Toshkent kimyo-texnologiya instituti


Tolani tashkil kiladigan polimerlarning tuzulishi



Download 48,22 Kb.
bet4/10
Sana31.12.2021
Hajmi48,22 Kb.
#201591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi..

Tolani tashkil kiladigan polimerlarning tuzulishi. Tolalarning aksariyati yuqori molekulali birikmalardan (polimerlardan) tashkil topadi. Xozirgi zamon tushunchalari bo’yicha polimer makromolekulalari kimyoviy aloqalar bilan boglangan ko’p sonli takrorlanadigan bo’g’inlardan tashkil topgan. Bo’g’inlar soni,makromolekulada, turli tolalar uchun turlicha bo’ladi: bir necha yuzdan o’ng minggacha. Polimerlarning makromolekulalari kimyoviy tarkibidan tashqari,tuzilishi bo’yicha xam farq kiladilar. Odatda ular uzunasiga ko’p cho’zilgan va uzunasi kundalang kesimiga nisbatan ancha katta bo’ladi. Bunaqa makromolekulalarning tuzilishi chiziqli eki zanjirli deb aytiladi. Makromolekulalarni ayrimlarida turli uzunlik va murakkabdagi shoxchalar bo’lishi mumkin, ular shoxchalit uzilishga ega. Agarda qo’shni makromolekulalar orasida kimyoviy aloqalar paydo bo’lsa, unda tur tuzilishi xosil bo’ladi. Makromolekulalarning ayrim gurux va bo’g’inlari bir-biriga nisbatan qayirilishi mumkin. Bo’g’inlarni xarakat darajasi makromolekulalarni kimyoviy tarkibi tuzilishi orqali belgilanadi. Xarakatchanlik makromolekulalarga egiluvchanlikni, turli shakllarni kabul qilish qobiliyatini beradi. Makromolekulalarning egiluvchanligi polimerlarning ko’pgina xossalarini belgilaydi. Makromolekulalar polimerda ko’shni makromolekulalar ta"sirida bo’ladi.Yuqori molekulali birikmalarni o’ziga xos xususiyati molekulalararo va molekulalar ichidagi aloqalarda keskin fark bo’lishi. Molekulalararo aloqalarni quvvati molekulalar ichidagi aloqalarni quvvatiga nisbatan ancha kichik bo’ladi. Molekulalararo alokalarning umumiy quvvati makromolekulalarni kimyoviy tarkibi,uzunligiga bog’liq bo’ladi. Makromolekulalar qanchalik uzunroq va tug’riroq bo’lsa, ular orasidagi o’zaro ta"sir shunchalik katta bo’ladi. Tolani xosil kiladigan polimerlar fibrilyar tuzilishiga ega.Xozirgi zamon tushunchasiga ko’ra makromolekula molekulalararo alokalar ta"sirida chizikli pachka (tutam) larga birlashadilar, pachkada ular bir-biriga parallel joylashadi. Aloxidagi tutamlar mikrofibrilalarni xosil qiladilar, ular o’z navbatida yanada kattarok agregatlarni - fibrilalarni xosil qiladilar. Mikrofibrilalarning kundalang kesimi kichik (bir necha molekulalararo alokalar) va uzunligi makromolekuladan kattarok bo’ladi. Mikrofibrilalarning tuzilishi notekis bo’ladi, unda kristall va amorf joylar almashib uchraydi. Bunaqa joylarni mikrofibrilada almashishi, kattaligi va tartiblanish darajasi polimer turi va uni olish sharoitlariga boglik bo’ladi. Uzun makromolekulalar mikrofibrilani bir necha kristall va amorf joylaridan o’tishi mumkin. Xozir mikrofibrilaning bir necha tuzilishi ma"lum (ideal kristallik, egiluvchan kristallik polimer uchun, fibrilyar oksil uchun, popukli fibrilyar, amorf-orientirlangan tola uchun va boshka). Tuzilish elementlari polimer xajmini butunlay to’ldirmaydi,ular orasida bo’shliqlar va kovaklar bo’ladi. Kovaklarning kattaligi va paydo bo’lish sababi turli bo’ladi. Makromolekulalar orasidagi kovaklar 1-2 nm; mikrofibrilalar orasida kovaklar 3-5nm; fibrilalar orasidagi kovaklar 10-15 nmga teng bo’ladi. Undan kattarok bo’shliqlar xam bo’ladi. Tuzilishni kovakligi tolalarni ayrim fizik-mexanik xossalarini, pishikligini, namni yutish kobiliyatini,shishib ketishni, bo’yalishini va boshka xossalarni belgilaydi. To’qimachilik materiallarini ishlab chikarish uchun yigirilgan, kompleks va monoiplarni ko’llaydilar. Yigirilgan ip. Bu ip tolali massadan yigirish jaraenida xosil uladi. Uni vazifasiga karab tuzilishi va xossalariga talablar uzgaradi. Talabga karab turli uzunlikdagi, kalinlikdagi va xossalariga ega bo’lgan tolalar ishlatiladi,turli yigirish usullari qo’llanadi. Yigirish usullari uch xil bo’ladi.

a) karda (oddiy)

b) kayta tarash

v) apparat

Karda usuli bilan yigirilgan ip eng keng tarkalgan bo’lib,

o’rta tolali paxta va kimyoviy tolalardan ishlab chiqariladi. Karda yigirish jarayonida



kuyidagi operatsiyalardan tashkil topadi: titish va savash; tarash; tekislash va

cho’zish; yigirishga tayyorlash; yigirish.Karda ipini asosan ikki xil mashinada yigiradilar: xalkali va pnevmomexanik. Xalkali mashinadan olingan ipda tolalar bir necha qatlamda joylashadi, o’rtadan ustki qatlamga karab va teskarisi. Ustki qatlamdagi tolalar o’rtadagiga nisbatan ko’prok kuchlanadi.Bu iplarni qalinligi odatda bir tekisda bo’lmaydi, kalta tolalarni sirtdan chikishi natijasida tukli bo’ladi. Ularning kalinligi 15-85 teks bo’ladi va turli gazlama va trikotaj ishlab chikarishda qo’llaniladi. Pnevmomexanik mashinadan olingan ipda tolalar ipni o’rtasida ustki qatlamga karaganda zichroq joylashadi. Bu ipning pishitilishi, xalkali ipga karaganda, 10-15% yuqori bo’ladi(xususan ustki katlamda). Tolalarni notekis joylashishi ipni pishiqligini kamaytiradi. Ip yeyilishga chidamlirok bo’ladi. Pnevmomexanik iplarning xajmi kattarok bo’ladi va ulardagi tolalar kamroq kuchlanadi, shu sababli ulardan olingan gazlama qayishqoq va kam gijimlanadigan bo’ladi. Bu iplarni kalinligi 20-50 teksgacha o’zgaradi. Kayta tarab yigirilgan ip eki taralgan ip - uzun tolali paxtadan, zigirdan; uzun, mayin, yarimdagal va dagal jundan; shuningdek ipakchilik, pillakashlik va shoyito’qish chikindilardan ishlab chikariladi. Kayta tarash yigirish jarayoni bir muncha murakkab bo’ladi. Taralgan ipni tuzilishi yaxshi, tolalar bir tekisda taksimlanadi, kundalang kesimida, qalinligi tekis, to’qlari deyarli bo’lmaydi. Uni pishiqligi kard ipga nisbatan yuqori bo’ladi. Paxta, kimyoviy va aralashma tolalardan olinadigan iplarni chizikli zichligi 6-16 teks bo’ladi va ular kuylakli, plash gazlama va paypoklar uchun ko’llanadi. Ingichka jundan olingan ipni kalinligi 16-41 teks bo’lib, yukori sifatli kastyum va ko’ylakbop gazlamalar uchun qo’llanadi. Yarimdagal va dagal junli ipni kalinligi 28-85 teks, asosan kastyumbop gazlama va ustki trikotajda ishlatiladi. Zigir tolali iplarni chiziqli zichligi 30-170 teks bo’ladi, ular belebop gazlamalarda qo’llanadi. Apparatli yigirilgan ip eki apparatli ip - kalta paxta, jun va ularga qushiladigan kimyoviy tola, shuningdek yigiruv jarayonlarini chiqindilaridan ishlab chiqariladi. Bu sistemada asosan tolalarni aralashmasi qo’llaniladi. Apparatli ipda tolalar deyarli tugrilanmagan va orientirligi past bo’ladi, qalinligi bo’yicha ip notekis. Bo’sh va yaxshi eshilmagan apparatli ip, undan olinadigan buyumlarga issikni saklash kobiliyatini beradi (kishki assortimentga). Paxtadan olingan apparatli ipni chiziqli zichligi 85-250 teks bo’ladi.Mayin junli apparatli ipni kalinligi 50-170 teks, u asosan kishki palto (drap, ingichka movut), arzon kostyumbop va kuylakbop gazlamada qo’llanadi. Dagal junli ipning chiziqli zichligi 125-670 teks bo’ladi, shinel uchun qo’llaniladi. Yigirishda bajariladigan asosiy operatsiyalar: tolalarni titish va savash, tarash, tekislash va cho’zish, yigirishga tayerlash, yigirish..Yigiruv fabrikalariga tolalar 170-250 kg li toylar tarzida presslangan xolda keltiriladi. Tolalar titiladi va savaladi. Shunda presslangan tolalar massasi ayrim bo’laklarga ajraladi va tarkibidagi aralashmalardan kisman tozalanadi. Presslangan tolalar bo’laklari titish va savash mashinalarining metall chiviklari, koziklari eki ignalarining zarbi ta"sirida bo’sh tolalar massasiga aylanadi. Titilgan va savalgan tolalarni aralashmalardan butunlay tozalash va bo’laklarni ayrim tolalarga ajratish uchun tolalar taraladi. Karda va apparat yigirish usulida tollalar ingichka o’tkir metall ignalar bilan koplangan ikki sirt (kardolentalar) orasidan o’tib taraladi. Karda usulida taralgan yupqa tolalar qatlami (vatka) voronka orkali o’tib, piltaga aylanadi. Pilta tolalar bogidan iborat. Apparat usulida taralgan vatka (xolst) tasmali bo’lgich yordamida juda ko’p mayda Bo’laklarga ajratiladi va bo’shgina eshilib pilikka aylantiriladi.Qayta tarash usulida tolalar taroqli tarash mashinalarining taroqlari bilan qo’shimcha ravishda taraladi, natijada kalta tolalar taroqqa ilinib chiqib, faqat uzun tolalardan iborat pilta xosil bo’ladi. Ajratib olingan kalta tolalar apparat usulida kayta yigiriladi. Bu usulda olingan kalava ip, odatda, yugon va notekis bo’ladi.Pilta mashinalarida bir necha pilta bitta piltaga birlashtirilib, tekislanadi va cho’ziladi. Shunda yugonligi jixatidan bir xil pilta xosil bo’ladi. Pilta mashinalari tezligi oshib boradigan bir necha valiklar jufti bilan ta’minlangan, pilta shu valiklar orasidan o’tganda asta-sekin ingichkalashadi, tolalari parallelanadi.


Download 48,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish