Toshkent kimyo-texnologiya instituti



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana05.11.2020
Hajmi0,53 Mb.
#51789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
etilenvinilatsetat ishlab chiqarish texnologiyasini organish

 

 

 




KIRISH 

Respublikamizda kimyo, kimyoviy texnologik jarayonlar sanoati xalq 

xo’jaligining asosiy zvenolaridan biri bo’lib, muhim iqtisodiy bazasi hisoblanadi. 

Respublikamiz mustaqil bo’lgandan keyin kimyo sanoatini rivojlantirishga katta 

ahamiyat berildi.  

Insoniyat faoliyatida moddiy noz-ne’matlar yetakchi rol o’ynar ekan, demak, 

unga  ehtiyoj  kamaymaydi.  Aksincha,  ortib  boradi.  Sababi,  shaxsiy  manfaat 

bo’lmasa  inson  hayotining  dolzarbligi  yo’qoladi.  Ammo,  shaxsiy  manfaat 

jamiyat  manfaatlariga  mos  tushmog’iga  erishish  lozim.  Bu  esa,  jamiyatda 

yashayotgan shaxsning ma’naviyati va ma’rifatliligiga bog’liq. «Mavjud ulkan 

resurslar, aql-ziyo va ishlab chiqarish potentsiali davlat mustaqilligi bilan 

birgalikda respublikada iqtisodiyotni yangilash, uni ma’rifiy rivojlanish yo’liga  

o’tkazishga  doir  tub  islohotlarni  amalga  oshirishga  haqiqiy  shart-sharoit  va  

imkoniyat  yaratadi».  Ana  shu  xulosalardan  kelib  chiqqan  holda O’zbekiston 

hukumati,  kadrlar  tayyorlashga doimiy  e’tiborni qaratib, ushbu sohada talaygina 

vazifalarni amalga oshirib kelayotir. Iste’dodli yoshlarni chet davlatlarga  yuborish,  

chet  el  iqtisodiy  nazariyalarini, texnologiyalarini  o’rganish, mutaxassislarni  

tajriba  almashish  va  o’rganishga  yuborish,  turli  amaliy tadbirlar,  anjumanlar,  

iqtisodiy  sohalarda  delegatsiyalar  taklif  qilinib uchrashuvlar tashkil qilish shular 

jumlasidandir.   

Jamiyatda yashovchi kishilar hamisha va har doim oziq-ovqat, kiyim-kechak, 

ishlab  chiqarish  qurollari  va  vositalariga  muhtoj.  Bu  muhtojlikni boshqarish, 

unga adolatli yondoshish har bir rahbar va fuqaroning burchidir. Burch  esa  inson  

ma’naviyati,  ma’rifati  darajasiga  bog’liq.  Mamlakat iqtisodiyotining 

 

rivojlanishini  kishilar  ta’minlar  ekan,  avvalo  yuksak ma’naviyat haqidagi rejalar 



amalga oshirilishi, zaruriyatga aylanishi kerak. Shu iqtisodiyotni yuksak 

ma’naviyatlilar hal etadilar. Iqtisodiy ma’naviyat qanchalik  yuksalsa,  jamiyat  

ham  barqaror  rivojlanadi.  Ma’naviy  yuksak shaxslargina  davlat  va  mamlakat  

rivojiga  o’z  hissasini  qo’shadilar.  Ular mamlakat  menga  nima berdi? deb emas, 

balki men mamlakatga  nima berdim? qabilida ish tutadilar. Ma’naviyati yuksak 

 




insonlar mamlakat boyliklarini asrab  avaylaydilar,  tejab-tergab  foydalanadilar.  

Xalq  oldidagi mas’uliyatlarini  chuqur  his  etadilar.  Yaratuvchilik,  ijodkorlik, 

tashabbuskorlik  ishlari  bilan  shug’ullanadilar.  Iqtisodiyot  hayotni 

harakatlantiruvchi  kuch  ekanligini  boshqalardan  ko’ra  ko’proq  tushunadilar. 

Milliy mustaqillikni mustahkamlovchi manbalarni e’zozlaydilar.   

Ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz tomonidan imzolangan Xalqaro 

Konvensiyalar va shartnomalar bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarish borasida 

ham tizimli chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi 

Prezidentining «Kiota protokoli Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida 

investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi, 

«O’zkimyosanoat» DAK korxonalarida «Kiota protokoli Musaffo rivojlanish 

mexanizmi doirasida loyihalarni o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash chora-

tadbirlari to’g’risida»gi qarorlari hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar «Kiota 

protokoli Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini 

tayyorlash va amalga oshirish to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga 

asosan Yaponiyaning «Mitsubishi Corporation» kompaniyasi bilan hamkorlikda 

«O’zkimyosanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi 

«Navoiyazot», «Maksam-Chirchik», «Farg’onaazot» OAJlarida ishlab chiqarishni 

modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo’yicha 

investitsiya loyihalari asosida atmosferaga birlamchi uglerod ikki oksidi (SO) 

tashlamalari miqdorini kamaytirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.  

Kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, korxonalarning rivojlanishi ularda 

ilg’or texnologiyalarni qo’llanishi bilan bog’liq. Yuqoridagilarni hisobga olib, biz 

ham malakaviy bitiruv ishimizni Navoiazot AJida mavjud texnologiyalardan 

oqilona foydalanib, ekologik toza, raqobatbardosh sifatli mahsulotlar olishga 

qartdik. Sirka kislota, etilen hamda atsetilendan foydalanib etilenvinilatsetat olish 

maqsadida jarayonining texnologik tizimi batafsil o’rganilib, ushbu loyihalashning 

ustun tomonlarini isbotlashga qaratdik.  




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish