  Davlat  ta’lim  standartlari  qayta  ko‘rib  chiqildi  va  bo‘lajak 
kasb 
ta’limi 
o‘qituvchilarini 
kasbiy 
kompetentligini 
shakllantirishning 
modemizatsiyalashgan  mazmuni  asosida  Kasb  ta’limi  (Xizmatlar  sohasi  (Servis)) 
ta’lim  yo‘nalishining  Davlat  ta’lim  standartlari  yaratildi.  Mazkur  standartning 
avvalgi standartdan afzalligi shunda ko‘rinadiki, fanlaming soni qisqartirilgan, ya’ni 
o  ‘quv  rejalaridagi  turdosh  fanlami  integratsiyalash  orqali  o‘quv  yuklamalari 
ko‘lami  va  hajmini  maqbu11ashtirilgan.  Bu  bilan  fanga  ajratilgan  soat  miqdori 
ko‘payib,  talabalaming  fan  bo'yicha  oladigan  bilimlari  ko‘lami  saqlab  qolingan, 
ularing ijodkorligiga va qiziqishlariga imkoniyat yaratilishiga e ’tibor qaratilgan. 
10.  Bo‘lajak  o‘qituvchilari  kasbiy  kompetentliligining  shakllanganlik 
ko‘rsatkichlari  sifatida  quyidagilardan  foydalanishi  mumkin:  kasbiy  faoliyatli  
o‘zlashtirishga  motivatsiyali-ahamiyatli  munosabat;  kasbiyamaliy  vazifalami  hal 
etish uslublari va usullarini bilish va ulardan ijodiy foydalanish qobiliyati; qarorlar 
qabul qilishda mustaqillik va o‘z faoliyatini boshqara olish va hokazoJar. 
11.  Kasb  ta’limi  o‘qituvchilarining  kasbiy  kompetentligini  shakllantirishda 
ijodiy faoliyat katta rol o‘ynashiga taxlillar natijasida amin bolindi. Ijodiy faoliyat 
bu -diqqatni, kuzatuvchaniikni, hissiyotni, idrokni, xotirani, tafakkumi, tasavvumi, 
irodani va boshqa jarayonlami safarbar qilish orqali talaba o‘zining kasbiy faoliyati 
jarayonida duch kelgan muammolar yechimini to‘g‘ri hal qila olishidir. 
12.  Bo’lajak  kasb  ta’limi  o‘qituvchilarini  kasbiy  kompetentligini 
shakllantirishda mutaxassislik fanlarini o‘qitish va talabalaming bu fanlardan olgan 
baholarining  obyektivligi  muhim  rol  o‘ynaydi.  Talabalarda  kasbiy  kompetentlikni 
shakllanganligini baholashda ulaming kasbiy fanlar va pedagogik faoliyati bo‘yicha 
baholash  mezonlari  ishlab  chiqildi  va  bunda  bir  qator  ko'rsatkichlar  e  ’tiborga 
olindi. Tajribalar ixtisoslik feni bo‘yicha baholash va pedagogik faoliyatni baholash 
mezonlari  haqqoniy  bo‘lishi  bolajak  o‘qituvchining  kasbiy  kompetentligini 
nechog‘li to‘g‘ri shakllanganligini ko‘rsatib berdi. 
13.  Kasb  ta’limi  ta’lim  yo‘nalishi  bo'yicha  o‘qituvchi  malakasini  olgan  oliy 
talim  muassasasi  bitiruvchisi:  talabalami  davlat  ta’lim  standartlari  talablariga 
muvofiq  ravishda  pedagogik  faoliyat  olib  borishga  tayyor  bo‘lishi,  yuqori  nazariy 
va  amaliy  tayyorgarlik  darajasini  ta’rninlaydigan  zamonaviy  o  ‘qitish 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
171
 
texnologiyalaridan foydalanishi, ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishi, 
ulami  o  ‘quv  rejasi  va  o‘quv  jarayoniga  muvofiq  ravishda  to‘la  hajmda  amalga 
oshirilishi  uchun  mas’ul  bo'lishi,  talabalaming  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini 
nazorat etishni tashkil etishi, olingan bilimlami amaliy faoliyatda qo‘llashga ulami 
tayyorlashi va talabalaming mustaqil ishlarini nazorat qilishi, aniq o‘quv fani o‘quv-
metodik  jihozlanishining  bazasini  yaratishi;  ta’lim  muassasasining  ilmiy-metodik 
faoliyatida ishtirok etishi, sinf rahbari vazifasini bajarishi, talabalar bilan tarbiyaviy 
ishni  tashkil  etishi  va  o‘tkazishi,  o‘quv  rejalari  va  dasturlarining  bajarilishini 
ta’minlashi, ta’lim intizomini ta’minlashi, talabalaming huquqlari va erkinliklariga 
rioya  etishi,  o‘z  kasbiy  malakasini  oshirishi  lozim.  Ta’limiy  uchlik  -  «maqsad  - 
jarayon - natija» ning o‘rta bo‘g‘iniga hozirda e’tibor kuchaygan bo‘lsa-da, bir qator 
pedagog  olimlar  ushbu  zanjirning  boshidagi  va  oxiridagi  halqalarini  chuqur 
o‘rganmoqdalar.  Masalan,  bu  sohada  Chikago  universiteti  professori  Benjamin 
Blum  tomonidan  bilim  oiish  sohasidagi  o‘quv  maqsadlari  taksonomiyasining 
yaratilishi  diqqatga  sazovordir.  «Taksonomiya»  atamasi  yunoncha  taxis  (tartib 
bo‘yicha joylashuvi) va nomos (qonun) so‘zlaridan iborat bo‘lib, obyektlami o ‘zaro 
aloqadorlik  asosida  tasniflash  va  tizimlashtirish  ma’nosini  anglatadi.  Blum 
taksonomiyasi  o‘quv  faoliyatining  turli  sohalarini  qamrab  oladi:  kognitiv  (bilish), 
affektiv  (hissiy  -  qadriyatli),  psixomotor  (harakat).  Kasb  ta’limi  o‘qituvchisini 
tayyorlashda  har  bir  soha  bo‘yicha  mustaqil  metodik  faoliyat  yurita  olish 
kompetentligini shakllantirishda ta’lim jarayonidagi holati haqida to‘xtalib o‘tamiz. 
1. Kognitiv soha. Bu sohada olingan texnik bilimlami kasbiy-metodik faoliyat. 
yurita  olish  kompetentligini  shakllantirishda  texnologik  jihatdan  qayta  takrorlash, 
ulami  egallangan  kompetensiyaiar  bilan  uyg‘unlashtirish  natijasida  yangi  kasbiy-
metodik  faoliyat  yuritish  va  texnik-texnologik  mashq  bajarish  qonun  -  qoidalarini 
o‘rganish zaruratiga tegishli o‘quv maqsadlari kiritiladi. 
2.  Affektiv  soha.  Kasbiy-metodik  faoliyat  yurita  olish  kompetentligini 
shakllantirish jarayonida kasbiy qiziqish va moyilliklami rivojlantirish, ichki hamda 
tashqi  psixologik  ta’sirlar  natijasida  texnologik  munosabatni  shakllantirish,  uni 
mustaqil faoliyat davomida tushunib yetish orqali kasbiy faoliyat amaliyotiga tatbiq 
qilish maqsadlari kiritiladi. 
3.  Psixomotorli  soha.  Bunga  kasbiy-metodik  faoliyat  yurita  olish 
kompetentiigini shakllantirish jarayonidagi psixologik faoliyat, texnik va texnologik 
jarayonlarda  jismoniy  faoliyat  natijasida,  asab  muskullarini  markazlashtirish 
kompetensiyalarini shakllantirish bilan bog‘liq maqsadlar kiritiladi. 
Yuqoridagi  qoidalar  va  Blum  taksonomiyasi  asosida  kasbiy-metodik  faoliyat 
yurita  olish  kompetentiigini  shakllantirish  maqsadi,  mazmuni,  shakllari  asoslandi. 
Ta’limning  ikki  asosiy  shakli,  ya’ni  hamkorlikda  va  individual  tarzda  kasbiy-
metodik faoliyatni tashkil etuvchilari aniqlandi. 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
172
 
a)  Hamkorlikda  kasbiy-metodik  faoliyat  yurita  olish  kompetentiigini  tashkil 
etuvchilari: 
-  hamkorlikdagi kasbiy-metodik faoliyat: kasbiy-metodik  faoliyatning  bu  turi 
bevosita  o  ‘qituvchi  va  talabaning  o  ‘zaro  hamkorligida  tashkil  etiladi,  o‘qituvchi 
talabalarga  mustaqil  metodik  faoliyat  yuritishlari  uchun  amaliy  yordam  beradi, 
ma’lum yo‘l-yo‘riqlar, ko‘rsatmalar, maslahatlar berib fcoradi, talabalar ular asosida 
mustaqil faoliyat yuritadilar; 
o'qituvchi: o‘z kasbiy, metodik va pedagogik faoliyati davomida talabaiami 
mustaqil o ‘zlashtirishlari uchun qo‘shimcha o‘quv materiallari va ulair mazmuniga 
doir  mustaqil  ish  va  topshiriqlar  tayyorlaydi  hamda  talabalarga  ulami  bajarishlari 
uchun tegishli ko‘rsatmalar beradi; 
talaba: o‘qituvchining ko'rsatmalari asosida mustaqil metodik faoliyat bilan 
shug‘ullanadi.  O'qituvchidan  masiahat  olgan  holda  amaliy  ishlami  bajarish 
metodlari,  vositalari  va  shakllarini  tanlaydi,  amaliy  ishlar  hamda  ijodiy 
topshiriqlami bajaradi
-  metodlar, shakllar, vositalar: o  ‘qituvchi  tomonidan  tavsiya  qilingan 
mustaqil  ishlash  metodlari,  vositalari  va  shakllarini  qoMlash  asosida  talabalar 
texnologik  jarayonlar  va  texnik  obyektlarga  oid  topshiriqlami  mustaqil  tanlaydilar 
hamda ijodiy bajaradilar; 
-  o'qituvchi nazorati: o  ‘qituvchi  talaba  bajargan  texnologik  amallami  tahlil 
qiladi.  Talaba  kasbiy-metodik  faoliyat  yuritish  ishlami  bajarish  jarayonida  yo‘l 
qo‘yilgan xatolami aniqlaydi, amaliy faoliyat usullarini ko'rsatib beradi. 
tuzatish kiritish: o‘qituvchi aniqlagan xatoliklar bartaraf etiladi hamda amaliy 
ishlami bajarishning eng maqbul usullari ko‘rsatiladi; 
natija: bitiruvchilar yo'riqnomalar asosida mustaqil ish bajara oladigan, ijodiy 
tafakkurga  ega,  texnologik  jarayon  va  texnik  obyektlami  tanlab,  samarali  faoliyat 
olib boradigan kompetentli mutaxassis bo‘ladi. 
b)  Individual  tarzda  kasbiy-metodik  faoliyat  yurita  olish  kompetentligini 
tashkil etuvchilari: 
-  individuallik:  talaba  egallagan  bilimi,  ko‘nikma  va  malakalaridan  kasbiy-
metodik kompetentligini shakllantirishda foydalanib, individual ta’lim oladi; 
-  talaba:  egallagan  kompetentligi  asosida  mustaqil  ijodiy  faoliyat  bilan 
shug‘ullanadi.  0  ‘z  amaliy  faoliyatiga  mos  holda  kasbiy-metodik  faoliyat  yurita 
olish shakl, metod, vositalarini o‘zi tanlaydi; 
motivlar: talaba o‘z xohish-istagi, ma’naviy ehtiyoji va qiziqishlaridan kelib 
chiqqan  holda  kasbiy-metodik  faoliyat  yurita  oladi.  Texnologik  jarayon  va  texnik 
obyektlami  o‘z  qobiliyatiga  tayangan  holda  tanlaydi  va  ular  bilan  bog‘liq 
masalalarga yechim topadi; 
-  o ‘z-o ‘zini nazorat qilish: talaba  texnologik  jarayonga  oid  o‘zi  bajargan 
kasbiy-metodik  faoliyat  yurita  olishga  tanqidiy  qaraydi  va  xatolardan  xulosalar 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
173
 
chiqaradi.  Mustaqil  faoliyat  samaradorligini  oshirish  uchun  maqbul  usullar 
qo‘llaydi; 
Kreativlik (ijodkorlik): talaba o‘z xulosalari asosida kasbiy-metodik faoliyat 
yurita olish usuliga muhim o‘zgartirishlar kiritadi
-  natija:  talaba  o‘zining  intellektual  qobiliyatiga  hamda  metodik 
kompetentligiga  mos  holda  kasbiy-metodik  faoliyat  yurita  oladigan,  ijodiy 
tafakkurga  ega,  texnologik  jarayon  va  texnik  obyektlami  mustaqil  tanlay  oladigan 
va  mustaqil  ijodiy  faoliyat  olib  boradigan  yetuk  kompetentli  mutaxassis  sifatida 
namoyon bo‘ladi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish