Toshkent kimyo-texnologiya instituti



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/427
Sana29.12.2021
Hajmi3,63 Mb.
#79778
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   427
Bog'liq
kasbiy ta'lim metodikasi

uskunalar  bilan  ham  jihozlanadi.  Bunday  uskunalarning  turlari  va  miqdori  kasb 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
120
 
xususiyatiga,  o‘quv  ustaxonasining  mahsulotiga,  o‘quv  yurtida  o‘rganilayotgan 
kasblarga, o‘quv yurtida yordamchi xizmat xonalarining mavjudligiga va boshqa bir 
qator  omillarga  bog‘liq.  Bunday  uskunalarning  asosiy  vazifasi  –  ishlab  chiqarish 
ta’limi dasturining to‘la va sifatli bajarilishini ta’minlashdir. 
O‘quv ustaxonada o‘qitishni rejalashtirish 
Ustoz  amaliy  kasbiy  ta’lim  o‘qituvchisining  ish  o‘rnining  oqilona 
jihozlanishi  va  tashkil  etilishi  o‘quv  ustaxonasida  o‘quvchilarga  muvoffaqiyatli 
ishlab  chiqarish  ta’limi  berishda  katta  ahamiyatga  ega.  O‘quv  ustuxonasining 
nimaga  ixtisolanganligidan  qat’iy  nazar,  ustozning  ish  o‘rni  quyidagi  umumiy 
talablarga javob berishi kerak: Namunali o‘quv-texnika jihozlari, estetik bezagi va 
doimo  saranjom  bo‘lishining  o‘quvchilarga  tarbiyaviy  ta’siri  katta  bo‘lib,  ular 
uchun o‘rnakdir. O‘quv-ishlab chiqarish ishlarini bajarishning mehnat harakatlari va 
usullarini  yaqqol  ko‘rsatish  uchun  zaruriy  sharoit  yaratilishi-maxsus  qurilmalar 
bilan ta’minlanishi, ular qulay joylashtirilishi, yorug‘lik, fon yaxshi bo‘lishi kerak; 
barcha o‘quvchilar aniq ko‘rishi uchun qulay bo‘lishi;  
Uskunalar,  jihozlar,  o‘quv-texnika  hujjatlari,  ta’limiy-didaktik  va  texnik 
vositalar joylashtirilishi, saqlanishi va foydalanishining qulayligi-hamma narsa qo‘l 
etadigan  joyda  bo‘lishi,  qidirish  va  foydalanish  uchun  ko‘p  vaqt  va  kuch  sarflash 
talab qilinmasligi; 
 
O‘quvchilarga kirish, joriy va yakuniy yo‘riqlar berish paytida ular tanlaydigan 
maxsus maydonchalarning mavjudligi;  
Ta’lim  mazmunining  takomillashtirilishiga,  ilmiy  tavsiyalarga  hamda 
pedagogik  tajribaning  yutuqlariga  muvofiq  o‘quv-texnika  va  didaktik 
materiallarining sistematik to‘ldirib va yangilanib turishi.  
Ustoz ish o‘rnining tashkil etilishi va jihozlanishi tegishli kasb xususiyatlariga, 
o‘quv  yurtining  imkoniyatlariga,  ustozning  tajribasiga,  bilim  yurtidagi  o‘quv-
material ta’minotining umumiy uslubiga bog‘liq. SHartli ravishda ustoz ish o‘rnini 
asosiy  
qo‘shimcha  (takomillashtirish  maqsadida  vujudga  keltiriladigan)  jihozlashga 
ajratish  mumkin.  Asosiy  jihozlarga  quyidagilar:  ustoz  ish  o‘rnining  uskunalari 
o‘rnatiladigan podium (supacha) 
ish stoli va stuli, sinf doskasi, videoproektor; 
o‘rganiladigan  barcha  operatsiyalar  va  tipik  ishlab  chiqarish  ishlari  bo‘yicha 
didaktik vositalar va o‘quv-texnika hujjatlari; 
o‘quv-ishlab  chiqarish  ishlarini  bajarishning  mehnat  harakatlari  va  usullarini 
namoyish  qilish  uchun  moslama  (namoyish  qilinadigan  dastgoh  panel,  dastgoh, 
elektr yig‘uv shchiti, o‘quv xonasi, payvandlash posti va hokazo); 
asboblar,  moslamalar,  materiallar,  hujjatlar,  ta’limning  didaktik  va  texnika 
vositalarini  saqlash  uchun  moslama  (shkaflar,  qutilar,  kassetalar,  peshtahtalar  va 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
121
 
hokazo); ta’limning  didaktik va texnik vositalaridan foydalanish va saqlash uchun 
moslama (namoyish taxtalari, plakatlar osiladigan joy, ekran va hokazo); 
Ta’limning texnik vositalari (TTV), signalizatsiya va o‘quvchilar bilan tezkor 
aloqa bog‘lashni masofadan boshqarish pulti;  o‘quvchilarning ish o‘rniga energiya 
– elektr toki, siqiq havo, issiq gaz va hokazolarni etkazib berish va to‘xtatib qo‘yish 
uchun maxsus shchit. 
Ustozning  ish  o‘rnini  didaktik  vositalar  bilan  ta’minlash  alohida  ahamiyatga 
ega.  Bu  masalaga  kompleks  yondoshish  kerak,  ya’ni  ustaxonada  o‘rganiladigan 
o‘quv  dasturining  har  bir  mavzusi  uni  o‘quvchilar  to‘la  va  sifatli  o‘rganilishini 
ta’minlaydigan «eng maqbul miqdordagi» vositalar bilan jihozlanishi lozim. 
Ish  o‘rnida  albatta  barcha  zarur  ma’lumotnoma  jadvallari,  standartlar  jadvali, 
ma’lumotnoma  adabiyoti,  tegishli  kasb  bo‘yicha  barcha  darsliklar  va 
qo‘llanmalaribo‘lishi  shart.    Bularning  hammasi  ustoz  ishini  tartibga  soladi,  ish 
vaqtini ancha tejaydi, uning obro‘si oshishiga yordam beradi. O‘quvchilarning ish 
jarayonida  ularda  asosiy  ma’lumotnoma  materiallari  bo‘lishi  haqida  ham 
g‘amxo‘rlik  qilish  kerak.  Ustaxona  devorlariga  osilgan  ma’lumotnoma  jadvallari 
o‘rnatilgan  taxtalar,  yoki  asosiy  ma’lumotnoma  jadvallarining  to‘plamlari  shular 
jumlasiga kiradi. 
Ustaxona  tashqi  bezagi  taxminiy  eng  ixcham  ro‘yxatini  quyidagicha  tuzilishi 
mumkin: 
 «Mahorat tavsifi» stend–plakati.  
 «O‘quv ustaxonalarida mehnat havfsizligi qoidalari» stend-plakat. 
 «YOng‘indan saqlanish qoidalari» stend-plakati.  
 «O‘quv ustaxonasida o‘quvchilarning xulq-atvori qoidalari» stend-plakat. 
 «Mehnatni  va  ish  o‘rnini  tashkil  etish  yuzasidan  o‘quvchilarga  esdalik» 
stend-plakat. 
 Tipik o‘quv-ishlab chiqarish ishlari namunalari taxtasi. 
 Tez-tez ishlatib turiladigan ma’lumotnoma jadvallari. 
 Guruh devoriy gazetasi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish