MUSTAQIL RAVISHDA YECHISH UCHUN MASALALAR
1. Kadmiy ionlarining konsentratsiyasi 0,005g-ion/l bo‘lgan eritmaga tushirilgan kadmiy elektrodining 298 K dagi potensialini hisoblang.
2. Kumush ionlarining konsentratsiyasi 0,03g-ion/l bo‘lgan eritmaga tushirilgan kumush elektrodining 291 K dagi qiymatini hisoblang.
3. Xingidron elektrodi tushirilgan 1n eritmani 100 martta suyultirilsa, uning potensiali qanchaga o‘zgaradi?
4. Galvanik element o‘zining 1 M li eritmalariga tushirilgan magniy va temir (II) plastinkalaridan tuzilgan. Elementning 25C dagi elektr yurituvchi kuchini hisoblang. Element ishlaganda qaysi metall sarf bo‘ladi? Reaksiyalarni ion ko‘ri-nishida yozing.
5. Galvanik element vodorod ionlari nomalum bo‘lgan eritmaga tushirilgan vodorod elektrodi va to‘yingan eritmali kalomel elektrodlaridan tuzilgan. Kompensatsion usulda Veston elementiga to‘g‘ri kelgan masofa 291 K da 50sm, tekshiriluvchi elementga to‘g‘ri keladigan masofa 25sm ekanligi topildi. pH va vodorod ionlari konsentratsiyasi hisoblansin.
6. 150 ml da 0,16g magniy sulfat saqlagan eritmaga tushirilgan magniy elektrodining 250C dagi potensialini hisoblang. Dissotsiatsiya darajasi 65%.
7. Vodorod elektrodining potensiali – 0,145 V. Eritma pH va vodorod ionlari konsentratsiyasini hisoblang.
8. Xingidron elektrodini potensiali 0,4 V ga teng bo‘lganda, eritmani pH ini toping.
9. 298 K da 0,1n AgNO3 va 0,01n AgNO3 dan iborat zanjirning EYuK topilsin. Shu haroratda 0,1n AgNO3 eritmasining ekvivalent elektr o‘tkazuvchanligi 10,99 Om-1m2/kg-ekv, 0,01n AgNO3 eritmasiniki esa 12,53 Om-1m2/kg-ekv ga teng. Diffuzion potensial hisobga olinmasin.
10. 298 K Daniel - Yakobi elementining E=1,09337 V va dE/dT=0,000429 V ekanligi topildi. Reaksiyaning issiqlik effekti hisoblansin. Masalalarni yechish uchun kerakli ma’lumotlarni ilova (ma’lumotnoma) dan oling.
11.Quyidagi galvanik elementlarning manfiy va musbat qutblarida va umuman, elementda boradigan reaksiyalar tenglamalarini yozing.
12. Quyidagi reaksiyalar boradigan elektrodlar va galvanik elementlarning sxemalarini yozing.
Cd + CuSO4 = CdSO4 + Cu
2Ag+ + H2 = 2Ag + 2H+
Ag+ + J- = AgJ
H2 + Cl2 = 2HCl
Zn + 2Fe3+ = Zn2+ + 2Fe2+
H+ + OH- = H2O
13.Quyidagi elementning
Cu / Cu2+, Zn2+ / Zn
C = 0.65 n c = 0.32 n
EYuKini aniqlang. Tuzlarning normal eritmalari dissotsilanish koeffitsiyenti
a = 0,23 ga teng.
14. Quyidagi elementning
Zn / Zn2+, Cu2+ / Cu
18°C dagi EYuK E = 1,098 V. Rux ionining konsentratsiyasi 0,4 g ga, misniki 1 litrda 2 g ionga teng bo‘lganida EYuK qanchaga teng bo’ladi?
15. Cu2+ / Cu chegarasida potensial + 0,344 V. Bu chegarada potensial nolga teng bo‘lishi uchun mis ioni konsentratsiyasini qanchaga kamaytirish kerak?
16. Zn (0,01 n)Zn2+ , 1 n KClHg2Cl2 / Hg(Pt) galvanik elementning 250 C dagi EYuK i E = 1,0996. Ruxning normal potensialini aniqlang. Kalomel elektrodning potensiali nolga teng deb qabul qilinsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |