2.3. To’qimachilik materiallarning jadal rivojlanishi
Respublikada keng turdagi sifatli to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari (keyingi o‘rinlarda to‘qimachilik mahsuloti deb yuritiladi) ishlab chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini (keyingi o‘rinlarda to‘qimachilik sanoati deb yuritiladi) rivojlantirish uchun zarur huquqiy baza va qulay sharoitlar shakllantirildi.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan o‘rganishlarda mamlakat to‘qimachilik sanoatining izchil rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan qator tizimli muammolar aniqlandi,xususan:
birinchidan, tarmoqning yetarli salohiyatiga qaramasdan, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda uyg‘unlashgan texnologik zanjirning mavjud emasligi sababli 2017-yilning birinchi yarim yilligida ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarining respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi atigi 4,6 foizni tashkil etdi;
ikkinchidan, to‘qimachilik sanoatining boshqaruv tizimi tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga javob bermaydi, bu esa hal etilmagan muammolarning to‘planib qolishiga olib kelmoqda hamda uning jadal modernizatsiya qilinishiga to‘sqinlik qilmoqda;
uchinchidan, milliy standartlar va to‘qimachilik mahsulotlarining sinovlari bo‘yicha laboratoriyalarning xalqaro standartlar va talablar bilan uyg‘unlashtirish ishlarining qoniqarsizligi, shuningdek, sifat menejmenti zamonaviy tizimlarini joriy etishning past darajada ekanligi mahalliy mahsulotlarni yirik xorijiy savdo bozorlariga chiqarishga, eksport salohiyatini yuksaltirishga hamda mahsulotlar sifati va xavfsizligiga bo‘lgan ishonchni oshirishga to‘siq bo‘lmoqda;
to‘rtinchidan, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasi mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish va to‘qimachilik sanoati rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash uchun shart-sharoit yaratmayapti;
beshinchidan, xomashyo va ishlab chiqarish resurslarining nooqilona taqsimlanishi, logistika va muhandislik infratuzilmasini tashkil etishdagi kamchiliklar ishlab chiqarish quvvatlari ancha qismining to‘xtab qolishiga, iqtisodiy yo‘qotishlarga va oqibatda mahsulotlar tannarxining oshishiga, shuningdek, ishlab chiqarish rentabelligining pasayishiga olib kelmoqda;
oltinchidan, to‘qimachilik yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilishning barqaror ustunlik qilishi, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va jahon bozorlarida munosib raqobatlashishga qodir bo‘lgan milliy brendlarni shakllantirishning yetarli darajada emasligi to‘qimachilik sanoati korxonalari daromadlarini oshirish imkonini bermayapti;
yettinchidan, kadrlar tayyorlash tizimi to‘qimachilik sanoatining real ehtiyojlariga javob bermaydi, tarmoqni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha o‘qitishning innovatsion yo‘nalishlarini joriy etish va ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish yuzasidan xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan.
Respublika to‘qimachilik sanoatining jadal rivojlanishini ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yirik xorijiy bozorlarga yanada ilgari surish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoatini yanada isloh qilishning muhim yo‘nalishlari etib belgilansin:
birinchidan, to‘qimachilik sanoatining iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarining, eng avvalo, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh to‘qimachilik mahsulotlarini yuqori texnologik ishlab chiqarishga qayta yo‘naltirish orqali hajmi va sifatini oshirish;
ikkinchidan, to‘qimachilik sanoatining boshqaruv tizimini ilg‘or menejment texnologiyalari, tarmoq korxonalariga har tomonlama ko‘maklashish va ko‘llab-quvvatlashning, shu jumladan ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni hal etishda samarali shakllarini joriy etgan holda tubdan qayta ko‘rib chiqish;
uchinchidan, to‘qimachilik sanoati sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini xalqaro talab va standartlarga uyg‘unlashtirish, shuningdek, mahsulotlar sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va akkreditatsiyadan o‘tkazish orqali yanada takomillashtirish;
to‘rtinchidan, tarmoqqa to‘qimachilik mahsulotlari mahalliy va xorijiy bozorlarining holati hamda rivojlanish tendensiyalari haqidagi ishonchli va o‘z vaqtida axborotlar olishni ta’minlash imkonini beruvchi ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tarmoq rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida uni tizimli va kompleks tahlil qilish;
beshinchidan, paxta xomashyosini yetishtirishdan boshlab, unga dastlabki ishlov berish, mahsulotni paxta tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsuloti chiqarish bosqichigacha bo‘lgan ishlab chiqarishni integratsiya qilishni nazarda tutuvchi rivojlanishning klaster modelini amalga oshirish;
oltinchidan, xomashyo resurslari taqsimotining mutanosibligi va tashkil etilayotgan tarmoq korxonalarining logistika va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlikda, shu jumladan ko‘p funksiyali transport-logistika xablarini qurish, yuklarni yetkazishning optimal yo‘nalishlari hamda yo‘laklarini tanlash, shuningdek, transportda yuk tashish tariflarini optimallashtirish orqali joylashuvini ta’minlash;
yettinchidan, yuqori sifatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish, milliy brendlarni jahon bozorlariga ilgari surish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalar, nou-xau, dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish, furnitura va aksessuarlarning zamonaviy namunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
sakkizinchidan, talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha yo‘nalishlarni kengaytirgan holda to‘qimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini, shuningdek, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni faollashtirish.
2. O‘zbekiston Respublikasida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda “Yo‘l xaritasi” deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishiga shaxsan javobgardir.
3. 2018-yil paxta hosilidan boshlab, eksperiment tartibida mahalliy to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan (keyingi o‘rinlarda fermer xo‘jaliklari deb yuritiladi) paxta xomashyosini yetishtirishga buyurtma qilish va avans berish, shu jumladan quyidagi shartlarni nazarda tutuvchi tizim joriy etilsin:
xarid qilinadigan paxta navi va hajmi, uni yetkazib berish muddatlari hamda tartibi fermer xo‘jaligi va to‘qimachilik sanoati korxonasi o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi;
paxta xomashyosini dastlabki qayta ishlash paxta tozalash korxonasi tomonidan qayta ishlash asosida yoxud to‘qimachilik korxonasi tomonidan xususiy yoki ijaraga olingan paxta tozalash korxonasida amalga oshiriladi;
to‘qimachilik sanoati korxonalari fermer xo‘jaliklarining xarajatlarini (chigit, mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, ish haqini to‘lash va ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari, boshqa sarf-xarajatlar) tuzilgan shartnoma qiymatining kamida 60 foizini avans berish yo‘li bilan moliyalashtirishni amalga oshiradi;
to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan xarid qilinadigan paxta xomashyosi narxi fermer xo‘jaliklarining haqiqiy xarajatlarini va rentabelligini tahlil qilishdan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilanadi va davlat ehtiyojlari uchun o‘rnatilgan narxlardan past bo‘lmasligi lozim;
to‘qimachilik sanoati korxonalari olingan chigitni shartnoma asosida yog‘-moy korxonalariga, qo‘shimcha mahsulotlarni (lint, o‘lik paxta) boshqa iste’molchilarga realizatsiya qiladi;
to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan xarid qilingan paxta xomashyosidan faqatgina uni keyinchalik chuqur qayta ishlash uchun foydalaniladi.
Xulosa
Bugungi kunda O'zbekistonning to'qimachilik sanoati milliy iqtisodiyotning strategik jihatdan muhim va jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. Ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini joriy etish, yuqori samarali, zamonaviy uskunalardan samarali boshqaruv bilan birgalikda foydalanish, sanoat korxonalarida yuqori mehnat unumdorligini, sanoat ishlab chiqarishining ko'payishini ta'minlaydi.
To'qimachilik sanoati mahsulotlari eksporti hajmining o'sishini to'g'ridan-to'g'ri tayyor mahsulot ishlab chiqarishni isloh qilish va paxta xom ashyosi o'rniga qo'shimcha qiymatni shakllantirish natijasida ko'rib chiqish mumkin. Masalan, 2020 yil yanvar-dekabr oylarida 1922,2 million AQSh dollari miqdorida to'qimachilik mahsulotlari eksport qilindi, bu esa umumiy eksport hajmining 12,7 foizini tashkil etdi va 2019 yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 18,1% o'sdi. To'qimachilik mahsulotlari eksporti tarkibida asosiy ulushni paxta iplari (48,9%), hamda, tayyor trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari (26,4%) egallaydi. 2020 yil yanvar-dekabr oylarida dunyoning 70 mamlakatiga 498 dan ortiq turdagi to'qimachilik mahsulotlari eksport qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida 2020- yilning yanvar-oktabr oylarida jami faoliyat yuritayotgan 4886 ta to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 26,9 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2019- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 112,3 % ni tashkil etdi. Xususan ishlab chiqarish hajmi quyidagi mahsulotlarda o‘sush kuzatildi:
Kalava ip ishlab chiqarish – 8,7 foizga;
Tarkibida 85 % yoki undan ko‘p paxta tolasi bo‘lgan ip gazlamalar ishlab chiqarish – 18,8 foizga;
Narsa joylanadigan qoplar va paketlar ishlab chiqarish – 24,4 foizga.
Shuningdek, To‘qimachilik korxonalari tomonidan Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Farg‘ona viloyati 14,9 % (724 ta faoliyat yuritayotgan to‘qimachilik korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 10,5 % (393 ta), Samarqand viloyati 10,2 % (359 ta), Buxoro viloyati 8,4 % (321 ta) hamda Toshkent shahri 8,4 % (797 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
1."To'qimachilik matrealshunosligi" Toshkent shahar 2000-yil. Matmusayev.U.M ,A.Z.Abdullayev,A.I Hamroyev
2.”To'qimachilik" Toshkent shahar 1999-yil. Kazakov.F.F, Ranmatova B.A
3.Internet ma'lumotlari Ziyo.net
4.”To’qimachilik tolalarnining tasnifi" Toshkent shahar A.M.Berdiqulov, S.K.Mardonova, D.N.Alimova
Do'stlaringiz bilan baham: |