Toshkent kimyo-texnologiya instituti



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/427
Sana29.12.2021
Hajmi3,63 Mb.
#79778
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   427
Bog'liq
kasbiy ta'lim metodikasi

O‘quvchining  ish  o‘rni  o‘quv  dasturi  talablariga  muvofiq  ishlab  chiqish 
ta’limi  uchun  zarur  uskunalar,  asboblar,  priborlar,  moslamalar  bilan  ta’minlanadi. 
Ish xususiyatiga, ta’lim davriga, o‘quv ishlab chiqarish mehnatining tashkil etilish  
usuliga  qarab  o‘quvchilarning    ish  o‘rinlari  yakka  tartibda  va  brigadalarga 
mo‘ljallangan  bo‘lishi  mumkin.  Remontchi  slesarlar,  yig‘uvchi  slesarlar, 
elektromantajchi kabi kasblar uchun brigadaga mo‘ljallangan ish o‘rinlari xosdir.  
O‘quvchining ish o‘rnining asosiy tarkibiy qismlari:  
1.  O‘quv  ustaxonalarida  mehnat  qurollaridan  foydalanish  va  joylashtirish 
uchun zarur bo‘lgan muayyan maydon.  
2.  O‘quv – ishlab chiqarish jihozlari.  
3.  Materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va chiqindilarni 
saqlash va joylashtirish uchun moslamalar.  
4.  Moslamalar,  asbob-uskunalar,  o‘quv  va  texnik  hujjatlarni  saqlash  va 
joylashtirish uchun moslamalar.  
5.  Ish  o‘rinlariga  biriktirilgan  ko‘tarma  tarnsport  vositalari  (aravachalar, 
tallar, ko‘targichlar va h.k.). 
O‘quvchilarni ish o‘rinlariga nisbatan umumiy talablardan quyidagilarni ajratib 
ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: 
 uskunalarning  texnik  jihatdan  soz  bo‘lishi,  to‘siqlar,  erga  ulash  o‘z-o‘zidan 
to‘xtatib qo‘yuvchi moslama, himoya qurilmalari, saqlagichlar, ko‘tarma uskunalar 
va o‘quvchilar ishini havfsizligini ta’minlovchi boshqa vositalarning mavjudligi; 
 ish  vaqtida  asboblar,  moslamalar  asosiy  va  yordamchi  materiallar;  tayyor 
mahsulotni,  o‘quv-texnika  hujjatlarini  qulay  va  ishonchli  tarzda  saqlash  va 
joylashtirish uchun qurilmalar bilan ta’minlash; 
 ish o‘rnining yaxshi yoritilgan bo‘lishi, o‘quvchilarning ish paytida o‘zlarini 
erkin  xis  qilishlari  va  eng  unumli  harakat  qilishlari  uchun  sharoitning  yaratilishi; 
zarur  hollarda  o‘tirib  ishlash  uchun  qulaylik  yaratilishi  va  ergonomika  talablariga 
javob berishi;  
 zarur  hollarda  avariya  signalini  berish  uchun  moslama  yoki  ustoz  bilan 
masofadan aloqa o‘rnatish vositalari bilan jihozlanishi; 
 uskunalarga  joriy  xizmat  ko‘rsatish,  ularni  tozalash  va  yig‘ishtirish  uchun 
qulaylik bo‘lishi lozim. 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
119
 
O‘quvchilar  ish  o‘rnini  jihozlashning  asosi-yakka  tartibda  foydalaniladigan 
uskuna, ya’ni o‘quvchilarga o‘z kasblari uchun xos bo‘lgan o‘quv-ishlab chiqarish 
ishlarini  bajaradigan  uskunadir.  Ular  kasbga  mos  bo‘lishi,  zamonaviy  bo‘lishi, 
universal  va  boshqarish  oson,  ixcham  foydalanishda  qulay,  ishda  xavfsiz  bo‘lishi 
shart. 
O‘quvchilarning  ish  o‘rinlari  yakka  tartibda  foydalanadigan  asbob-uskunalar 
bilan  ham  jihozlanadi.  Asboblar  turkumini  belgilashda  uning  universalligi, 
foydalanish muddati, qiymati hisobga olinadi. Odatda, o‘quvchilarning ish o‘rinlari 
eng  ko‘p  ishlatiladigan  asboblar  bilan  jihozlanadi.  O‘quvchilarga  ishda  kerak 
bo‘ladigan asboblar ustozdan yoki asboblar omboridan olinadi. 
Eng ommaviy o‘quv ustaxonasi-umumiy slesarlik ustaxonasi bo‘lganligi uchun 
slesar  ish  o‘rnini  yakka  tartibda  foydalaniladigan  doimiy  asboblar  bilan 
jihozlashning  taxminiy  ro‘yxatini  keltirib  o‘tamiz:  iskanjani  o‘quvchi  bo‘yiga 
moslash uchun kalit  
dasta  -  1;  metalldan  yasalgan  o‘lchov  lineykasi-1;  chizg‘ich-1;  belgi 
qo‘yadigan  sirkul-1;  kerner-1;  tekshirishda  foydalaniladigan  shakldor  lineyka-1; 
slesarlar  tekshirishda  foydalanadigan  yassi  uchburchak  lineyka-1;  shtangensirkul-
SHS  1-1;  slesarlik  iskanasi-1;  slesarlik  kreysmeyseli-1;  vazni  400-500  gramm 
bo‘lgan slesarlik po‘lat bolg‘asi-1; № va №2-4-5 tishli xilma-xil egovlar; shchetka-
supurgi-1. 
Bunda  eng  muhimi-hamma  narsa  o‘zining  aniq  o‘rniga  ega  bo‘lishi,  doimo 
qo‘l  etadigan  joyda  turishi,  ta’limning  turli  tegishli  vositalarining  yaxshi 
saqlanishidir. 
O‘quv  ustaxonasida  o‘quvchilar  ish  o‘rnini  rejalashtirish  va  joylashtirish 
ularning  uskunalar  bilan  jihozlanishiga,  o‘quv  ustaxonasining  tipik  mahsulotiga, 
derazalar qanday o‘rnatilganligiga, binoning hajmi va shakliga bog‘liq. Ish o‘rinlari 
uskunalarini  joylashtirish  normativlari  turli  kasblar  uchun  turlicha  bo‘lib,  ular 
vazirliklar  va  idoralar  tomonidan  tasdiqlangan  ishlab  chiqarish  sexlari  va 
uchastkalari  normativlariga  muvofiqlashtirilgan.  SHu  bilan  birga  mo‘ljal  uchun 
dastgoh va boshqa yirik uskunalarni o‘quv ustuxonasida joylashtirishning o‘rtacha 
normativlaridan  foydalanish  mumkin:  devor  va  ustundan  dastgoh,  qurilma, 
agregatning yon yoki orqa tomoni o‘rtasidagi masofa kamida 0.5 m; uskunalarning 
qatorlari  orasidagi  yo‘lning  kengligi  kamida  1,5  m;  bir  qatordagi  dastgohlar, 
qurilmalar,  agregatlarning  yon  tomonlari  o‘rtasidagi  masofa  kamida  0,5  m; 
markaziy yo‘lak kengligi-kamida 2m; 
Uskunalarning  derazaga  nisbatan  joylashuvi  -  deraza  ishlayotgan  
o‘quvchining chap yoki old tomonida bo‘ladi.  
O‘quvchilarning  ish  o‘rinlariga  o‘rnatiladigan  uskunalardan,  ya’ni  yakka 
tartibda    foydalanadigan  uskunalardan  tashqari  hamma    foydalanadigan 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish