Toshkent kimyo-texnologiya instituti


To'qimachilik materiallarning mexanikli xossalari



Download 48,22 Kb.
bet5/10
Sana31.12.2021
Hajmi48,22 Kb.
#201591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi..

1.2.To'qimachilik materiallarning mexanikli xossalari

Mexanik xossalar - bu materiallarni kompleks xossalari bo’lib, ular materialni turli

tashki kuchlar ta’siriga munosabatini ko’rsatadi. Mexanik kuchlar ta’sirida material

deformatsiyalanadi, uning kattaligi va shakli o’zgaradi. To’qimachilik

materiallarning mexanik xossalar ko’rsatkichlari tikuvchilikda keng qo’llaniladi va

ularning sifatini baxolashda muxim ro’l o’ynaydi, bu esa materiallarning shaklni

qabul qilish va saqlash xususiyatini harakterlaydi, materialning emirilishiga

chidamliligi va uzoqqa chidamliligini oldindan taxminlaydi.

To’qimachilik materiallari ulardan tikuvchilik buyumlarini tayyorlaganda va bu

buyumlardan foydalanganda turli mexanik ta’sirlarga yo’liqadi va ular cho’zish,



egish, siqish , burash deformatsiyalarini, hamda material boshqa sirt bilan

tegishganda ishqalanishni chorlaydi.

To’qimachilik materillarining mexanik xossalarini baxolash uchun juda ko’p

turli xarakteristikalar qo’llaniladi. Prof. G.N.Kukin sinflashtirishi buyicha barcha

mexanik xossalar deformatsiyaning harakteriga qarab turlarga bo’linadi: cho’zish,

siqish, egish va eshish (burash). Uz navbatida har bir tur mexanik ta’sir davrining

bajarilishiga qarab sinflarga bo’linadi. Mexanik davr "yuklash - yuk tushirish -dam



olish". Uch sinfdagi xarakteristikalarni fark qiladilar:

1) yarim davrli - davrning bir qismini (yuklashni) bajarganda olinadigan

xarakteristikalar.

2) bir davrli - davrning bir marta to’liq bajarilganda olinadigan xarakteristikalar:

yuklashda - yuk tushirishda - dam olishda.

3) ko’p davrli - davrning ko’p marta takrorlanishida olinadigan xarakteristikalar.

Yarim davrli va ko’p davrli xarakteristikalarni materialni sinaganda uni uzib

yoki uzmasdan olish mumkin. Shu sababli bu sinfdagi xarakteristikalarni ikki kichik

sinflarga bo’ladilar: uzish va uzilmas. Keyin har bir sinfdagi yoki kichik sinfdagi

xarakteristikalar xillarga bo’linadi.

Xossa deb materialni olinishida va foydalanishida namoyon bo’ladigan o’ziga xos

xususiyatlariga aytiladi. Har bir materialni barcha xossalari uni boshqalardan farq

qilish imkoniyatini yaratadi va bu xossalar orqali materialni vazifasiga qarab

talablarga javob berishini ko’rsatadi.

Xossalarni ahamiyati juda katta. Tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarish

jarayonlarida bo’larni xisobga olib maksadga muvofiq maxsulot olish mumkin.

To’qimachilik materiallar xossalarini shartli quyidagicha sinflashtirish mumkin:

· geometrik - qalinlik, uzunlik va en,

· mexanik materialni mexanik kuchlar ta’siriga munosabatini bildiradi;

· fizik - issiqlik, optik, elektr, o’tkazuvchanlik va boshqa;

· kirishish -materialni nam va issiqlik ta’sirida kattaliklarini o’zgartirish

qobiliyati;

· emirilishga chidamliligi - materialni turli emirilish faktorlarga qarshilik

ko’rsatish qobiliyati.

MATERIALLAR QALINLIGI.

Materialning qalinligi deb materialning ung va chap sirtida chiqib turuvchi ip

uchastkalari orasidagi masofaga aytiladi.

Gazlamaning qalinligi iplarning yug’onligiga, bukilganlik darajasiga, o’rilish

xiliga, gazlama zichligiga va beriladigan pardozga bog`liq bo’ladi.

Gazlamani xosil qiladigan iplarning chiziqli zichligi kancha yuqori bo’lsa,

gazlama shuncha qalin bo’ladi.

Gazlamalarda tanda va arqoq sistemalari turli darajada bukilgan bo’lishi

mumkin. Agar gazlamadagi iplar sistemasidan biri kamroq bukilgan bo’lib,

ikkinchisi uni qamrab o’tsa, gazlama qalin chiqadi. Agar tanda bilan arqoq bir xil

bukilgan bo’lsa, gazlama yupqa chiqadi. Tanda va arqoq iplarining taranglik va

bukilganlik darajasiga qarab, bir qatlamli gazlamalarning qalinligi 2-3 kalava ip

diametriga teng bo’ladi. Chiziq epmalar xosil qilib o’rilish natijasida gazlamalar

qalinlashadi, shuning uchun polotno o’rilishda tuqilgan gazlamalar satin o’rilishda

tuqilgan gazlamalarga karaganda yupqaroq bo’ladi. Boshqa ko’rsatkichlari biri xil

bo’lgani xolda murakkab o’rilishda tukilgan (to’qli, ikki tomonli, ikki katlamli)

gazlamalar eng qalin bo’ladi. Murakkab o’rilishlar xosil qilishda kushimcha iplar

sistemasini qo'llash natijasida gazlama qalinlashadi va issiqni saklash xossasi

yaxshilanadi. Shuning uchun qalin gazlamalar issiqni yaxshi saklaydi va kishki

kiyimlar tikish uchun ishlatiladi.

Gazlamaning zichligi oshgan sari ip yalpoklashadi yoki suriladi, natijada

gazlama qalinlashadi. Pardozlash jarayonida gazlamaning qalinligi o’zgarishi

mumkin. Bosish, tuk chiqarish, appretlash kabi pardozlash operatsiyalari gazlamani

qalinlashtiradi, tuk kuydirish, presslash, kalandrlash kabi operatsiyalar uni

yupkalashtiradi. Yuvish va xullash natijasida tanda va arqoqning bukilganlik

darajasi oshadi, gazlama kirishadi, shuning uchun qalinlashadi.

Gazlamaning qalinligi 0,1 – 5 mm chamasida bo’ladi. U maxsus asbob – qalinlik

ulchagich bilan ulchanadi. Qalinlik ulchagichlarning bir necha xili bor, lyokin

ullarning ishlash printsipi bir xil. Gazlama namunasi ikkita yaltirok plastinka orasiga

kuyiladi; plastinkalardan biri kuzgaluvchan bp’lib, priborning strelkasiga

maxkamlangan. Strelka tsiferblatda surilib materiallning qalinligini millimetrda

ko’rsatadi. Pribor plastinkalari ta’sirida bush gazlamalar osongina kisilishi va

yupkalashishi mumkin. Shuning uchun yangi universal qalinlik ulchagichlarda

gazlamalarga tushadigan kuchni rostlab turadigan moslama bor. Gazlamalarning

qalinligini 0,1-0,2 kPa bosim bilan ulchash tavsiya qilinadi.

Gazlamaning qalinligiga qarab model tanlanadi va yangi konstruktsiyalar

ishlab chiqiladi. Qalin gazlamalardan to’g’ri kengaytirilgan bichimli buyumlar tikish

tavsiya kilinadi, relefli choklar chiqarish, shakldor koketkalar, uyma chuntaklar

qilish tavsiya kilinmaydi. Yupka gazlamalardan loyixalanadigan modellar turli-

tuman va murakkab bo’lishi mumkin. Gazlamaning qalinligi kuyimlar kiymatiga,

choklarning eni va tuzilishiga ta’sir qiladi.

Kiyimlarni ko’plab bichishda gazlama taxlamining katlamlari soni gazlamaning

qalinligiga bog`liq bo’ladi. Draplar, bobriklar 12-24; bostonlar, kostyumlik kreplar

30-40; chitlar, satinlar, poplinlar 100-150; yupka ich kiyimlik gazlamalar 200 gacha

katlam kilib bichiladi.

Ignalar, g’altak iplarning xili va mikdori, kavikkatordagi baxyalarning

Siyrak zichligi, xullash-dazmollash rejimi ham gazllamalarning qalinligiga qarab

tanlanadi.

Qalin gazlamalar uchun yugon ignalar, pishik va yugon iplar ishlatish, baxyalarni

siyrak olish tavsiya kilinadi. Qalin gazlamalar uchun xullash-dazmollash vaqti

uzokrok olinadi. Qalin gazlamalarda adip kaytarmasini tikish, etakni yashirin

baxyalar bilan tikish oson.

CHO’ZISH

Kiyimlardagi to’qimachilik materiallar tez-tez cho’zish deformatsiyasiga yulikadi. Deformatsiyaning bu turi juda yaxshi o’rganilgan.

Bu xarakteristikalar to’qimachilik materialni eng yuqori mexanik

imkoniyatlarini baxolashda qo’llaniladi. Bu ko’rsatkichlar buyicha ma-terialni doimo

ta’sir etadigan tashki kuchlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyatini baxolaydilar: uzish

yuki va uzish uzayishi materialni muxim sifat ko’rsatkichlaridir.

BIR O’QLI CHO’ZISH.

Yarim davrli cho’zish xarakteristikalarini uzish mashinasida materialni

cho’zganda oladilar.Material namunalarning shakllari.


  1. Gazlama, trikotaj va noto’qima polotnoni sinash uchun standart namuna; v) -tadkikot

ishlari uchun namunalar; d) - ko’p chuziladigan materiallarni sinash uchun namunalar.

Bunday namuna ishlatilishga asoslangan sinov uslubi - strip-uslub deyiladi. Gazlama

uchun quyidagi kattaliklar belgilangan: nusxa eni - 50 mm, buyi - 100 mm

(arbitrajda - 50 va 200 mm, jun gazlamalariga - 100 mm). Trikotaj va noto’qima

polotnolarga: nusxa eni - 50 mm, buyi - 100 mm.

To’qimachilik materiallarni bir o’qli cho’zishga tekshirganda kuyidagi

xarakteristikalarni oladilar:

Uzish yuki Ru, materialni cho’zganda uzilganga kadar chiday oladigan yukga

aytiladi. Birligi H - nyuton yoki dekanyuton (daH):

1daH = 10H =1,02 kgk

To’qimachilik materiallar uchun uzish yuki va uzish uzayishi ko’rsatkichlari

standartlarga kiritilgan. Standart ko’rsatkichlaridan oggan material sifatsiz

xisoblanadi.

Mexanik xossalarni baxolaganda uzish yuki va uzayishdan tashkari

materialning "yuklash - deformatsiya" boglanishi xususiyatini bilish zarur.

Ikki o’qli va ko’p o’qli (fazoviy) cho’zish. Tikuvchilik buyumlarini ishlab

chikkanda (ayniksa detallarni shakllantirishda), kiyimdan, parashyut, soyabon va

boshqa buyumlardan foydalanganda to’qimachilik materiallari turli yunalishga

birdaniga chuziladi. Paydo bo’ladigan kuchlanish va deformatsiya hamma yunalishda

bir xil emas va bu material tuzilishi va xossalariga, maxsulotning ulchami, xiliga va

boshqa omillarga bog`liq bo’ladi. Materialni ikki bir-biriga perpendikulyar

yunalishga deformatsiyalanishi - ikki o’qli cho’zish deb aytiladi.

Tajribani ikki yul orkali o’tkazish mumkin: birinchisida - nusxa birdaniga bir xil

tezlikda ikki o’zaro perpendikulyar yunalishda deformatsiyalanadi (a,b);

ikkinchisida - nusxa bir yunalishda belgilangan doimiy deformatsiyani va ikkinchi

yunalishda asta-syokin ortib boradigan deformatsiyani qabul qiladi (g).

To’qimachilik materialllarni birinchi usulda sinovdan o’tkazaetganda olinadigan

pishiklik ko’rsatkichlari aloxida tanda va arqoq yunalishi buyicha olingan

ko’rsatkichlariga nisbatan ancha kichik bo’ladi va ularni 45-60% tashkil qiladi.

Odatda material nusxasi tanda iplari yoki xalka ustunchalari buyicha buziladi,

chunki ular kamroqchuziladi. Deformatsiya ikki yunalishda birdaniga utishi

natijasida gazlama yoki trikotajni uzayishi bir o’qli cho’zishga nisbatan ancha kichik

bo’ladi.

Ko’p o’qli (fazoli) cho’zishni material asosan uni sirtiga perpendikulyar

yunalishda qabul qiladi. Bunaka yuklarni material sharcha yoki membrana

ta’sirida qabul qiladi. Sharcha bilan ezganda (19-rasm) nusxani urta qismi ko’prok

kuchlanadi, shu erda material buziladi. Pishikligi past bo’lgan va kamroqchuziladigan


  1. sistema birinchi navbatda buziladi. Tajribani uzish mashinasida maxsus uskuna orkali o’tkazadilar va uzish yuki va egilish darajasini (egilish f, mm, uzish

  2. mashinasining uzayish shkalasidan aniqlaydilar) oladilar. Trikotaj polotnolarni

  3. diametri 20 mm bo’lgan sharcha bilan bosganda material sirtini ortishini kuyidagi

  4. formula bilan aniqlaydilar:

F = 13,7 f - 87,5

Kiyimlardan fydalanganda ularning materiallari kamdan kam uzluksiz ortib

boradigan va buzishga olib keladigan kuchlar ta’siriga yulikadi. Bu kuchlar ta’siri

natijasida materiallar deformatsiyalanadi ularning ko’rsatkichi uzishdan kichik

bo’ladi va ular kuyidagilarni tashkil qiladi: eni 5 sm bo’lgan material bo’lagiga 1-3 daN va fakat kiyimlarning aloxida joylariga 8-9 daN gacha etadi.

Shunday kilib, tikuvchilik buyumlarini ishalb chiqarishda ham, ulardan

foydalanganda ham materialga ko’p katta bulmagan kuchlar ta’sir etadi, ular dam

olish bilan almashib asta-syokin material tuzilishini emonlashtiradi. Kiyimgi

ayrim joylari o’zgaradi va tashki kurinishi emonlashadi. "Yuklash- yukni

tushirish - dam olish" davrida to’qimachilik materiallarni sinaetganda olinadigan

mexanik xossalar xarakteristikalarni o’rganish katta kizikish uygatadi, shunga

o’xshash tadkikot ishlarini natijalari kiyim detallarini konstruktsiyalashda, ularni

tayerlashda, yaxshilangan xossali yangi materiallar yaratishda ishlatiladi.

20 asrning boshlarida rus olimlari gazlama chuzilishi tadkikot ishlarini boshlab

yubordilar. Lyokin bu ishlar usha payt rivoj olmadi.

To’qimachilik materiallarning mexanik xossalarini va materialga tashki ta’sirini

chorlovchi relaksatsiya xodisaning tadkikotlari bilan G.N.Kukin, A.N.Solovev,

A.I.Koblyakov, I.I.Shalov, A.V.Matukonis, V.M. Milashyus, V.P.Sklyaniqov va

boshqalar shugullandilar.

Gazlamani tursimon va trikotajni xalkasimon tuzilishi, ularda ko’p sonli

alokalarni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu alokalarni ikki guruxga bo’ladilar:

tashki material tuzilishiga bog`liq bo’lgan va ichki yigirilgan ip va tolalarni

tuzilishiga bog`liq bo’ladi. Gazlamadagi iplar urilganda ular orasida ishkalanish

va ilinish kuchlari paydo bo’ladi. Tanda va arqoq iplarini tegishgan joylarida bu

kuchlar keskin ortadi. Gazlama o’rilishini turi, tuzilish fazalariga qarab bu paydo

bo’lgan tashki alokalar ishkalanish va ilinish kuchlari bilan belgilanadi.

Tashki alokalar bilan birga gazlamada ichki alokalar ham bo’ladi, ular

yigirilgan ipni orasidagi va tolalarni atomlar va molekulalararo alokalarni

ishkalanish va ilinish kuchlari bilan belgilanadi. Trikotajda tashki alokalar,

xalqalar orasida paydo bo’ladigan ishkalanish va ilinish kuchlari bilan

ta"riflanadi. Trikotajni tashqi aloqalari gazlamaniqiga nisbatan sustrok bo’ladi.

Ichki aloqalar trikotajda gazlamaga o’xshash bo’ladi.

Noto’qima polotnolarda tashqi aloqalar asosan tolalar orasidagi ishkalanish va

ilinish kuchlari bilan belgilanadi.

Shunday kilib, gazlama, trikotaj, noto’qima polotnolar murakkab tuzilishga

ega, bu esa ularni deformatsiyalanish qobiliyatiga relaksatsiya jarayonini

rivojlanishiga jiddiy ta’sir etadi. Relaksatsiya jarayoni deb ma"lum vaqt ichida

utadigan va materialni muvozanat xolatiga olib keladigan jarayonga aytiladi.

Relaksatsiya jarayonlari barcha mexanik ta’sirlarda namoen bo’ladi va ular

buyumlarni sifati va foydalanishiga katta ta’sir etadi.

Bir davrli tajribalarni turli usullar bilan bajarish mumkin:


Download 48,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish