O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO - TEXNOLOGIYA INSTITUTI
YOQILG’I VA ORGANIK BIRIKMALAR KIMYOVIY TENALOGIYALARI FAKULTETI
KAFEDRA : NEFT VA NEFT-GAZNI QAYTA ISHLASH KIMYOVIY TENALOGIYASI
KURS ISHI
Mavzusi : Propan-butan fraksiyasidan aromatik uglevodorodlar olish texnologiyasi
Bajardi : Mirzaliyev S.SH
Qabul qildi : Azamatov O’.R
Mundarija
1.Kirish…………………………………………………….
2. 1. Texnik qism (adabiy shah)…………………………..
3. 2. Texnalogik qismi………………………………………..
4 3. Hisoblash qismi……………………………………….
5. 4. Xulosa…………………………………………………..
6. 5. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….....
KIRISH
Hali neft-gaz, elektr energiyasining barqaror ta’minotida xalqimiz, tadbirkorlarimiz talabini to’la qanoatlantira olmayapmiz. Shuning uchun, har bir masalaga chuqur e’tibor qaratib, yangicha yondashuvlar asosida samarali ish tizimini tashkil etishimiz kerak. Agar bu vazifalarni o’z vaqtida amalga oshirmasak, iqtisodiyotimizda ko’zlagan maqsadlarimizga erisha olmaymiz.
Shavkat Mirziyoev
Neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o’rin egallaydi. Ushbu soha nafaqat energiya manbai, balki ko’plab tarmoqlar uchun zarur bo’lgan polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral o’g’itlarni ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi. Keyingi ikki yilda sohada amalga oshirilgan ishlar natijasida gaz qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi, aholiga
15 foizga ko’p tabiiy gaz va 1,6 barobarga ko’p suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qo’shimcha 204 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorda benzin, dizel yoqilg’isiga bo’lgan talab qondirib kelinmoqda. Sho’rtan va Ustyurt gaz-kimyo komplekslarida joriy yilning o’zida gazga nisbatan qo’shilgan qiymati 4 barobar ko’p bo’lgan qariyb 700 million dollarlik polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi.
Neft-gaz sohasini yanada rivojlantirish uchun 2030 yilgacha geologiya qidiruv ishlarini olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash bo’yicha umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan. Uglevodorodlar zaxirasini ko’paytirish bo’yicha aniq choralar ko’rilmasa, yaqin 10-15 yilda mavjud zaxira 2 barobarga kamayadi. “O’zbekneftgaz” jamiyati geologiya-qidiruv ishlari va qazib olish hajmini oshirish, konlarni modernizatsiya qilish va yangilarini ochish, neft-gaz xom-ashyosini chuqur qayta ishlash, investitsiyalarni ko’paytirish bo’yicha ishlarini amalga oshirish lozim. Jahon tajribasi asosida bu ishlarga investorlarni kengroq jalb qilish, davlat va investorlar manfaatini himoya qilishni ta’minlaydigan yangi mexanizmlar ishlab chiqish takomillashtirish lozimdir.
Shuningdek, 2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va uni moliyalashtirish bo’yicha joriy yil yakuniga qadar takliflar kiritish ishlarini tavsiyalar ishlab chiqish kerak.
Magistral gaz quvurlari va gaz taqsimot tizimining asosiy qismi ta’mirtalab holatga kyelgan. Kelajakda iste’molchilarni kafolatlangan tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida magistral gaz transport tizimini modernizatsiya qilish hamda gaz oqimini boshqarish (SCADA) tizimini joriy etish bo’yicha 1,6 milliard dollarlik loyiha amalga oshiriladi. Bungi kunda tabiiy gazning atigi 2 foizi chuqur qayta ishlanib, yuqori qo’shilgan qiymatli mahsulotlar olinayotgan bo’lsa, kelgusi
10 yilda bu ko’rsatkichni 7 barobar oshirish imkoniyati bor. Shuning uchun “O’zbeknyeftgaz” jamiyati neft va gaz kimyo yo’nalishiga ustuvor ahamiyat qaratishi zarur. Jumladan, aromatik uglyevodorodlar (benzol, toluol, ksilol), myetanoldan olyefin olish texnologiyasi asosida yangi mahsulotlar- polistirol, polietilentereftalat va sintetik kauchuklar ishlab chiqarish, polietilen va polipropilen ishlab chiqarishni ko’paytirish imkoni mavjud. Ushbu loyihalarni amalga oshirishga 9 milliard dollar atrofida mablag’lar jalb qilinishi lozim. Shuning uchun Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklaridagi yirik kompaniyalarning to’g’ridan - to’g’ri invvestitsiyalarini jalb etish va loyihalarni amalga oshirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
Boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida “O’zbekneftgaz” jamiyatining tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, tarmoqqa oid bo’lmagan tashkilotlarni tizimdan chiqarish bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Xususan, takrorlanuvchi funktsiyalarni bajaruvchi boshqaruv bo’g’inlarini qisqartirish, tarmoqdagi servis korxonalarini hamda yordamchi ishlab chiqarishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarga berish kerak.
Sohadagi to’rtta ilmiy-tadqiqot, izlanish va loyihalashtirish institutlari negizida milliy neft - gaz ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etib, uglyevodorodlarni chuqur qayta ishlash bo’yicha innovatsion yechimlar topish va tatbiq etishga alohida e’tibor qaratish yo’llarini takomillashtirish lozim.
O’zbyekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, neft-gaz sanoati sohasida ham qator o’zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi «Neft - gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori bilan “O’zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati faoliyati takomillashtirildi. 2017 yilda neft va gaz kondyensati qazish, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo’yicha byelgilangan ryeja bajarilgan. Lekin tarmoqda yillar davomida ko’plab muammolar to’planib qolgan. Zaxiralar oshirib borilmagani sababli 2017 yilda tabiiy gaz qazish va neft mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi yetarli darajada bajarilmagan. Geologiya-qidiruv jarayonidagi burg’ilash hajmi bo’yicha prognoz 77 foizga bajarilgan. Shuningdyek, ekspluatatsion burg’ilash ishlari prognozi 49 foizga va qurilishi tugatilgan quduqlar soni prognozi 53 foizga bajarilgan, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |