Xomashyo va tayyor mahsulot xossalari
Propan, CH3CH2CH3 – toʻyingan uglevodorod, rangsiz, hidsiz yonuvchi gaz; suyuqlanish temperaturasi — 187,7°; P. erituvchi sifatida, qurum olishda, metall qirqishda, avtomobillar uchun tutunsiz yonilgʻi, butan bilan aralashmasi maishiy gaz sifatida ishlatiladi.
Formulasi: C3H8
Molyar massasi: 44,1 g/mol
Qaynash harorati: -42 °C
Zichligi: 493 kg/m³
IUPAC identifikatori: Propane
Tasnif: Toʻyingan uglevodorodlar
Butanlar — toʻyingan uglevodorodlar, umumiy formulasi C4H10. Mol. M. 58,123, rangsiz va hidsiz gaz. Ikki izomeri maʼlum: normal butan CH3— CH2CH2CH3 va izobutan —CH—CH3. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. B. toʻyingan alifatik uglevodorodlardir.
Formulasi: C₄H₁₀
Molyar massasi: 58,12 g/mol
Qaynash harorati: -1 °C
IUPAC identifikatori: Butane
Zichligi: 573 kg/m³
Tasnif: Uglevodorodlar, Toʻyingan uglevodorodlar
Aromatik uglevodorod — molekulasida benzol yadrosi boʻlgan uglevodorod. Aromatik uglevodorodning asosiy vakillari benzol (C6H6) va uning hosilalaridir (masalan, toluol: C6H5-CH3, stirol: C6H5-CH=CH2 va boshqalar). Arenlarning dastlabki topilgan aʼzolari oʻziga xos yoqimli hidga ega boʻlganligi sababli ular aromatik uglevodorodlar deb ataladi.Benzol yadrolari kondensirlangan aromatik uglevodorodlarga naftalin, antrasen, fenantren va boshqalar kiradi. Baʼzi kondensirlangan aromatik uglevodorodlarning molekulasi juda koʻp benzol yadrosidan tashkil topgan boʻladi (masalan, koronenda 6 ta). Aromatik uglevodorodlarning asosiy manbai toshkoʻmirni kokslash natijasida olinadigan mahsulotlardir.
C 6 -Plus uglevodorodlarini ishlab chiqarish uchun degidrotsiklodimerizatsiya jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
●
Umumiy formulasi C6H6 boʻlganligi sababli uni toʻyinmagan birikmalar qatoriga kiritish mumkin. Lekin benzol bromli suv va kaliy permanganat eritmasi bilan reaksiyaga kirishmaydi, yaʼni toʻyinmagan birikmalarga xos reaksiyalarga kirishmaydi. Benzol bugʻi bilan vodorod gazi aralashmasi katalizatorga ega (Pt) qizdirilgan nay orqali oʻtkazilsa, benzolning har bir molekulasiga uch molekula vodorod birikib, tsiklogeksan hosil boʻladi:
Bu xossa benzolning halqali tuzilishiga ega ekanligini isbotlaydi. „Molekula tarkibidagi uglerodning olti atomi tsikl tuzib yopiladi va ular oʻzaro qoʻshbogʻ va oddiy bogʻ orqali navbat bilan joylashadi“, deb benzolning tuzilish formulasini birinchi marta nemis olimi A.Kekule taklif qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |